Toshkentda vaqtincha propiskadan o‘tish tartibi o‘zgardi – ozodlik.org


15.08.2011

Ayni kunlarda O‘zbekiston poytaxtida yashovchi fuqaro sifatida vaqtincha propiskadan o‘tganlar pasportiga muhr bosilmayapti.

Toshkent shahrida propiskasi borligini tasdiqlovchi bunday muhr pasportda bo‘lmagani esa, vaqtinchalik propiska olgan taqdirda ham, viloyatdan kelgan fuqaro Toshkent shahrida ishga joylasha olmaydi, deyish uchun asosdir.

Ozodlik muxbiri iyul oyidan boshlab qayta ochilgani xabar qilingan Toshkent shahrida vaqtinchalik propiskadan o‘tish tartibining joriy holatini o‘rganish uchun poytaxtdagi bir necha tuman Xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga murojaat qildi.

– Ariza yozasizlar, blanka to‘ldirasizlar, domning kadastrlari bo‘ladiyu hujjatlari, o‘shaning kopiyasini taqdim etsanglar, qo‘yib berishadi. Uch oyga qo‘yib berishadi. Tugasa, yana qo‘yib yuraveradi. Bu qog‘oz bilan ishga  borolmaydi. Faqat Toshkentda yashash uchun beriladi u. Pasportga yopishtirilmaydi bu narsa hozir. Qog‘ozcha beriladi qo‘liga, xolos, dedi poytaxtdagi  Chilonzor tuman  Xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi rasmiysi.

Poytaxtdagi Olmazor tumanining ayni bo‘limi vakili ham, viloyatdan kelgan O‘zbekiston fuqarolari, xususan, Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlarini tugatib, poytaxtda ishga joylashish ilinjida yurgan yoshlarning poytaxtda vaqtinchalik propiskaga o‘tish tartibi yuzasidan tushuntirish berdi:

– Institutni bitirgan  bo‘lsa, ular yotoqxonaga bir yildan qo‘ydirgan bo‘ladi. Ëtoqxonadan chiqib o‘zining viloyatiga doimiy ro‘yxatga turib, uyning egasi uyning plani bilan keladi pasportlarini olib. Uch kundan ortig‘igacha boshliq hal qiladi. Studentlarniki o‘quv yili boshida bir yilga qo‘yiladi.

Biz hozir pasportga muhr urmayapmiz. Kelish varaqasi, degan bor bizda Forma- 9. O‘shanga urib beramiz. Endi uni ishga olish olmaslik, bizning vakolatimiz emas. Viloyatlardan Toshkent shahriga kelgan O‘zbekiston fuqarosining Toshkent shahrida yurishini qonuniylashtirib beramiz biz. Uni ishga olish olmaslik bizning vakolatimiz emas. Necha oyga qo‘ysa, o‘sha muddatda yurishi mumkin. Yana prodlenie qilaveradi.

Hozircha  Toshkent shahrida doimiy propiskadan o‘tish to‘xtatilgan. Doimiyga o‘tish, yangi qonun chiqayapti, Xudo xohlasa, bayramdan keyin chiqsa, o‘qib o‘rganib keyin bu savolingizda javob beramiz. Hozircha doimiy propiska yo‘q, dedi Olmazor tuman Xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi rasmiysi.

Har ikkala rasmiy ham, ayni kunlarda viloyatdan kelganlar uchun Toshkent shahrida vaqtinchalik propiskasi borligini tasdiqlovchi alohida hujjat na bu shaxsning Toshkentda ishga joylashishi va na uning bolalarining bog‘cha yoxud maktabga chiqishi uchun asos bo‘la olishini bildirdilar.

Bu ma’lumotni Toshkent shahar Mirobod tuman Mehnat birjasi xodimi ham tasdiqladi.

– Yo‘q, hozir vaqtinchalik propiska bilan qo‘yishmayapti. Olti oyga ishga olmaydi hech kim. Oldinlari mumkin edi. O‘zimiz ham vaqtinchalik ro‘yxat bilan hisobga olaverar edik. Hozir yo‘q deyishdi. Vremenniy propiskalarni ishlab turgan ishidan ham bo‘shattirdi xabaringiz bo‘lgan bo‘lsa, dedi Toshkentdagi Mehnat birjalaridan biri xodimi.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, ayni kunlarda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar toifalari – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda va rasmiylarning Ozodlikka bildirishicha, loyihaning Mustaqillik bayramidan o‘tib, sentyabr oyida qabul qilinishi kutilmoqda.

Asosan, Toshkent shahri va viloyatida ko‘chmas mulki borlar yoki turmush o‘rtog‘i doimiy propiskaga ega bo‘lganlarga doimiy propiska berishni ko‘zda tutuvchi bu qonun loyihasi, rasmiy da’voga ko‘ra, propiska jarayonidagi korruptsiyaga qarshi kurashni maqsad qilgan.

Ammo mustaqil kuzatuvchilar, amalda buning aksi bo‘lishi, O‘zbekiston fuqarolarining o‘z mamlakati ichida harakatlanish va mehnat qilish huquqini toptovchi propiska tizimini kuchaytirish, aksincha, bu sohada shundoq ham ildiz otgan poraxo‘rlikni yanada kuchaytirishini ta’kidlamoqdalar.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24297465.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: