Qirg‘izistonda 83 kishi prezidentlik orzusida – ozodlik.org


16.08.2011

Qirg‘izistonda mamlakat prezidenti lavozimiga nomzod ko‘rsatish muddati yakuniga etdi.

Markaziy saylov komissiyasidan olingan ma’lumotga qaraganda, 16 avgust kuni soat 00.00 gacha Qirg‘izistonda prezidentlikka nomzod sifatida saylovda ishtirok etish niyatini 83 kishi bildirgan va bu haqdagi arizasini komissiyaga topshirgan.

83 kishining 16 nafari partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlar bo‘lib, 67 nafar qirg‘izistonlik esa o‘z nomzodini o‘zi ilgari surgan. Nomzodlarning olti nafari ayollardir.

Prezidentlikka nomzodlar orasida siyosatchilar va menejerlardan tashqari o‘qituvchilar, shifokorlar, jurnalistlar, huquqshunoslar, hakamlar, diplomatlar, tadbirkorlar, sanoatchilar, quruvchilar, fermerlar, pensionerlar, militsionerlar, harbiylar va hatto askiyachilar ham bor.

Ayni paytda nomzodlar ichida prezidentlik saylovi bahonasida mamlakatdagi eng yuqori lavozimni egallab olishni istagan ishsizlar soni ham anchagina – Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, prezidentlikka nomzodlarning qariyb 23 foizini (19 nafar nomzod) vaqtincha hech qaerda ishlamayotgan kishilar tashkil qiladi.

Asnoda prezidentlikka nomzodlarni rasmiy qayddan o‘tkazish jarayoni 25 sentyabrgacha davom etadi. Buning uchun nomzodlikka nomzodlar qirg‘iz tilidan imtihon topshirishi, kamida 30 ming imzo yig‘ishi, 100 ming so‘m (taqriban 2245 AQSh dollari) miqdorida garov puli to‘lashi lozim.

Mahalliy tahlilchilar davlat tilidan imtihon topshirish va saylovchilar imzosini yig‘ish chog‘ida prezidentlikka nomzodlarning bir qismi poygadan chetlatilishi mumkinligini taxmin qilmoqdalar.

25 sentyabrdan boshlab nomzodlar bir oydan ko‘proq muddat ichida mamlakat bo‘ylab o‘zlarini tashviq qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tashviqot kampaniyasi 29 oktyabr kuni soat 00.00 da nihoyasiga etadi.

Oradagi bir kunlik “sukunat”dan so‘ng 30 oktyabr kuni qirg‘izistonliklar mamlakat tarixidagi to‘rtinchi prezidentni saylaydilar. Agar bu kuni nomzodlarning hech qaysisi 50 foizdan ko‘p ovoz yig‘olmasa, u holda saylovning ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi.

Yana 2,5 oydan keyin o‘tkaziladigan mazkur saylovga amaldagi davlat rahbari – o‘tish davri prezidenti Roza O‘tunbaeva qatnashmaydi. Bu haqdagi qarorga Muvaqqat Hukumat vakillari o‘tgan yilgi inqilobdan keyin kelganlar. Mazkur qarorga muvofiq, Roza O‘tunbaeva o‘z lavozimini 2011 yilning 31 dekabr kuni mamlakatning yangi saylangan prezidentiga bo‘shatib berishi lozim.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24298022.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: