O‘zbekistonda navbatdagi xashar o‘tkazildi – uznews.net


16.08.11

O‘tgan dam olish kunlari aksariyat o‘zbekistonliklar uchun odatdagi ish kuni bo‘ldi — mamlakatda ko‘ngilli majburiy shanbalik – xashar o‘tkazildi.

«Mamlakatda 13-14 avgust kunlari bo‘ladigan umumxalq hasharida millionlab yurtdoshlarimiz ishtirok etishdi», – deya yozadi «UzA».

Millionlab o‘zbekistonliklar, davlat idoralari va hususiy shirkatlar xodimlari shu ikki kun ichida o‘z ish o‘rinlariga chiqishdi, dav olish kunlari ishlab topgan pullari esa “Mahalla” respublika jamg‘armasi hisobiga o‘tkaziladi.

Qaysidir sababga ko‘ra shu kuni ishga chiqmagan, yoki atrof hududni tozalashda ishtirok etmaganlarni esa uchastka nozirlari ko‘magida domkomlar va mahalla raxbarlari astoydil da’vat etishdi.

Toshkentliklarning

Hayriyaning asosiy tamoyillaridan biri buzilgan — ko‘ngillilik. Shundan so‘ng biror davlat jamg‘armasiga hech narsa hayriya qilging ham kelmaydi»”

Toshkentning yirik qo‘shma korxonalaridan birining boshlig‘i.

hashar an’analariga munosabati turlicha: kimdir bu tadbirlarni foydali deb biladi, kimdir unga qarshi, ayrimlarga esa baribir.

Ayrim toshkentliklar uchun hashar o‘z hamkasblari bilan bazmi jamshid qilishga bir baxonadir. Aksariyat poytaxt idoralarida xodimlar o‘z ish o‘rinlarini yig‘ishtirish bilan cheklanishadi va latifa aytib boshliqlarining “hashar” tugagani haqidagi xabarini kutib o‘tirishadi…

Hususiy shirkat egalari va raxbarlarini esa ko‘pincha o‘z xodimlarining xashar kuni ishlagan haqlarini “Mahalla” jamg‘armasiga o‘tkazish majburiyati g‘ashlarini keltiradi.

«Hayriyaning asosiy tamoyillaridan biri buzilgan — ko‘ngillilik. Shundan so‘ng biror davlat jamg‘armasiga hech narsa hayriya qilging ham kelmaydi», – deydi anonimlik shartiga ko‘ra Toshkentning yirik qo‘shma korxonalaridan birining boshlig‘i.

Xashar an’anasi O‘zbekistonda arab ishg‘oli zamonlaridan buyon davom etib keladi, o‘sha paytlarda yirik inshootlar va sug‘orish kanallari umumiy safarbarlik asosida bunyod etilgan. Keyinchalik bir mahalla fuqarolarining shu maxalladagi bir yashovchining qurilishi yoki ta’miriga ko‘ngilli tarzda yordamga chiqishlari tushunilgan.

Sovet davriga kelib xasharlar shanbaliklarga o‘zgartirildi, bunda mehnatga layoqatli aholi o‘z korxonasi hududini tozalash, o‘z xodimlarining bir kunlik ish haqlarini hukumat jamg‘armalariga o‘tkazish bilan shug‘ullanishgan.

Bugungi O‘zbekistonda xashar yiliga 3-4 marta o‘tkaziladigan, ilojsizlikdan boriladigan, aholining shahar tozaligini saqlash va “Mahalla” jamg‘armasiga pul o‘tkazishdan iborat sovet shanbaliklari shaklida qoldi…

 

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=hot&cid=4&nid=17687

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: