O‘zbekistonda chet elga chiqish qoidalari qattiqlashtirildi – uznews.net


01.08.11

Chet mamlakatga chiqqan paytida qonunbuzarlik qilgan O‘zbekiston fuqarolari hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, “chiqish vizasi” olishdan mahrum qilinadi.

O‘zbekistonda chiqish vizasi berilishini cheklovchi punktlar qatoriga iyul oyida yana bir punkt qo‘shildi, deya xabar berdi Uznews.netga Respublika xorijga chiqish-kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi vakili.

Endi “O‘zbekiston respublikasi fuqarolarining chet elga chiqish qoidalari” “z” punktiga muvofiq agar “IIV yoki TIV tegishli organlardan shaxsning tashqi davlatda yurgan paytida o‘sha davlat qonunlarini buzganligi to‘g‘risida ma’lumot” olsa, o‘sha shaxs chiqish vizasidan mahrum qilinadi. (Qonunbuzarlik darajasi tegishli organlar tomonidan aniqlashtiriladi)

Shaxsni mamlakatga kiritish yoki kiritmaslikni O‘zbekiston XChKFRB emas, o‘sha mamlakat elchixonasi hal qilishi lozim.”

huquq himoyachisi Elena Urlaeva

Shuningdek, shu punktdan kelib chiqqan holda chiqish vizasining berilmasligiga “chiqarilishi maqsadga muvofiq emasligi” sabab qilib ko‘rsatilishi ham mumkin.

Bu sabab bilan chiqish vizasi ololmagan fuqarolar mazkur cheklov yuzasidan “shikoyat qilishi ham mumkin emas”.

“O‘zbekiston respublikasi fuqarolarining chet elga chiqish qoidalari”ga shu yilning iyul oyida Vazirlar Mahkamasining 200-sonli qarori bilan o‘zgartirish kiritilishi toshkentlik huquq himoyachilari orasida norozilikni keltirib chiqardi.

“Bundan kelib chiqadiki, agar shaxs chet elda jamoat transportida yurish qoidasini buzgan va jarima to‘lagan bo‘lsa, demak uni chet elga chiqarmaslik uchun asos bo‘lib xizmat qiladimi?”, deya savol qo‘yadi O‘zbekiston huquq himoyachilari alyansi lideri Elena Urlaeva.

Uning fikricha, fuqaro o‘zi borgan mamlakatda qonunni buzgani yoki buzmaganligi to‘g‘risidagi masalani aynan shu davlatning tegishli organlari, o‘sha shaxsni mamlakatga kiritish yoki kiritmaslikni O‘zbekiston XChKFRB emas, o‘sha mamlakat elchixonasi hal qilishi lozim.

“Endi har qanday huquq himoyachisi yoki mustaqil jurnalist chetga chiqish huquqidan mahrum qilinishi mumkin. Hukumatda “chiqishi maqsadga muvofiq bo‘lmagan” shaxslar uchun “ma’lumotlar” topilishi ehtimoldan yiroq emas”, deydi O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur’at Ikromov.

Ikromovni tashvishga solayotgani, yuqoridagi sabab bilan chiqish vizasi berilmaganilarning shikoyat qilishi mumkin emasligi.

Uning fikricha, har qanday holatda rad javobi yozma shaklda bo‘lishi kerak. Aks holda “chiqishi mumkin bo‘lmagan”lik ma’lumoti har bir shaxsga yopishtirilishi mumkin

 

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=hot&cid=30&nid=17556

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: