O‘zbekiston Qozog‘istonga atalgan suvga tegmaydi – ozodlik.org


11.08.2011

Elmurod

Qozog‘istonga suv berish masalasi O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston ishtirokida Xo‘jandda ijobiy hal etildi.

O‘zbekiston Qirg‘izistondan Qozog‘istonga berilayotgan suvni o‘zlashtirmaslik majburiyatini oldi, Qirg‘iziston esa bu majburiyatning bajarilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston va Qozog‘istonga beriladigan suv miqdorini ko‘paytirdi.

Qozog‘iston delegatsiyasi avgust oyining boshida bir hafta davomida Bishkekda qirg‘iz rasmiylari bilan suv borasida muzokara olib borgan edi.

Qozog‘iston delegatsiyasi minglab gektar ekin maydonlari suvsizlikdan qurib qolayotgani va shuning uchun ham berilayotgan suv miqdorini ko‘paytirilishini iltimos qilgan. Bunga javoban qirg‘iz rasmiylari suv etarli miqdorda berilayotgani, biroq O‘zbekiston va Tojikiston Qozog‘iston uchun ajratilgan suvni ham o‘zlashtirib olayotgani, shuning uchun bu masala mintaqadagi barcha davlat rasmiylari ishtirokida hal etilishi lozimligini aytgan.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston tomoni Qozog‘istonga suvni faqat elektr energiyasi sotib olish sharti bilan berishi mumkinligini bildirgan edi.

– Energetiklar «elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytiramiz» degan qarorga kelsagina, qo‘shni davlatlarga berilayotgan suv miqdorini ko‘paytirishimiz mumkin. Biroq ortiqcha elektr energiyasini kimdir sotib olishi kerak, bunga esa xaridor yo‘q. Qozog‘iston iltimos qilayotganiday, suvni elektr energiyasi ishlab chiqarmay berish shartiga biz rozi bo‘lolmaymiz, – degan edi Qirg‘iziston suv xo‘jaligi va melioratsiya qo‘mitasi rahbari Ziyadin Jamaldinov.

Qirg‘iziston hukumati rasmiysi  Chingiz Uzaqboevning aytishicha, Xo‘jandda o‘tgan uchrashuvda Qozog‘iston bu shartga rozi bo‘lgan.

– Xo‘jand uchrashuvida Uchqo‘rg‘on GESi orqali berilayotgan 500 kubometr suv etarli emasligi aniqlandi. Shuning uchun soatiga 550 kubometr suv beriladigan bo‘ldi. Bu suvning 440 kubometri O‘zbekiston va Tojikiston uchun beriladi. O‘zbekiston qolgan 110 kubometr suvni o‘zlashtirmay, Qozog‘istonga etkazib berish majburiyatini oldi. Qozog‘iston esa suvni ko‘paytirgani uchun Qirg‘izistondan ortiqcha elektr energiyasini sotib oladigan bo‘ldi, – dedi Chingiz Uzaqboev.

Qirg‘iz rasmiysining aytishicha, ayni paytda O‘zbekistonda ham suv tanqisligi qattiq sezilmoqda. Shu sababli ham O‘zbekiston Xo‘janddagi uchrashuvda olgan majburiyatini bajarsagina, qozoq dalalaridagi ekinlarning qurib ketishi oldini olsa bo‘ladi. Ammo o‘tgan yillar tajribasidan kelib chiqilsa, suv tanqisligi tufayli Tojikiston ham, O‘zbekiston ham o‘z majburiyatlariga to‘la amal qilmaganlar, buning oqibatida Qozog‘iston dalalari suvsiz qolgan.

– Suvni 550 kubometrga ko‘paytirgan taqdirimizda ham tanqislik seziladi. Chunki Qirg‘izistondan beriladigan suv oldin O‘zbekistonga, keyin Tojikistonga o‘tadi. Undan keyin suv Tojikistondan yana O‘zbekistonga o‘tib, keyin Qozog‘istonga etib boradi. Shuning uchun suvning aytilgan miqdorda belgilangan davlatga etib borishini to‘la nazorat qilish qiyin, – deydi Chingiz Uzaqboev.

 

Sharhlar

muallif: Lord himself qaerdan: Osh

11.08.2011 16:51

Ukraina Rossiyani Evropaga sotaetkan gazini ugirlaganday Uzbekiston Kozogistonga berilgan suvni ugirlayveradi

muallif: Hasan qaerdan: Toshkent

11.08.2011 15:55

Allohim o’zingga shukr! Toshkentda qurg’oqchilik shunaqa sezildiki. Ugam daryosining sathi 2,5 metrga pastlagandi. O’zingga shukr!

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24293733.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: