O‘zbekiston qirg‘iz mulozimlarini chegara vaziyatini tanglashtirishda aybladi – bbc uzbek


10 avgust 2011

Qirg‘iz chegarachilari

O‘zbekiston Milliy Xavfsizlik Xizmati Davlat chegara qo‘mitasi O‘zbekistonning So‘x anklavi va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara hududlarida vaziyat taranglashib borayotganidan tashvish bildirgan.

Qo‘mita buning uchun Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi ayrim mahalliy mulozimlarni ayblagan.

Davlat chegara qo‘mitasi qirg‘iz tomoni So‘x anklaviga o‘tish nuqtalaridan biri – “Gazprom”ni berkitib qo‘yishi ortidan O‘zbekiston ham ayni chegera nuqtasining o‘ziga tegishli qismini berkitishga majbur bo‘lganini bildirgan.

Davlat Chegara qo‘mitasining ma’lum qilishicha, o‘zbek tomonining ayni qadami ayrim qirg‘izistonliklar tomonidan keskin norozilik bilan qarshi olingan. Mintaqa aholisi ba’zi qirg‘iz mulozimlari rahbarligi ostida “Rishton-So‘x” yo‘lini berkitib qo‘ygan.

Qo‘mita Botken viloyati ma’muriyatini Qirg‘iziston aholisini bunday “noqonuniy amallarga” undash bilan “So‘x tumani chegarasida vaziyatni beqarorlashtirish”ga urinayotganlikda ayblagan.

O‘zbekiston shuningdek qirg‘iz tomonini ikki mamlakat hukumatlari vakolatiga kiruvchi masalalarni “bir tomonlama hal etishdan tiyilishga” chaqirgan.

1999 – 2000 yil yoz oylarida O‘zbekiston Islomiy Harakati jangarilarining Botken va So‘xga sizib kirishi ortidan O‘zbekiston So‘x va unga qo‘shni Shohimardon anklavi bo‘ylab o‘tgan chegaralarini minalagan edi.

2004 yilda O‘zbekiston Qurolli kuchlari chegarani minalardan tozalagani kirishgani xabar qilingan.

Bi-bi-si so‘xlik jurnalist Mirasror Ahrorovga bog‘landi va chegara hududlaridagi hozirgi vaziyat haqida so‘zlab berishni so‘radi.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/08/110810_au_uzbek_kyrgyz_anclave.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: