O‘zbekiston hukumati mamlakat aholisi soni 28,6 milliondan oshganini e’lon qildi – bbc uzbek


11 avgust 2011

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 28,639 million odamni tashkil qilgan.

Bu haqida O‘zbekiston Respublikasining statistika bo‘yicha davlat qo‘mitasi ma’lum qilgan.

Mazkur ko‘rsatkich 2011 yilning ilk yarmi yakunida hisoblangan raqamdir.

O‘zbekistonda doimiy ravishda hayot kechiruvchi aholi soni 2011 yil boshida 28,23 million edi.

Statistika qo‘mitasi ma’lumotiga binoan, mamlakat bo‘ylab 51,3% aholi, ya’ni derli 15 million odam shaharlarda istiqomat qilar ekan.

Ayni damda 2011 yilning birinchi olti oyi davomida tug‘ilish koeffitsienti 18,8 promilleni tashkil qilgan.

Bu o‘tgan yilgi ayni muddatga solishtirganda 1,6 promillega kamroqdir.

O‘lish koeffitsienti o‘tgan yilgi muddat bilan solishtirganda 0,2 promillega oshib, 4,8 promilleni tashkil qilgan.

Qo‘mita ayni damda go‘daklar o‘limi o‘tgan yilgiga qaraganda 1 promillega kamayganini bildiradi.

Statistika ma’lumotida shuningdek O‘zbekistondan chiqib ketayotganlar soni olti oy davomida 79,3 mingni tashkil etgani va o‘tgan yilgiga qaraganda ozaygani aytiladi.

Ayni damda O‘zbekistonda amal qiluvchi inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar, xususan Xorazmdagi “Najot” tashkiloti Rossiya va Qozog‘iston kabi mamlakatlarga ish izlab ketayotganlar soni susaymayotganini xabar qiladilar.

O‘zbekistonning emigrant aholisi soni Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yirik sonni tashkil qiladi. Norasmiy ko‘rsatkichlarga binoan, 2 million o‘zbekistonlik Rossiyada ishlamoqda.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/08/110811_uzbek_stats.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: