O‘zbekiston amerikalik missionerlarni deportatsiya qildi – ozodlik.org


09.08.2011

O‘zbek mahkamasi amerikaliklarni noqonuniy missionerlik faoliyati bilan shug‘ullanganlikda aybdor deb topdi.

Bu haqda xabar qilgan Regnum agentligi O‘zbekiston huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayangan holda, “amerikaliklar O‘zbekistonda protestant nasroniylikni targ‘ib qilganlari uchun deportatsiya qilingan”ligini yozdi.

Toshkentdagi AQSh elchixonasi Amerika fuqarolarining deportatsiya qilingani sharhlamadi. Ozodlik so‘roviga javoban elchixona “AQSh fukarolarining shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligiga oid xavotirlarini hisobga olib sharh berilmasligi”ni ma’lum qildi.

Ismi keltirilmagan O‘zbekiston rasmiysiga ko‘ra, Xiton Jon Artur ismli shaxs boshchilik qilgan o‘nga yaqin missionerlar guruhi Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari orasida baptizm g‘oyalarini targ‘ib qilgan.

Aytilishicha, Xiton Jon Artur O‘zbekistonga birinchi marta 2008 yilda Jahon tillari universiteti studenti sifatida kelgan. O‘qishni tugatganidan keyin u “Lancaster International Trading Company, Inc”, “Litco”, “Osborne Trading Company, Inc” kabi xorijlik missionerlar, asosan AQSh fuqarolariga viza xizmati ko‘rsatuvchi shirkatlarda ishlagan va missionerlarning O‘zbekistonga kirib kelishiga ko‘maklashgan.

Rasmiy manbaning bildirishicha, Xiton Jon Artur “o‘z faoliyati”ni faqat poytaxtda olib bormagan – u bir qancha muddat Shahrisabzda yashagan.

O‘zbekiston mahkamasi ham, “Osiyo madaniyati va taraqqiyoti instituti”ning Toshkentdagi vakolatxonasi sobiq o‘qituvchisi Xiton Jon Arturni “Lancaster International Trading Company, Inc”, vakolatxonasi xodimi Erikson Jon Anderson bilan birga mahalliy aholi orasida diniy tashviqot olib borish bilan shug‘ullanganlikda aybdor deb topgan.

Huquq-tartibot idorasidagi manba nomi keltirilgan tashkilotlar boshqa xodimlarining ham shunday faoliyat bilan shug‘ullanganini ma’lum qilgan.

“Ular orasida Nok Filip Endryu, Mak Donoxьyu Patrik Daniel, Xuberger Daniel Jozef, Mak Leod Karl Lester  ham bor. Ular Evangeliy cherkovining baptistlar oqimiga mansub bo‘lganlar. Tarbirkor va ingliz tili o‘qituvchisi niqobi ostida ular student yoshlarni protestant diniy ta’limotiga jalb qilish bo‘yicha qonunga zid ravishda missionerlik bilan shug‘ullanganlar.

E’tiborga molik tomoni shundaki, barcha xorijliklar o‘zbek tilida mukammal so‘zlashganlar va kundalik hayotda o‘zlarini Jahongir, Husan, Jasur, Doniyor, Farhod va boshqa ismlar bilan atashgan.

O‘zbekiston sudi qaroriga muvofiq yuqorida ismlari zikr qilingan AQSh fuqarolari o‘zlarining g‘ayriqonuniy harakatlari uchun O‘zbekistondan chiqarib yuborildi”, – deydi Regnum axborot agentligiga ma’lumot bergan O‘zbekiston rasmiysi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24291478.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: