O‘zbek jahon chempionining hayoti g‘arib ahvolda – uznews.net


15.08.11

Nogironlikning bekor qilinishi va terma jamoa rahbariyati bilan kelishmovchiliklar boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Rufat Risqiev hayotini “og‘ir nuqtaga” keltirib qo‘ymoqda.

O‘zbekistonda 1 avgustdan boshlab eng kam oylik ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar 15 foizga oshirilganidan keyin 62 yashar sobiq jahon chempionining pensiyasi 82 800 so‘mni yoki “qora bozor” kursi bo‘yicha 33 AQSh dollarini tashkil etadi.

“Ring qonuni hayotda ishlamaydi…”

Afsonaviy sportchining iqrorliklariga ko‘ra, respublikada u mansub bo‘lgan uchinchi guruh nogironligi yo‘q qilingandan keyin Risqievning hayoti g‘ariblikda qoldi.

U 27 yoshida, 1976 yilda Monrealdagi Olimpiadadan keyin nogiron bo‘lgan. Buning ustiga yil o‘tgan sayin professional kasb va yosh bilan bog‘liq kasalliklar o‘zini bildira boshlagan. Sportchining so‘zlariga ko‘ra, bunga ancha mablag‘ zarur bo‘lgan.

Bu haqda Risqievning yaqinlari va do‘stlari aytishmoqda. Ular hozir Risqievning ikkita oyog‘ini operatsiya qilish va o‘ng ko‘zidagi gavharni almashtirish uchun pul yig‘ish harakatini qilishmoqda.

Risqievning chap ko‘zidagi muammo saqlanib qolmoqda, deyishmoqda ular. Hozir qanchalik tez tekshiruv o‘tkazilsa, shuncha yaxshi.

Respublika boks terma jamoasida maslahatchi bo‘lib ishlagan sobiq chempion yaqin kunlargacha

“Afsuski, ring qonuni hayotda ishlamaydi””

Rufat Risqiev

har oyda Sport qo‘mitasi tomonidan ajratilgan 140 ming so‘m miqdoridagi stipendiyani olib kelgan.

Mana uch yildan beri u bu stipendiyani olmayapti. Sababini esa Risqiev aytishdan bosh tortayapti. U “Afsuski, ring qonuni hayotda ishlamaydi” deyish bilan cheklandi.

Bu holatni Sport qo‘mitasining anonimlik sharti bilan gapirgan xodimi shunday izohladi: “Rufat akaga boshqa sportchilarga o‘xshab boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiysi Sharof Xudoyberdiev bilan kelisha olmadi. Bunday stipendiatlar esa uning qo‘lida 20dan ortiq”.

Shavkat Mirziyoevga yaqin deb ko‘riladigan Xudoyberdiev uni ro‘kach qilgan holda o‘zini juda ham yomon tutadi va pul beriladigan paytda bo‘sh blankaga qo‘l qo‘ydirib olib, qanchasini xohlasa, shunchasini beradi”, deydi Uznews.net suhbatdoshi.

2008 yilda Pekinda o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida boks bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi uchinchi o‘nlikka kirgan bo‘lishiga qaramasdan bu odam o‘z kursisida qoldi.

“Uch yil oldin sodir bo‘lgan voqea sababi shundaki, Xudoyberdiev Rufat akaga uch oylik stipendiyani to‘lashdan bosh tortgan”, deya davom etadi Sport qo‘mitasi xodimi.

Bu haqda bilgan Risqiev qat’iy ravishda puldan voz kechgan va eshikni shartta yopib chiqib ketgan.

“Do‘stlarsiz men…”

Sobiq chempionning so‘zlariga ko‘ra, uni shogirdlari va do‘stlari unutishmayapti. Ular orasida eng taniqlilaridan biri o‘zbek boksining bosh rahbari G‘afur Rahimov.

“Men bu odamdan juda ham minnatdorman. Biz yoshlikdan do‘stmiz. Mening onam To‘raxon opa va G‘afurning onasi Muyassar opa ham do‘st bo‘lishgan”, deydi Risqiev.

Agar G‘afur bo‘lmaganida, bunday yuqori cho‘qqiga erishgan professional sportchi bo‘la olmas edim, deya hisoblaydi o‘zbek boksi afsonasi. Rahimov bugungi kunda ham uni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlamoqda.

Risqievni imkon darajasida qo‘llayotganlar orasida kurash federatsiyasi rahbari Salim Abduvaliev, shuningdek Boks federatsiyasi vitse-prezidenti Alisher Karimovlar ham bor.

Risqiev 1967 yilda SSSR maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi spartakiadada Abduvaliev bilan bir safda bo‘lgan. Karimov esa, Risqievning fikricha, o‘zining odamiyligi va talantli sportchilarga yordam berish istagi bilan ajralib turadigan oz sonli davlat xodimlaridan biri.

Ringga chaqirishmaydi…

1974 yilda Gavanada jahon chempioni nomini qo‘lga kiritgan Risqievning boshqa pensionerlardan unchalik farqi yo‘q. Bitta farqi xalq uni taniydi va shu kungacha sevimli sportchi.

Mashhurlik sababi 1979 yilda rejissyor Eduard Xachaturov ishlagan “Ringga chorlashmoqda” hujjatli filmi. Bu film Risqievning hayot yo‘li haqida hikoya qiladi va unda Risqiev o‘zini o‘ynagan.

O‘zbek kinematograflarining “Ringga endi chorlashmayapti” deb nomlangan hujjatli filmi ham chiqqan.

Bu film SSSR xalqlari spartakiadasining ikki karra chempioni, Sovet ittifoqining to‘rt karra chempioni, jahon chempioni va Olimpiada o‘yinlari kumush medal sohibi Rufat Risqievning muammolari, shaxsiy hayotdagi omadsizliklari haqida hikoya qiladi.

 

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=33&nid=17686

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: