O‘sh meri Melis: “Men prezident bo‘laman!” – yangifikr.com


Yaqinda oqsoqollarni yig‘ib gaplashayotgan O‘sh shaxar meri Melis Mirzaaqmatov “Men prezidentlik saylovlarida qatnashishim kerak. Mening boshimga million tikilgan” deb qoldi.

Bundan bir necha oy muqaddam, Mirzaaqmatov xuquq tartibot tashkilotlari xodimlari ishtirokida o‘tkazan maxsus yig‘inda, o‘tgan yilgi qonli voqealarda jabrlangan qirg‘izlar xaqida barcha ma’lumotlarni yig‘ib, kitob xoliga keltirish xaqida ko‘rsatma bergandi.

Bo‘hton ma’lumotlarga to‘la bo‘lgan “jabrlanuvchi” millat xaqidagi kitobda zig‘ircha xam xaqiqat bo‘lmasligi kundek ravshan.

Tartibsizliklar, qotilliklar va zo‘rlashlar evaziga o‘ziga siyosiy foyda orttirgan Mirzaaqmatovning, kitob chiqarish borasida xamfikrlari xam bor. Masalan, yaqinda Batken viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Jenish Razzaqov xam shunga o‘xshash yig‘ilish o‘tkazgandi.  Stalin davrining eng yomon an’analari ruxida o‘tgan bu yig‘ilishda, avvaldan tayyorlangan video tasvirlar ko‘rsatilib, maxalliy o‘zbeklar “xalq dushmani” deya atalgan ma’ruzalar o‘qilgandi.

O‘zining saylov oldi o‘yinini yanada rivojlantirish uchun, Mizaaqmatov, kitob mualliflariga katta miqdorda pul to‘lagan.  U kitobni “Men izlayotgan xaqiqat” deb nomlanishini xam aytgan. Mirzaaqmatovning ushbu “xaqiqati”, Bishkek shaxridagi “Turar” nashriyoti tomonidan, a’lo sifatli qog‘ozda 3 ming nusxada, o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi. Xattoki qirg‘izlarning o‘zlari xam, bu kitob, O‘sh shaxar merining saylov oldi reytingini ko‘tarish uchun chiqarilayotganini yashirishmayapti.

Quruq tuxmat va o‘ylach chiqarilgan xodisalardan va ishonarli chiqishi uchun oz sonli jabrlangan qirg‘izlarning interv’yulari, fotoxujjatlaridan iborat bo‘lgan bu kitob, xali nashrdan chiqmasdan turib, O‘shliklar orasida katta shov shuv bo‘lmoqda.

Kitobni chiqarish bilan, Mirzaaqmatov iyun qirg‘iniga o‘zining aloqasi yo‘qligini isbotlamoqchi, chunki, keyingi paytda xalqaro xamjamiyat tomonidan qirg‘iz xukumatiga, mamlakat janubidagi qirg‘inning asosiy sababchilarini topib jazolash xaqida bosim ortib borayapti. Iyun voqealari bo‘yicha xalqaro mustaqil komissiyaning xulosasi esa Melisni ancha bezovta qilib qo‘ygan. Chunki u bu komissiyaning xulosasi natijasiz qolmasligini yaxshi biladi.

Masalan, xalqaro komissiya xulosasining 389 bandida aynan shunday deyilgan: «millatchilik yo‘nalishidagi o‘zbilarmon siyosatchi Mirzaaqmatov, qirg‘iz millatining yuksaltirish yo‘lida xech narsadan qaytmasligi xaqida ochiq gapirgan”

Shu xulosaning 391 bandida esa «Shuningdek, O‘sh meri M. Mirzaaqmatov, iyun voqealari paytida, qishloqdagi qirg‘izlarga qurol tarqatib, ularni kurashga chaqirgani, xalqaro komissiya diqqatini jalb etdi».

Millatchi Mirzaaqmatov xalqaro komissiya a’zolari ishiga xam xalaqit bermoqchi bo‘lgan, ularni qo‘rqitishga o‘zining banditlarini safarbar qilgandi. Uning tarafdorlari miting uyushtirishib, shaxardagi OBSE idorasiga o‘t qo‘yishmoqchi xam bo‘lgandi. Xa, o‘t qo‘yish va vayron qilish, Mirzaaqmatovning taniqli ish usuli. Guyoki, OBSEning kulga aylangan idorasi, Roza O‘tinboeva va Almaz Atambaev asrab avaylayotgan Qirg‘izistonning xalqaro obro‘siga obro‘ qo‘shadigandek.

Aslida Melis na xalqaro suddan va na Yaratganning so‘rovidan qo‘rqadi. U faqat, o‘zining prezident sayloviga borishini talab qilayotgan Bakievlarning jinoiy guruxlaridan ko‘rqadi xolos. Bo‘lajak prezidentlikka nomzodning maqsadi, mintaqada tinchlik va barqarorlik o‘rnatish emasligi kundek ravshan.

Xalq ichida yurgan gaplarga ko‘ra, Melis o‘ziga qarashli xonadonlarda, bir kancha ayollarni boqib, ularni tayyorgarlikdan o‘tqazayapti. Agar uni ishdan olishadigan bo‘lsa, bu ayollar komandasi shaxarda g‘alayonlar keltirib chiqaradi. Melis Mirzaaqmatov yaqinda o‘ziga yaqin bir odamga, tayyorlangan ayollarning soni 400 taga etganini aytibdi.

 

http://www.yangifikr.com/news/index.php?option=com_content&view=article&id=284:2011-08-11-07-51-24&catid=1:latest-news

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: