Karim boboning Karimov atrofidagi amaldorlarga murojaati! – sahwii.com


09 Avg

Bolaligimda tinglagan ertaklarimdan ayrimlari: – «Bir bor ekan. Bir yo‘q ekan. Qadim o‘tgan zamonda, bir zolim shox o‘tgan ekan. Amaldorlari surbet, xalqi qashshoq va mamlakat xona-vayron ekan..»- deb boshlanar edi.

Zolim podsho mamlakatida amaldorlarning ham zolim bo‘lishi, jamiyatning jaxolatga yuz tutishi, bugun ham tabiiy holdir. Bugun senlarning «katta»laring o‘ziga xos va o‘ziga mos xizmatchi shaxslarni atrofiga yiqqan. Bu «prezidentning» borligi, senlarning boyliklaringdir. Koinotni yaratgan Olloh, vaqtni yaratdi, nisbiy qilib yaratdi. Olloh nimaniki yaratibdi vaqt oldida bechoradir. Vaqt borliqni o‘z intihosiga eltayapdi. «Prezidentlaringni» o‘am.

Amaldorlar! Vaqt o‘tayapdi. Vaqt keldi. Fikr qil!

– Karimov, Saddam Xusayndan kuchlimi?

– Xusni Muborak xozir kim?

– Muammar Kaddafiy nega talvasada?

Xudoning irodasi bilan, zolim shoxlarning kuni bitayapdi.

Karimov uchun, 13-may 2005 yil, Andijon qatliomi javobsiz qoladi, – deb o‘ylaysizlarmi? Minglab begunox shaxidlarning qoni-ya !!! Bu dunyo yaratganning mulki-ku. Karimovniki emas. Vaqt hamma narsani o‘z o‘rni-o‘rniga qo‘yaveradi. Andijon qatliomi uchun Karimov va uning kechagi va bugungi mulozimlari javob beradilar! Albatta !!!

Men Karimov jinoyatlarining arifmetikasi bilan shug‘ullanmoqchi emasman. Buning bilan boshqalar shug‘ullansin. Men senlarga, allaqachon xalq anglagan va o‘z tafakkuri bilan muxrlagan haqiqatni aytmoqchiman xolos.

– Karimov – diktator,

– Karimov – qotil,

– Karimov – o‘g‘ri, poraxo‘r,

– Karimov – xalq uchun beg‘am,

– …………………………… .

Xalqning bugungi unsiz va og‘riq fikrlari shulardan iboratdir.

Vaqt keldi-ki, bu fikrlarning hammasi oshkora bayon qilinadi hali. Jinoyatchilar jazolanadilar. Oz qoldi!

O‘limdan qo‘rqma, o‘limga tayyor emaslikdan qo‘rq, deydi Islom ta’limotida. Keladigan bu vaqtni yorug‘ va yorug‘rok yuz bilan kutib olish uchun:

– Yomondan o‘zingni uzoqroq tut,

– Tilingdan, ko‘nglingdan va amalingdan o‘ech kimga ozor berma,

– Xalq zulmatdan ziyoga chiqayotganida unga yordam ber,

– Zolimni alda, unga yolg‘on gapir, fitna barbod bo‘lgay.

Ishdan bo‘shatilishingdan qo‘rqma. Chunki, bu sistemaning o‘zini qulatgaylar. Shunda sen xalqingni nazariga tusharsan ham.

 

Senlarga nasihat:

– Karimov Xudo emas,

– Uning Olloxga sherikchiligi ham yo‘q,

– U menga va senga o‘xshagan osiy bandadir,

– Uning kuchi, senlarning undan qo‘rqishlaringizda, nafs balosiga duchor bo‘lganligingizdadir.

Odamni, odamlarnineg naqshi bo‘lishi yoki hayvonning undan yaxshi bo‘lishi ruhimiz tarbiyasiga bog‘liq. Yaxshilikka amal qilibmiz, odam bo‘libmiz, orom olibmiz. Yomonlik qilibmiz, xayvon bo‘libmiz. Kulfatga duchor bo‘libmiz. Bu yaratganning irodasi.

Karimov o‘z taxtiga jon-jaxti bilan yopishayapdi. Nega?

– Kresloning qulashini sezayapdi.

– U, bu kresloni noqonuniy egallab turganidan qo‘rqayapdi,

– Kreslo unga dushmanlaridan himoya, o‘z manfaatlarini amalga oshiruvchi instrument, vositadir,

– U xech qachon, bu taxtda o‘tirib, xalq uchun jon fido qilmagan.

Senlar uning shaxsiy manfaati uchun o‘zlaringni o‘tga urayapsanlar. Demak. Bu yomon ish. Butun jaxonda diktatorga ham va uning yordamchilariga ham ximoya yo‘q! Vaqt kelganda hammalaring va kattalaring ham, xalq oldida, o‘z qilmishlaring uchun bir xil javob berasizlar.

Bugun G‘arb va Sharq Muxammad Solixni Uzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga loyiq shaxs deb tan olayaptilar. U bugungi noqonuniy «prezidentning» raqibidir. U bilan muloqotga chiqing. Zero sizlarning bu amallaring, xalqimiz uchun qilinadigan yaxshi amallardan bo‘lsa!

 

Karim bobo

 

sahwii.com

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: