Islom Karimov diktaturasi dunyoga xavf solmoqda – turonzamin


01.08.2011

Islom Karimov diktaturasi dunyoga xavf solmoqda

(Shoir Yusuf Jumaning ochiq xati)

AQSh Prezidenti Barak Obamaga

Evropa itifoqi Prezidentiga

Evropadagi demokratik davlatlar rahbarlariga

Shoir Yusuf Jumaevning

Ochiq Xati 

Yaqinda AQSh Prpezidenti hayotiga tahdid etgan O‘zbekistonlik Ulug‘bek Qodirov haqida eshitib men ajablanmadim.

O‘zbekistondagi mavjud I Karimov diktaturasi Amerika va Demokratik dunyo uchun ulkan ofat bo‘lishi muqarrar. Ofatga ikki kuch sabab bo‘ladi:

1. Karimov 20 yildan ortiq vaqt davomida tayyorlangan demokratiyaga qarshi kuch– Karimov SNBsi

2. Karimovning xalqni johillashtirish siyosati oqibati bo‘lgan jaholat — johillar armiyasi.

Bu ikki kuch bukun AQShda va Evropada bemalol yallo qilmoqda?!

2005 yil 13 maydagi Karimovning Andijondagi qirg‘inidan so‘ng Karimov SNBning eng ashaddiy qismini Amerika va Evropa mamlakatlariga chiqarib yuborgan. Ular O‘zbekistonning manfaati uchun emas, shaxsan Karimov topshiriqlarini bajarish uchun yuborilgan. Bu armiyaning bir qismi go‘yo SNB “ishidan haydalgan” day qilib O‘zbekistondan chiqib ketganlardir. Bundan tashqari turli yo‘llar bilan turli idoralarda ishlash uchun, yoxud jurnalist maqomida yuborilgan. Hatto muxolifat maqomida ham yuborilmoqda.

Karimovning johillar armiyasi qachoq maqomida, o‘qish ishlash uchun turli yo‘llar bilan yuboriladi. Masalan Ulug‘bek Qodirovday.

Bu qanday tashkil qilinadi:

Johil kimsaning AQSh va Evropaga ashaddiy dushmaniligini SNB aniqlaydi. Deylik Amerikaga yuboradi. Keyin to‘g‘ridan to‘g‘ri Karimov yoxud SNB emas, SNBning qaysidir diniy oqimidagi malayi tomonidan johil kimsaga ko‘rsatma va pul berildadi. Bu albatta Karimov uchun deb aytilmaydi. Bu “Mana AQSh Prezidenti Lodenni o‘ldirdi, biz musulmonlar Loden uchun qasos olishimiz kerak,” degan mazmunda ko‘rsatma beriladi.

Karimov bu bilan nima yutadi:

Birinchidan, Amerikaning har bir mag‘lubiyati Karimov uchun bayram.

Ikkinchidan, Eng muximi Karimov, Qarang, o‘zbeklar terrorchi, Raxmat Karimovga bu terrorchi xalqni qirg‘in qilib turibdi, hokimiyatni Karimovdan boshqa hech kim boshqarolmaydi, demoq uchun kerak.

Karimov shunday kimsalarni tarbiya qildiki, ular bukun ochiqdan ochiq Parij, London, N’yu York degan shaharlardan kul qoladi demoqdalar. Afsuski, AQSh va Evropa rahbarlari bu masalada beparvo.

Misol uchun: Andijon qochoqlarini O‘zbekistonga qaytmang degan yigitlar Amerikada sirli halok bo‘ldi. Nega, kim tomonidan, kim buyurgan?! Nega ochilmadi?!

Hozir Amerikadagi muxolifat vakillari ham Karimovdan qo‘rqishini ko‘rib dahshatga tushdim.

–Nega?! — so‘rayman ulardan.

– Karimov barcha O‘zbekiston boyligini shu yo‘llarga sarf etmoqda. Uning qo‘li hamma erga etadi,– deyishmoqda.

Ey AQSh va Evropa rahbarlari, ko‘zingizni kattaroq oching? O‘zbekiston diktator Islom Karimov diktaturasi dunyoga xavf solmoqda.

Diktator Karimovning SNB va johillardan iborat armiyasi AQSh va Evropada yallo qilib yurimoqda.

Hurmat bilan Shoir Yusuf Jumaev

 

http://turonzamin.org/2011/08/01/yjuma-7/

 

http://www.yangifikr.com/news/index.php?option=com_content&view=article&id=276:2011-08-01-08-44-47&catid=37:2011-01-12-09-03-56

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: