Gallup: O‘zbekiston aholisining 80 foizdan ortiqrog‘i Rossiya siyosatini ma’qullaydi – bbc uzbek


10 avgust 2011

O‘zbekiston aholisining 80 foizdan ortiqrog‘i Rossiya olib borayotgan siyosatni ma’qullaydi, 4 foizi yoqlamaydi va yana 15 foizi bu borada aniq bir narsa deyishga ojiz.

Bunday to‘xtamga Amerikaning Gallup omma fikrini o‘rganish markazi tomonidan olib borilgan yangi so‘rov ortidan kelingan.

So‘rov o‘tgan yil davomida dunyoning 106 davlatida o‘tkazilgan.

Bu kabi natija bilan O‘zbekiston rasmiy Kreml siyosatiga xayrixoh bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

Sobiq MDH davlatlari orasida Rossiya olib borayotgan siyosatni eng ko‘sh xush ko‘radigani esa, Tojikiston bo‘lib chiqqan.

So‘nggi so‘rov natijalariga muvofiq, Tojikiston aholisining 94 foizi rasmiy Moskvaning siyosatini yoqlashlarini aytishgan.

Ro‘yxatda Tojikistondan keyingi o‘rinlarni Qirg‘iziston(84%), Mali(84%), O‘zbekiston(81%) va Armaniston(75%) egallashgan.

Hisobot mualliflariga ko‘ra, ushbu masalada so‘rovda ishtirok etgan davlatlarning Rossiyadan kelayotgan daromadga qanchalik qaram ekanliklari asosiy rol’ o‘ynagan.

Deylik, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasining 2008 yilgi ma’lumotlariga qaralsa, Rossiyadan yuborilgan pul jo‘natmalari Tojikiston Yillik Yalpi Ichki Mahsulot Ishlab Chiqarish hajmining teng yarmini tashkil etgan.

Norasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra esa, ushbu ko‘rsatkich O‘zbekistonda 10 foizni tashkil etadi.

Ayrim ma’lumotlarga qaralsa, 2010 yil mobaynida Rossiyadan O‘zbekistonga yuborilgan pul jo‘natmalari 1 milliard 700 million dollarga etgan.

O‘zbekistondagi og‘ir iqtisodiy sharoit, ishsizlik va nochorlik sabab bugun Rossiyada mehnat muhojirligida band bo‘lgan o‘zbekistonliklarning soni esa bir necha million ekani aytiladi.

Sobiq MDH davlatlari orasida Rossiya siyosatidan nihoyatda norozi davlat Gurjiston bo‘lib chiqqan.

Ayon bo‘lishicha, Rossiya aholisining 80 foizga yaqini rasmiy Moskva olib borayotgan siyosatni xushlamas ekanlar.

Umuman olganda esa, Rossiya rahbariyatining amallari sobiq MDH davlatlaridan tashqari, qora Afrika davlatlarida anchayin ma’qullanishi ayon bo‘lgan.

Ayni o‘rinda shuni ham ta’kidlash joizki, sobiq Sho‘ro respublikalarining ishlariga qanchalik (ijobiy yoki salbiy ma’noda) bosh suqishi ham rasmiy Kremlning obro‘sini belgilashda muhim o‘rin tutgan.

Osiyo qit’asining ko‘plab davlatlarida ham aholining Rossiya rahbariyati olib borayotgan siyosatdan ko‘p-da bexabar ekanliklari ma’lum bo‘lgan.

Afg‘on urushi sabab, rasmiy Moskvaning ishlaridan anchayin boxabar bo‘lgan Afg‘onistonda esa, aholining aksariyati uning siyosatini ma’qullamasliklarini bildirishgan.

Ovro‘po va Amerika qit’asida aksariyat Rossiya olib borayotgan siyosat borasida biror narsa deyolmasliklarini bayon qilishgan.

Yangi so‘rov natijalari esa, 15 va undan katta yoshda bo‘lgan 1.000 ga yaqin kishi bilan yuzma-yuz yoki telefon orqali qilingan suhbatlarga asoslangan.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/08/110810_cy_gallup_poll_uzbekistan.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: