Ekonomist jurnalidagi maqola Qirg‘izistondagi o‘zbeklar kamsitilishini yoritgan – bbc uzbek


15 avgust 2011

Qirg‘iziston janubidagi zo‘ravonliklar tugashi bilan mahalliy o‘zbeklarning ahvoli yanada nochorlashdi

Londonda nashr etiladigan Ekonomist haftaligi e’lon qilgan maqola “Omonat devorlar, yomon qo‘shnilar” deb sarlavhalangan.

U 2010 yil iyunidagi Qirg‘iziston janubidagi millatlararo nizolardan keyingi vaziyatga bag‘ishlangan.

Unda zo‘ravonliklarda eng ko‘p zarar ko‘rgan mahalliy o‘zbeklar yuz tutayotgan kamsitish va tahqirlashlar yoritiladi.

“Yashil Audi mashinasi o‘zbek millatiga mansub haydovchining shundoq oldini to‘sib to‘xtaydi. Mashinadan qirg‘iz millatiga mansub shaxs mushtini tugib shahd bilan tushadi va mashinasini orqaga haydayman deb apil-tapil urinayotgan o‘zbek haydovchisining boshiga musht tushiradi. Mushtga arzigulik nima qildi bu odam… “Men o‘zbekman..” deb xo‘rsinadi haydovchi…”

Ekonomist jurnalida e’lon qilingan maqola ana shunday anchayin dramatik bir voqea bilan boshlanadi. Inson haqlari faollariga ko‘ra, bu kabi katta kichik voqealar bugun Qirg‘iziston janubi uchun deyarli odat tusiga kirgan.

O‘tgan yil yozida, Ekonomistning yozishicha, qirg‘iz-o‘zbek etnik mojarosi asosan o‘zbeklardan iborat 400dan ortiq qirg‘izistonlikning yostig‘ini quritdi. Cheryomushki mahallasi – eng ko‘p talofat ko‘rgan mahallalardan biri.

“Mahalliy hokimiyat endi vayrona qoldiqlarini buldozer bilan tekislab tashlamoqchi…Ularga ko‘ra, er uy hovli mahallalarni yo‘q qilish qon to‘kilishlarning oldini oladi, chunki hukumat qurishni istayotgan ko‘p qavatli binolarda qirg‘izu o‘zbek aralash yashashga majbur bo‘ladi va vaziyat o‘nglanadi…”

O‘zbeklar buni istashmaydi. “Men mahallamdan tashqariga chiqishga qo‘rqaman,” deydi bir o‘smir. “Agar arz qilib borsak, mulozimlar bizga tirik qolganingga shukr qil deyishadi,” deydi uning onasi.

Ekonomistga ko‘ra, O‘shning millatchi hokimi o‘z uylarini qayta tiklayman degan yuzlab o‘zbek oilalariga ruxsat bermayapti.

Shahar chekkalarida qayta qurish amallari boshlanib ketgan. Ammo Cheryomushkida vayron bo‘lgan 283 xonadon sohiblari hamon muvaqqat boshpanalarda yashashmoqda.

Qish qahratonida ularning va yana minglab uysiz qolgan qirg‘izistonliklarning taqdiri nima kechadi aniq emas, garchand, Osiyo Taraqqiyot Banki qayta qurish uchun 100 million dollar ajratgan…

“O‘sh hokimi esa sho‘rolardan qolgan rejalashtirishni qayta tiklamoqchi ekan. Bu rejaga to‘g‘ri kelmaydigan har qanday qurilish noqonuniy bo‘ladi,” deb yozadi Ekonomist jurnali.

“Ayni rejalashtirish g‘oyasi esa ikki millatni murosaga keltirish emas, balki qirg‘izlarning milliy ruhini yana ham ko‘tarishga qaratilganday,” deyiladi maqolada.

“O‘shda qirg‘iz millatining sharafiga turfa monumentlar qad ko‘tarmoqda, garchand shaharning yarim aholisi o‘zbeklar…O‘zbek tilidagi yozuvlaru yodgorliklar vayron qilinmoqda, o‘zbeklarning biznesi tortib olinmoqda. O‘tgan yildan beri qad ko‘targan ilk ko‘p qavatli binodagi xonadonlarning 85 foizi qirg‘izlarga berilgani aytilmoqda.”..

Inson huquqlari faollariga ko‘ra, mintaqada hibsga olinganlarga qarshi qiynoqlar qo‘llanilishi muntazam tus olgan.

Human Rights Watch inson haqlari guruhining tadqiqotlariga tayanib yozar ekan, Ekonomist jurnali, o‘tgan yilgi qonli voqealarga aloqadorlik gumonlari bilan mahkamaga tortilayotganlarning 85 foizi o‘zbeklar ekanini urg‘ulaydi.

“Butun mamlakat bo‘ylab qirg‘iz millatchiligi yoyilmoqda,” deya xulosa qiladi Ekonomist.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/central_asia/2011/08/110815_economist_kyrgyz.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: