Dolimov: Yurtga qaytganlar bizga qarshi gapirishga majbur – ozodlik.org


01.08.2011

So‘nggi oylarda O‘zTV orqali AQShdan qaytgan andijonlik qochqinlarning afsus va nadomatga to‘la chiqishlari berilmoqda.

AQShdan O‘zbekistonga qaytib borgan andijonlik qochqinlar davlat televideniesida safdoshlariga qarshi gapirishga majburlanmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston xalq harakatining AQSh bo‘limi rahbari, Arizona shtatida boshpana topgan Islomiddin Dolimov “Ozodlik” radiosi muxbiri bilan suhbatda ta’kidladi.

– O‘zbekiston televideniesi shunday ko‘rsatuvlarni ishlab chiqarayapti, bu o‘zbek muxolifati bir nom ostida jamlangani ortidan kuzatilayapti.

Ya’niki, O‘zbekiston xalq harakati tuzilganligi sababli shunaqangi videoroliklar ishlab chiqarilayapti. Lekin aslida O‘zbekistonga qaytib borgan bolalarning hammasini men juda ham yaxshi taniyman, ba’zi biri qo‘shnim, ba’zilari menga shogird.

Ular o‘zi aslida bunaqa deydigan emas. Chunki shu kungacha ham ular biz bilan aloqada bo‘lgan, bir qancha oilalarga yordam qilamiz, ular ham yaxshi biladi. Lekin majbur ular. Biz ularni albatta tushunamiz, – dedi Islomiddin Dolimov.

So‘nggi oylarda O‘zbekistondagi televidenielar orqali AQShdan qaytib borgan bir necha andijonlik qochqin va ularning oila a’zolarining afsus va nadomatga to‘la chiqishlari berilmoqda.

Ular o‘zlarining adashib “Akromiya” deb atalmish guruhga qo‘shilib qolganlari va 2005 yilda ham o‘sha guruh tufayli O‘zbekistonni tark etganlari, AQShdan prezidentning avf qilish haqidagi va’dasiga ko‘ra qaytganlari va hozirda vatanda qiyinchiliklarsiz, xotirjam yashayotganlari haqida so‘zlab berishmoqda.

2007 yilning yozida O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ko‘magida Amerikadan boshpana olgan hamda Arizona, Aydaho va Pensilvaniya shtatlarida yashagan andijonlik qochoqlarning 100 ga yaqini O‘zbekistonga qaytgan edilar.

AQSh 2005 yilning 13 may kuni Andijonda ro‘y bergan qirg‘indan omon qolgan andijonlik qochoqlarning eng ko‘pi – 250 ga yaqinini qabul qilgan.

 

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24282768.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: