Diniy erkinliklar? Mumkin emas!!! – AAT


juma, Avgust 12, 2011

Toshkentdan “Eron O‘zbek radiosi” muxbiri Mahlula Muhammadkarim qizi  xabar berishicha, O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari amerikalik bir necha missionerni mamlakatdan deportatsiya qilgan. Deportatsiya qilinganlar AQSh fuqarolari bo‘lgan. Ular nasroniylikning protestant-babtistlik oqimi injiliy-nasroniylik cherkoviga mansub bo‘lganlar. Missionerlar o‘zbek tilida muloqot qilganlar. O‘zbek tilini mukammal o‘zlashtirganlar. O‘zbekona ismlardan foydalanganlar. O‘zbekistonga tadbirkorlik va Oliy o‘quv yurtlarida ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlashlik bahonalari bilan kelganlar. (uzbek.irib.ir – 9avgust, 2011 yil)

Eslatib o‘tamiz, ushbu sayt 1 mart kuni Toshkentdan koreyalik missionerlar deportatsiya qilinganlik xabarini bergandi. Koreya fuqarolari Cho Xvan va Xvang Do En protestantlik cherkovda O‘zbekiston fuqarolarini nasroniy dinni qabul qilishlarga da’vat etishganligi, Xvang Do En shifokorlik kasbini suiste’mol qilib, bemorlari bilan diniy suhbatlar o‘tkazganligi aytilgan edi xabarda. (uzbek.irib.ir – 1 mart, 2011 yil)

O‘zbekiston konstitutsiyasi barcha uchun vijdon erkinligi borligini tantanali e’lon qilgan. Konstitutsiyada jumladan shunday deyiladi:

VII bob. 31-modda:

Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Biroq O‘zbekistonda vijdon erkinligini poymol bo‘layotgani haqida bir qancha hisobotlarda keltirilgan. Masalan, dunyoda diniy erkinliklar bo‘yicha AQSh komissiyasi (USCIRF) O‘zbekistonni din va vijdon erkinligini o‘ta ayanchli poymol etayotgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritgan.

Xalqaro nasroniylik xayriya tashkiloti «Open Doors» ning 2011 yil bo‘yicha tekshirishlarida, O‘zbekiston nasroniylarni siquvga olish va ularning huquqlarini poymol qilish bo‘yicha 9-o‘rindagi davlat hisoblanadi. (World Watch List – Vsemirnaya slujba Spisok-2011)

Birlashgan Millatlar tashkiloti “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” da:

18-modda: Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga egadir; bu huquq o‘z dini yoki maslagini o‘zgartirish erkini, o‘z dini yoki maslagiga yakka tartibda yoki boshqalar bilan birgalikda, ta’limot, toat-ibodatda hamda diniy rasm-rusumlar va boshqa shunga o‘xshash marosimlarni ado etishda xaloyiq bilan birgalikda yoki xususiy tarzda e’tiqod erkinligini qamrab oladi.

19-modda: Har bir inson maslak erkinligiga va bularni erkin ifodalash huquqiga egadir; ushbu huquq hech bir xalalsiz o‘z maslaklariga rioya etish erkinligini va axborot va g‘oyalarni har qanday vositalar bilan hamda davlat chegaralaridan mustaqil tarzda qidirish, olish  va tarqatish erkini qamrab oladi.

O‘zbekiston hukumati tomonidan din ahliga nisbatan qattiq tazyiqlar o‘tkazish hollari davom etmoqda. Xalqaro tashkilotlar hisob-kitobicha shu kunda diniy motivlar bilan qamalgan o‘zbekistonliklar soni 10 ming nafardan ortiqdir.

 

“Andijon – Adolat va Tiklanish” tashkiloti Matbuot bo‘limi

 

http://andijonadolat.org/?p=4768

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: