BIR MUXOLIFATCHI BILAN SUHBAT – sahwii.com


11 Avg

Turlibekov Yodgor

(xar sohadan bir shingil)

Biror narsa yozsam biri unday biri bunday deyberadi ekan, undan ko‘ra yozmaganim ma’qulga o‘xshaydi, tinchgina yuribman tashvishim ham yo‘q, deydi xunobi chiqib bir yaqin tanishim, bu Karimovning laychalari nega meni talab ketishadi? Deb boshladi o‘z fikrlarini skaypdan menga.

Qiziq, nimaga fig‘oni falaksiz, o‘zi shunday ham xech narsa yozmay qo‘ydingizku taqsir, Mamarasulvoy, shu bilan o‘zingizni oqlamoqchi bo‘lyapsizmi menga. Axir:tuyalar karvoni oyoqlari tagigacha chuvillaganncha kelgan laychalardan qo‘rqish o‘rniga ularga uzun bo‘ynini pastga cho‘zib bir pishqirsa ularning bir galasi ortga qochib ingacha kirib ketguncha orqasiga qaramaydiku.

Siz ham o‘zingizni karvon deb, ularni.shunday qilib tagizga tushib olib chiyillagan oti yo‘q zoti ham yo‘q, asl otasi yo‘q, kimning bolasi ekanin bilmaydigan laychalarga e’tibor qilmangda, ularning yozganini xechkim o‘qimaydi ham, hamma biladiki, buni yoegan laychalarni e’zozlaydigan yuqorida kuni shularga qogan egasi bor.

U amaldorlarning eng attasi, kshilarning vaqtini olib chalg‘itish, ularning chuvillab boshini og‘ritish uchun boqayotirda, bularni, shuning uchun siz misoli katta karvon bo‘lib yo‘lingizdan ketavermaysizmi? Avvalgm O‘zbekiston ichilagi shijoatlaringiz qani?

nima ular sizni qo‘rqitib olishganmi, Mamarasulboy avvalgi sizning vatan ichidagi shijoatlaringizga qoyil qolganman, endi bu tamom bo‘lganingizmi?

Endi bilsangiz, yosh safdoshlarimiz ko‘chalarga chiqib, xayqiradigan bo‘lsa, siz ularni o‘tkir maqolalaringiz bilan olg‘a boshlaydigan vaqtga kelib og‘zingizga tolqon tiqilgani tolqonni o‘zingiz soldingizmi yoki ular tiqishdim?

Kechirasiz Yodgor aka men bitta yolg‘onimni aytsam shu kunnlarda internetdan bezor bo‘lib, u erdai tuppa tuzuk bizlarga bosh bo‘ladigan kishilarning bir birlariga balchiq sepishlaridan uyalib ketamanda

To‘g‘risini ayting siyosatda biror o‘zgarish bormi ? Ana sizning nimalardan qo‘rqqaningizni bilamanda men, muholifatda katta jonlanish bor Mamarasul, sizni qo‘rqitib yurganlarning hammasining yuraklari qaltirab, bugunmi ertami fosh bo‘lsam nima qilamanga tushganlaridan ularning oyog‘idagi batinkalardan ham tovush eshitmaysiz.

Ularga vatan ozod bo‘lib qolsa, O‘zbekistonga qaytib borishlari ham amri mahol bo‘lib qolgan, sizning burro gaplaringizdan muhlislaringiz qanday zavq olardi bilsangiz, qani ular, aksincha bugun ijodingiz bizlarga kerak juda kerak bo‘layotir.

Mening xa deb Karimovni yozganim bilan uning bir eri kamayib qolgani yo‘q, undan keyin yana bizlarga xech kim bir so‘m ham bermaydi, doim bizga ular: “Xar maqolasiga bizni 50 dollardan oladi” desalar, aslida dumlarini likillatib bu laychalaringizning o‘zlari ilgaridan Karimovning boqimanda yaltoq sadaqaxo‘rlariku.

O‘ylashmaydimi.O‘zbekistonimizni yomonlashningbu erdagilarga nima keragi bor, ularning o‘z sohasida olim bo‘lganlari bilan,: O‘zbekiston degan mamlakat bor ekanmi, deydigan sodda kishilarning qaysi biriga kerak ekan, bizlarning urishimiz,yoki o‘sha sassiq Karimovingizning yaxshi yomonlii, yana bizlarga beradigan 50 dollari ko‘chada qolganmi?.

Shu kunlarda bunday o‘zlariga “muholifatchi”, “vatanparvar”, “yurtsevar”, “borya” misha nomlarni qo‘yib, xar maqolaning ortidan mo‘ralaydiganlarga “Talant” degani qo‘shilibdi, kallasi joyidami uning, yozgan komenti sizning maqolangizdan ko‘plik qiladi, bari g‘irt bemaza mahmadona gaplar ularingiz.

Talant Aleksander otasi o‘ris bo‘lgandayam Aleksandr bo‘lar edi, bu yasama odamni, shunday qilib borib, asta-sekin tirik odamga aylantirishmoqchi ular chamamda?

Xali uning nomidan yuqori tashkilotlarga masalan BMT ga OBSE larga yolg‘onlarni muholifatning fikrlari deb yozdirib uni xaqiqiy muholifatchi mana internetni ko‘ring muholifatni o‘zi boshqarib o‘tiribdi u kishiga qancha yordam bersakda, bizni yomonlab yozaveradigan yomon odam deb yo‘liga yomonlab qo‘yishsachi?..

Men aytgan mehmonlar nimaga u kishi bu erda yurishlariga indamaysizlar? Deb so‘rasa, aslida muholifatchilarni xech kim quvmagan, ularning o‘zlari xorijda yashasakg ishlamasangda seni boqadi ekan deb, viza berish kechiksa ustimizdan yozib, sudga ham berib, bizlarni zulm qildi deb, ko‘pi Evropaga chiqib ketishdi.

Vizani istagan kishiga erkin qilib qo‘yganmiz, bizda demokratiya kim qaerda yashashni hohlasa marhamat yashayversin, deb OBSE va BMT vakillarini aldab yubormpsmikan ular.

Talant aka xalq oldida juda obro‘lik, tarix fanlari doktori , xar zamonda prezident apparatimizga ham kelib o‘zlarining yaxshi maslahatlarini beradilar, biz ham hurmat qilamiz,.Talant aka obro‘lik odam mana ko‘ring diktaturaga qarshi yozgan maqolalarini, internetlar to‘lib ketgan, o‘zi tarixchi olim, avval bizning o‘tkir siyosatchimiz edi,. o‘zlari hohlab muholifatga o‘tib ketgan.

Aytdimku bizda demokratiya, o‘zi shu erda yashaydi offis ham qilib berganmiz u kishiga. Islom akamiz Karimov 20 yidan beri dam olmay xalq uchun ishlab kelmoqalar, aksincha shu muholifatchilar bilan gaplashay desa, ularning hammasi qochadilar, deb qo‘ysa tamombizda.Yodgor aka!

Talant akalari deb Karimovning mingta yolg‘onchilaridan bir mahmadonani ko‘rsatsa bo‘ldida: Mae vatanni tashlab ketmadim, lekin ichki muholifatchilar oz qolishgani menga qiyin bo‘ldi charchayman, .Bizda demokratiya yo‘q emas, faqat menga tezroq ideal bo‘lmasada shunga yaqinroq bo‘lsin, deb bulardan talab qilaman, gohida qattiqroq gapirib qo‘yaman desa, qayoqda qolib ketamiz bizlar?.

Eee, Mamarasulvoy maniyam o‘zing tomonga ag‘darmoqchisanmi, menga qancha narsani gapirguncha o‘zingni bosib ol, vahima qilmagin, haliyam ko‘pchilik senga ishonib yuribdi.Sen bo‘lsang vas vas bo‘lib qolgansanmi o‘zi?

Muhlislarin seni sog‘inib yotganida bunday vahimalaringni yozib ularning ham ko‘nglini cho‘kdirma, xudo hohlasa, hamma ishlarimiz yaxshi bo‘lmoqchi. Unday vas vas vahimachi va pessimsistlarni jinimdan yomon ko‘raman, Toshkentda optimistman, Karimov zo‘r odam mana ko‘rasizlar, deb ko‘kragingizga urib yurganlaringiz ‘ecingizdami?

Aka biz muholifatchilarning chuvillab yotganimizga qaramay, Talantini qarang, shuncha yillar o‘tib ketadiyu siyosatda ko‘rinmagan birovning birdaniga muholifatda lo‘p etib paydo bo‘lishi otasi, nomalum onasi noma’lum, chaqaloq tug‘ilib yana bir dumalab uningiz professor bo‘lib qolsa, shunisi menga alam qiladida aka..

Yana u nima qilibdi deng, yaqinda jurnalistlar bilan oqsaroyda Talantvoy presskonferentsiyada qatnashgan va u o‘zining birnecha savollariga Karimovdan javob olganmish, bu to‘g‘rida, rasmiy xabar ko‘rinishida aynan bu xabarlar muholifat sahifalariga tiqilgan.

Bir erda o‘qidim go‘yo u 89 va 90 yillarda u bizning muholfatimizga ham faol bo‘lgan ekan, men atayin ilgari muholifatda bo‘lgan bir akamizga telefon qilib so‘rasam, Talant degan umuman aralashmagan bizning oramizda deb aytdilar.

Komentchilar Karimov to‘g‘risidagi va O‘zbekistonda xaqiqiy bor ahvol to‘g‘risida yozilgan maqola ortidan xar kim bo‘lib qipqizil tuhmatlar yozadi, aslida ularning MXX mac’ul xodimlaridan xaqni olganda muallif shaxardan bo‘lsa dollar, qishloqda bo‘lsa qarindoshlariga gektarlab ekishga joy olar emishlar.

Karimovning tuqqan jiyani Jamshid Karimov bechora ham tog‘asini diktator deb atagani uchun, o‘sha tog‘asi uni 6 yildan buyon jinnixonaga tiqib qo‘ygan va u bechoraga na amnistiya na biror engillik bo‘lmay yotgani ustiga uni hech kim eslamaydi ham shu yigitga achinamsanda.

Eee Mamarasul yana aytaman xafa bo‘lmaginu umuman boshqa odamga aylanib ketganmisan do‘stlaring kim o‘zi? To‘g‘risi ular ko‘p meni gapirishga qo‘ymaydi, xozir sizning gaplaringizdan o‘ylab ko‘rsam hamma gaplaringiz to‘g‘ri.

Prezident Karimovning soyasiga salom beradiganlar juda ko‘p desam, Mamarasulning jahli chiqib nima deydi menga: Yodgor aka, shu yurgan amaldorlaringizning katta kichigiyu hammasi ham uning orqasini o‘p desa o‘pib tashlaydigan odamlar, desa, kulgidan o‘zimni zo‘rg‘a to‘xtabman men.

Bullarning hammasi nimaning mevasi Mamarasulvoy desam diktaturaning mahsuli, mamlakatda qonunlar borku uning ijrosi yo‘q, hammasi pul, odam o‘ldirganlar puli ko‘pligi uchun tergovchi va militsiya boshlig‘i ikkovi kelishib ularni tergov boshidanoq ularning nomi qog‘ozga tushmasin uchun bundaylarni tergov boshidanoq uylariga &qb, .borishadi.

Jinoyatni solir etgan odamning o‘rniga ular istagan kambag‘alning bolasini uni kaltakning zo‘ri bilan og‘ir jinoyatni bo‘yniga olishga majbur qiladilar.

Mamlakatimizda xamma salbiy ishlarning tahlil qilib ko‘rsang Karimovning Konstitutsiyaga bo‘ysinmasligi, Buning o‘zi Konstitutsiyaning amalga oshiradigan birinchi kafolatning o‘zi prezident bo‘lishi kerakligi turganda, u konstitutsiyani o‘zi buzib turib xar yili mingtalab nomoz o‘qigan yoshlarni konstitutsion tuzimga tajovuz qilishda ayblab qamashlar nimani ko‘rsatadi.

Bunday sharmanda odamni nima uchun uning birinchi martayoq saylangan muddatning o‘zida ketmasa boshiga tayoq bilan urib haydash kerak edi. Qarang konstitutsion tuzumni buzishdan ilgari uni qurish kerakmi? O‘zi bormikan shunday tuzum O‘zbekistonda? Yo‘q. Ha bunday yo‘q tuzumning o‘zi yoshlarimiz nimasini buzsin?

Demak shu Jasliqda o‘tirganlarning hammasi aybsiz ekanda? Xuddi shunday! Xaqiqatni aytganda o‘sha eng katta muddatga ayblagan O‘zJK ning 159 moddasi bilan qamalgan gunohsiz o‘tirgan farzandlarimizning hammasini tezlida qamoqdan chiqarib, ularning hammasini davolash kerak, Islom Karimovday shantajchiga o‘zbek xalqi taxt berib shunday o‘z dushmaniga 20 yidan beri mnsofga kelar deb kutgan xalqqa rahmat aytib, Islom Karimovni esa, muqaddas Qur’onimizni unga qo‘shib Konstitutsiyaning ustiga qo‘lini qo‘yib ichgan qasamlarini bir emas to‘rt marta buzganligi uchun ham to‘rt marta eng oliy jazoga tortish kerak! Karimovning hamma firibgarliklarini amalga oshishi uchun uning boshiga urish o‘rniga xalqqa qilayotgan atayin O‘zbekistongina emas bu kasofatning Makaziy Osiyo mintaqasidagi chegaralarni ana terrorist kelyapdi deb vahimaga to‘ldirib yubormadimi. Qo‘shni respublikalarni qo‘yaturing bu injivning gapiga kiraverib qardosh tojik xalqi bilan borish kelishning hammasini chigallashtirib ularning o‘rtasiga minalar ko‘mdirganiga nima deysiz, undan zlgan yosh bolalarni qanday unutish kerak. 100 ta atrofidagi xunini uning hamyonidan olib to‘lash kerak. Sovetlar yo‘qoldi deb quruq nog‘ora chalib mustaqilik deb quloqlarni egan yillarni

yodingizga oling. Bunday xor bo‘lib mustaqil bo‘lganda o‘sha sovetlarimiz ming marta yaxshi ediku bu do‘zaxdan! Do‘stlar o‘zingiz o‘ylab ko‘ring pasporting bo‘lmasa ningizdagi qo‘shni rayonda posbonning qo‘liga tushib qolsangiz, uchaskvoy sizni nachal’nigiga olibb orib sizni tekshirib javob kelgancha jinoyatchilarning ichida o‘shalarning ovqatini eb taverishni ko‘ring. Alam qiladi bular, bizlar pasportsiz bemalol poezdga bilet olib Moskvaga Leningrad kurortlarga borib dam olib kelardik yo‘lda yoki biror mehmonxonada pasporsiz joy olishingizga xaqingiz bor edi ham. Birov pasport so‘ramaganining o‘zi erkinlikning dodasi emasmi? Anavi kuni yoshlarning o‘rtasida aytsam ularning og‘izlari ochilib ishonmay qoldi. Qirg‘izlar bilan o‘zbeklarning qurolsiz yoqa ushlashga ham Karimovning xizmati katta bo‘ldiki, natijada o‘zbeklarning uyi kuyib, qiz kelinlar norasida qizlar zo‘rlanishgacha bordi bu vahshiyliklar. Shunda ham Yurtboshimiz hisoblab u yapamasni boshimizga ko‘tardik, kerak bo‘lganda o‘z foydamizni o‘ylab boshqalarni unga sotdik, bu bilan uni qo‘llab nimalar qilmadik, qonunlarimizni o‘zgartib uning yana taxtga o‘tiriga rozi bo‘ldik, lekin u yaxshilikni bildimi?

Bu savolga ming marta YO‘Q deb javob berish kerak! U chetimizdan kambag‘allarni xo‘rlab ishsiz qiynalishga ayollarimizga ne kuylarga soldi, xar kambag‘alni terrorist deb yo qamadi yoki ish joylarini atayin yo‘qotishchun bizlarning ulkan zavod va fabrikalarimizni to‘xtatib talon taroj qilib yubordi.

Buning natijasida ish o‘rinlarining etishmovchiligi ishlaganlarning esa maoshlari ozligi erining topgani ro‘zg‘or tebratishga etmay erkaklarni dastlab Qozog‘iston so‘ng Rossiyaga ish izlab sang‘ishga majbur qildi.

To‘g‘risini aytsak mardlik emas nodonlik, qandaydir johillik qildik, Karimovga ovoz berganlar ozchilikni tashkil qilsada, sun’iy va soxta blyutenlar hisobiga unga ko‘p ovoz berildi qilindi. Negaki karnay surnaylar ostida sovetchasiga ko‘rsatilgan nomzodga ovoz berish saylov blyutenenlarini qayta yozilib ulardagi ovozlargina sanalib Umuman Karimovning birinchi qadamining o‘zi aldash va yolg‘onlar natijasi edi.

Ko‘pchilik viloyatlarda 100 foyizga yaqin ovozlar Karimovning opponenti Muhammad Solihga berilgan edi. Bu viloyatlarning hokimlari keyinchalik Karimovning o‘chiga giriftor bo‘lib tezda yomonotlik bo‘lib ishdan haydaldilar.

Prezidentga albatta hamma boylik va bor narsamizni unga ishonib topshirdik, kamchiliklarini yaxshi niyat qilaylik deb 20 yil kutdik unga insof berishini ham kutdik, ammo u noinsoflik qildi, boshimizga ko‘targan odamimiz boshimizga chiqib olib tepaboshladi, u o‘zining bu qilmishlariga javob bersin va xalqda ortiqcha chidam ham unga ishonchdan ham zarracha qolmadi, hammamiz endi vaqt keldi xalqimiz bunday cheksiz kutishga ortiq chidolmaydi!

Uzog‘i bilan bir yil ichida Karimov asos solgan va uning diktaturasini uloqtirib, O‘zbekistonda hamma insonlarning teng xukuqlari va farovonliklari talqin va ijro etiladigan va jahon standartidagi xaqiqiy demokratik tuzumni yuzaga keltirishni niyat qilgan “O‘zbekiston Xalq Xarakati” nomi bilan atalgan O‘zbekistonda yagona tashkilot tashkil topdi

Kelgusi xalqimizga shunday ozodliklarni olib keladigan va uning oxirgi ishonchini yuzaga chiqaradigan O‘zbekiston xalq xarakati tashkiloti yaratildi. Yuqoridagi aytilgan xalqni aldab o‘z ichgan qasamlariga aksincha bo‘lib kelishning o‘zi eng oliy va og‘ir jazo ekanini uning yodiga solib, uni taxtdan tez tushirib tashlash kerakligini maqsad qilgan xozirgi vaqtda yagona va ochiq xarakat qilayotgan “O‘zbekiston xalq xarakati” degan tashkiloti tuzildi..

Bu tashkilotni allaqanday diniy xarakat debxalq ko‘tarilmasin deb tarqatilayotgan xalqimiz dushmanlari, Karimov tarafdorlarining olib borayotgan tashviqotlariga aslo ishonmanglar!

Xozir bu tashkilotning kundan kunga o‘sishi ham bo‘yi va eniga shiddat bilan ulg‘ayib borishini men ham qo‘llayman va Karimov diktaturasiga qarshi bu xarakatga kushilaman desangiz, aynan shu tashkilotga hammangizni muvaffaqiyatlar tilab nga darhol qo‘shilishga chaqiramiz!

 

sahwii.com

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: