“ekstremist va terroristlar” afsonasi takror va takror – AAT


Payshanba, Avgust 11, 2011

Andijon viloyatiga qarashli Shahrixon shahridan 12 “terror” chi chiqqanligi haqida O‘zbek rasmiylari e’lon qildi. Xabarni 5 avgust kuni Evraziya (evrazia.org), 7 avgust kuni “Belıy parus’” (paruskg.info), 8 avgust kuni Regnum (regnum.ru), 9 avgust kuni Ozodlik radiosi tarqatdi (ozodlik.org).

Xalqaro terrorchilik guruhlariga aloqadorlikda gumon qilinib, Andijon viloyatining Shahrixon tumanida yashovchi Mirzajon Qodirov hibsga olindi, deb ma’lum qildi REGNUM axborot agentligi. Xabarni o‘zini tanitmagan O‘zbekiston huquq-tartibot idorasining xodimi bergan.

Unga ko‘ra, og‘ir qiynoqlar ostida olib borilgan tergov davomida, Qodirov o‘zi va yana 11 nafar o‘zbekistonlikning Dog‘istonda maxsus diniy-ekstremistik tayyorgarlikdan o‘tib qaytganini bildirgan.

Dog‘istonning Milliy siyosat, diniy ishlar va tashqi aloqalar vazirligi O‘zbekiston huquq-tartibot organlari OAV larda  o‘zbekistonlik fuqarolardan ayrimlarining Dog‘istonda qo‘poruvchilik tayyorgarliklaridan o‘tganligi haqida e’lon qilgan ma’lumotni inkor qildi.

Eslatib o‘tamiz, 8 avgust kuni IA REGNUM Mirzajon Qodirov haqidagi xabarni O‘zbekiston ichki ishlar tizimiga asoslanib e’lon qilgan edi. Qodirovning gapiga qaraganda, u boshchilik qilgan guruh a’zolari Maxachqala yaqinidagi “Abdulla Sug‘oriy” nomli masjid  orqasidagi Dog‘iston tog‘larida maxsus tayyorgarlik kurslarini o‘tishgan. O‘rgatuvchilari Suriyada o‘qib kelganlar bo‘lgan. Ular Qur’on o‘qish, arab tili o‘rganish, tafsir ilmidan tashqari asosiy e’tiborni shogirdlarning jismoniy tayyorgarliklariga, sharq yakka kurashiga, po‘rtlatish ishlariga, tog‘lik joylarda yo‘l topib yashirinishga qaratishgan.

Aynan mana shu xabarlarni inkor etuvchi Dog‘iston Milliy vazirligi axborotida aytiladiki: “Maxachqalada tugul, butun Dog‘istonda ham Abdulla Sug‘oriy nomli madrasa mavjud emas. Maxachqalada Gamidov 77 “a” manzilida Shayx Abdurahmon Sug‘uriy nomidagi boshlang‘ich maktab mavjud bo‘lib, u erda bolalarni ham, kattalarni ham faqat Qur’on va namoz o‘qishgagina o‘rgatiladi. Darslarni Dog‘istondagi taniqli din arboblari o‘tadilar. Xorijdan biron-bir o‘qituvchi o‘quv-tarbiyaviy ishlarga jalb qilinmagan va chet ellik o‘quvchilar bu erda ta’lim olishmagan. O‘zbekiston huquq organlari nomini keltirayotgan Andijon viloyati turg‘unlari “Imom ash-Shofiiy” nomidagi islom universitetida tahsil olishgan. Bu universitetda esa ekstremizm-terrorizm g‘oyalariga qarshi faol kurashuvchi, Naqshbandiya tariqatining shayxi, hurmatli va obro‘li, republikada va uning tashqarilarida ham taniqli ustoz Murtuzali hoji Qorachaev dars beradilar.”

Bunday isbotini topmagan ayblovlar avvalda ham 2005 yilning 13 mayidan keyin Qirg‘iziston hukumatiga nisbatan ham qo‘yilgan edi. O‘shanda Islom Karimov televidenie orqali chiqishlarida, go‘yoki “ekstremist va terroristlar”  Andijon qo‘zg‘oloniga Qirg‘iziston territoriyasida turib tayyorgarlik ko‘rishganini aytgan edi. O‘sh shahridagi Markaziy stadion, shahar o‘rtasidagi, yo‘l bo‘yidagi №23 Panfilov maktabi, Aravon rayonidagi tashlandiq aerodrom prezident Karimov tomonidan “terroristlar mashg‘ulotgoh” lariga aylantirilgan edi.

O‘shanda 2005 yilning 14 may kuni “Demokratiya va fuqarolik jamiyati uchun” koalitsiyasining prezidenti Edil Baysalov Qirg‘iziston g‘arbida Andijon tartibsizliklariga aloqador tayyorgarlik o‘tmagani haqida bayonot e’lon qilgan edi. (E.Baysalov – Sobıtiya v Andijane ne imeyut nichego obщego s kirgizskoy “tyul’panovoy” revolyutsiey 19:24 14.05.2005 – TsentrAziya)

“Memorial” huquqni himoya qilish markazi ham bu borada Karimovga qarshi bayonot bilan chiqqan edi. (Zayavlenie Pravozaщitnogo Tsentra “Memorial” O sobıtiyax 12-14 maya v Andijane. 17.05.2005- TsentrAziya).

Bayonotdan iqtibos: “… xavfsizlik kuchlari namoyishchilarga qarshi avtomatlardan foydalandilar, natijada yuzlab odam halok bo‘ldi. Guvohlarning aytishicha, askarlar ko‘chalarda yotgan yaradorlarni urib tashladilar. Qirg‘izistonga ketayotgan kolonna ham o‘qqa tutildi. 14 may kuni ham tinch aholiga qarshi sababsiz qurol ishlatildi… O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov xavfsizlik kuchlari tomonidan bo‘lgan oqlab bo‘lmaydigan zo‘ravonlikni ayblash tugul, ayollar va bolalarga qo‘shib halok bo‘lgan fuqaroni “jinoyatchilar”, deb atadi. Rossiya va O‘zbekistondagi rasmiylarning Andijondagi hukumatga qarshi chiqish xalqaro radikal islomiy tashkilotlar ishi ekanligi haqidagi bayonotlari, Andijon fojeasining asl sabablaridan e’tiborni olib qochishga urinish, xolos. O‘zbekiston hukumatining terrorizmga qarshi kurash, qo‘zg‘olonchilarning amallari kabi bahonalari qurolsiz fuqaroni otishni oqlay olmaydi.”

O‘zbek matbuoti tsenzura iskanjasida qolgan  hamda xorij axborot agentliklariga turli to‘siqlar qo‘yilgan hozirgi vaqtda, hukumat o‘zining doimiy uslubi bo‘lib kelgan “ekstremist va terroristlar” mavzusini takror va takror ishlatishi ortida xalqni qo‘rqitish va erkin fikrlashdan to‘sish yotganligi barchaga yaqin tarixdan ma’lum.

 

“Andijon – Adolat va Tiklanish” tashkiloti Matbuot bo‘limi

 

http://andijonadolat.org/?p=4757

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: