IAK va uni qizlari qismati Jasliq zonasida bo‘lishi ehtimol – uzxalqharakati.com


Aug 3rd, 2011

3 avgust kuni Qohirada Misr sobiq prezidenti mamlakatni 30 yildan beri boshqarib kelgan DIKTATOR  Husni Muborak ustidan mahkama jarayoni  boshlandi.

Misrni 30 yildan ortiq vaqt davomida  boshqargan 83 yashar avtoritar hokim Muborak korruptsiya va tinch namoyishchilarga o‘t ochish haqida buyruq berganlikda ayblanmoqda.

Yanvar-fevral oylarida Misrda yuzaga chiqqan xalq isyoni chog‘ida 850 odam xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘ldirilgan va to‘xtovsiz davom etgan norozilik namoyishlari bosimi ostida 18 kunlik tinimsiz qarshilik namoyishidan so‘ng 11 fevral kuni Muborak hokimiyatdan voz kechishga majbur bo‘lgan edi.

Hokimiyatdalik paytida  diktator Muborak  Misr xalqini doimiy repressiya va qo‘rquv ostida ushlab kelgandi. Uni davrida Ixvonul Muslimin diniy siyosiy jamoasi faoliyati ta’qiqlandi. Va jamoaning qator faollari ko‘p yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Ko‘p minglab musulmonlar misr turmalarida o‘lib ketishdi.

Tashqi siyosatda ham Muborak musulmonlarga dushmanlik pozitsiyasida turdi. 2008 yilgi Falastin va Isroil urushida Isroil tomonida turdi.

Isroil bilan aloqalarini  do‘stona tutib, Misr orqali dori darmon va oziq ovqat o‘tib turgan G‘azo sektori bilan orasidagi chegara o‘tish postini butunlay yopdi.

Shu kabi ishlari bilan diktator Muborak ko‘pgina ulamolar tomonidan  haqli ravishda Islom millatiga,  Islom ummatiga xiyonat qilganlikda ayblanadi.

Mana shu diktator endi ikki o‘g‘li va qo‘l ostidagi amaldorlari bilan sud qilinmoqda.

Mamlakatning kattayu kichik shaharlari markaziy maydonlariga o‘rnatilgan ulkan ekranlar orqali misrliklar bu mahkamani jamoa bo‘lib kuzatishdi.

Mamlakatni 30 yil davomida qo‘rquv iskajasida ushlab kelgan Muborak¸ uning yaqinlargacha qudratli o‘g‘illari va rejim amaldorlarining mahkamaga tortilishini nafaqat misrliklar¸ balki aksariyati avtoritar hukmdorlar qo‘l ostida yashayotgan arab va arab bo‘lmagan xalqlar ham katta qiziqish bilan kuzatmoqda.

Bu kabi diktatorlar taxtdan tushsa faqat xalq nafratigsha uchrashi tabiiydir. Ularga quldek xizmat qilgan amaldorlari endi ularga qarshi ko‘rsatmalar berishmoqda. Shu kabi oqibat Kaddafi va Asadni kutib turibdi. Inshaalloh boshqa diktatorlar ham allohning adolati tahtiga tushib o‘z jazolarini oladilar!

Karimov o‘z qizlari va amaldorlari bilan tez kunlarda shu ahvolga tushadi deb umid qilaman.

Agar o‘ziga qo‘yilayotgan ayblar mahkama jarayonida tasdig‘ini topsa¸ Husni Muborak o‘lim jazosiga hukm etilishi mumkin.deb yozdi OAV. Bu jazo O‘zbekistonda bekor qilingan. Demak, IAK va uni qizlari qismati Jasliq zonasida  bo‘lishi ehtimol.

Muhammadsolih Abutov

 

 

 

 

 

 

 

http://uzxalqharakati.com/?p=1423

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: