Qozoq sudi o‘zbekistonlik narkokur’erni 15 yilga qamadi – ozodlik.org


03.08.2011

Pavlodarda o‘zbekistonlik  narkokur’er 15 yillik qamoq jazosiga hukm etildi.

Bu haqda xabar tarqatgan Kazakhstan Today nashriga ko‘ra, qozoq mahkamasi O‘zbekiston fuqarosini sotish maqsadida katta miqdordagi geroinni noqonuniy ravishda olib kirish, saqlash va tashishda aybdor deb topgan.

Narkokur’er, aytilishicha, jazoni kuchaytirilgan tartibdagi koloniyada o‘taydi.

Aytilishicha, sudlanuvchi o‘z aybini tan olmagan va o‘z haqqidan foydalanib, ko‘rsatma berishdan bosh tortgan, shuningdek rus tilini yaxshi bilmasligi bois, o‘ziga turkman tilini biladigan tarjimon so‘ragan.

Pavlodar viloyat Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi rasmiysi Erjana Kalkenga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi 2009 yil oktyabrida Qozog‘iston-Rossiya chegarasida qo‘lga olingan. Tekshiruv paytida uning yonida bo‘lgan sochiqdan tikilgan xaltacha ichidan 874,5 gramm geroin topilgan.

 

http://www.ozodlik.org/archive/News/20110803/402/850.html?id=24285728

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: