Qozog‘iston Turkiya bilan strategik hamkorlik bitimini ratifikatsiya qildi bbc uzbek


3 avgust 2011

Ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar barqaror rivojlanib keladi

Prezident Nazarboev 2009 yilda Anqarada imzolangan bitimning kuchga kirgani haqidagi qonunga imzo chekkan.

Qozoq parlamenti xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mitasining matbuotda e’lon qilingan xulosalariga ko‘ra, bitim ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishdan tashqari, Qozog‘istonning janubi-sharqiy Ovro‘po hamda Yaqin Sharqdagi manfaatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Hujjatda siyosiy va iqtisodiy aloqalar bilan birga, mudofaa hamda yadro qurolini tarqatmaslik sohasidagi hamkorlikka urg‘u berilgan.

Bitimning ratifikatsiya qilinishi Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Erjan Kazixanovning Turkiyaga safariga to‘g‘ri kelgan.

Safar chog‘ida u turkiyalik hamkasbi Ahmad Dovudo‘g‘li hamda Prezident Abdulloh Gul bilan uchrashadi.

Qozog‘iston vaziri Anqaraga tashrifi davomida Turkiya poytaxtida Prezident Nazarboevga o‘rnatilgan haykalni ham borib ko‘rishi bildirilgan.

Markaziy Osiyoning turkiy davlatlari bilan tarixiy-madaniy rishtalarga ega bo‘lgan Turkiya Qozog‘istonni mintaqadagi ishonchli hamkor sifatida ko‘radi.

Ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar barqaror rivojlanib keladi.

Turkiya 1992 yildan buyon Qozog‘iston iqtisodiga 1 milliard dollardan ko‘p sarmoya kiritgan.

Shu yil aprelida Ostonadagi anjumanda Prezident Nazarboev turkiy xalqlarni madaniy rishtalarni yanada mustahkamlashga chaqirgandi.

O‘tgan yili Prezident Gul Qozog‘istonga tashrifi chog‘ida janob Nazarboevni “turk dunyosining oqsoqoli”deb atagandi.

Prezident Nazarboev Turkiyada hayotlik chog‘ida haykali qo‘yilgan birinchi xorijiy davlat rahbari bo‘lgan.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/central_asia/2011/08/110803_cy_kazakh_turkey.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: