“Bunyodkor” stadioni uchun yo‘llardan jarimalar – uznews.net


03.08.11

Toshkentda “Bunyodkor” stadioni qurilishi uchun kerakli mablag‘ni yig‘ishning bir qismi qoidani buzganlardan undiradigan, jarima miqdorini ko‘paytirishga majburlangan yo‘l patrul xizmati xodimlariga yuklangan, deydi O‘zbekiston kuch ishlatar tizimlaridagi manba.

O‘zbekistondagi eng katta sport inshooti bo‘lishi kerak bo‘lgan “Bunyodkor” stadioni qurilishi uchun mamlakatdagi barcha kompaniya va tashkilotlarning moddiy imkoniyatlari ishga solinmoqda.

O‘zbekiston hukumatining farmoniga binoan 2008 yilda Zeromax GmbH kompaniyasi tomonidan qurilishi boshlangan va keyinchalik bu kompaniya bankrot bo‘lganligi munosabati bilan to‘xtab qolgan stadion qurilishi 2012 yil 10 martda tugallanishi lozim.

Yangi loyiha stadion xarajatlarini 5 barobar qisqartiradi. Mamlakat hukumati qaroriga ko‘ra, uning qurilishiga 29,2 million dollar sarflanadi. Zeromax GmbH uning qurilishini 150 million dollarga baholagan edi.

Yo‘llarda pul izlash

Hattoki shu kichraytirilgan byudjetni ham tashkil qilish kerak, deydi anonim tarzda O‘zbekistondagi kuch ishlatar tizimlardan birining xodimi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Bunyodkor” stadioni uchun mablag‘ning bir qismi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yuklangan. Qoidabuzarlik uchun yangi jarimalar bilan qurollangan xodimlar qoidabuzarlardan stadion uchun pul

Stadion qurilishi avtoishqibozlar hisobidan davom ettirilmoqda”

O‘zbekistondagi kuch ishlatar tizimlardan birining xodimi yig‘ishi lozim.

“Stadion qurilishi avtoishqibozlar hisobidan davom ettirilmoqda”, deydi u.

O‘zbekiston Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati bu ma’lumotni rad qildi.

“Bu mish-mish. Jarima yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash uchun oshirilgan”, dedi matbuot xizmati vakili.

27 aprelda O‘zbekistonda “O‘zbekiston ma’muriy kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi yangi qonun kuchga kirdi, deya davom etadi u. Unga qoidabuzarliklar uchun yangi jarimalar ham kiritilgan.

Demak, qizil svetofordan birinchi marta o‘tib ketishning jarimasi 100 ming so‘m, ikkinchi martaniki 250 ming so‘m, uchinchi marta bo‘lsa 750 ming so‘m.

Mashinani belgilanmagan joyda yuvish uchun yarim million so‘m, mast holda mashinani boshqarganlik uchun 1,5 million so‘m jarima solinadi yoki 1,5 yildan 3 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinadi.

15 iyuldan boshlab “Majburan olib yurilishi kerak bo‘lgan tibbiy uskuna va dori-darmonlar” to‘g‘risidagi yangi nizom kuchga kirdi. Bu dori-darmonlar va tibbiy uskunalar avtomobil aptechkasida bo‘lishi shart.

Bunga 17 turdagi dori-darmonlar kiradi. Ulardan birortasi yo‘q bo‘lsa, avtomobil egasiga eng kam ish haqining besh barobari miqdorida jarima solinadi (1 avgustdan boshlab eng kam ish haqi 57200 so‘m).

Zeromax GmbHdan keyin

“Bunyodkor” stadionining qurilishi ishonchli manbalar, shuningdek AQShning O‘zbekistondagi elchixonasiga ko‘ra egasi O‘zbekiston prezidentining katta qizi Gulnora Karimova bo‘lgan Zeromax GmbH kompaniyasining katta loyihasi bo‘lishi kerak edi.

Ammo 2010 yil may oyida kompaniya bankrot deb tan olindi. Uning millionlab dollar miqdorida qarz bo‘lib qolishiga boshqa bir loyiha – Toshkentdagi “Forumlar saroyi”ning qurilishi ham sabab bo‘ldi.

“Bunyodkor” stadioni va “Forumlar saroyi” qurilishida ishtirok etgan bir necha nemis kompaniyalarining ma’lumotlariga ko‘ra, Zeromax GmbHning faqatgina ulardan qarzi 130 million evroni tashkil qiladi.

Nemislar bu pulni kimdan so‘rashni bilmayapti. Shveytsariyada ro‘yxatga olingan Zeromax GmbH kompaniyasi O‘zbekiston hukumati bilan qandaydir aloqasi borligini inkor qilmoqda.

Stadion qurilishi kerak

Zeromax GmbH atrofida bo‘layotgan voqealarga qaramasdan O‘zbekistonga stadion zarur. FIFA qaroriga binoan bu erda 2012 yilda o‘smir ayollar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. “Bunyodkor” stadioni bu musobaqaning asosiy arenasi bo‘lishi lozim.

Aynan shuning uchun bugungi kunda o‘zbek amaldorlariga xalqaro yuqori standartlarga mos keladigan stadion qurilishini tezlashtirish vazifasi yuklangan.

Loyiha mualliflariga ko‘ra, stadionning umumiy maydoni 18 gektarni tashkil qiladi va u 35 ming tomoshabinni o‘z bag‘riga oladi. Stadion hududida 7 ta futbol maydoni qurilib, ularning bittasi asosiy, qolganlari esa mashg‘ulot o‘tkazuvchi futbol maydonlari bo‘ladi.

Stadion loyihasi mualliflari tomdan voz kechishdi va stadion ochiq holatda bo‘ladi.

Buning uchun O‘zbekistonda pul yo‘q. Zeromax GmbH buyurtmasi bilan Germaniyada qilingan tom ishlab chiqaruvchilarning o‘zida qoldi.

 

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=2&nid=17585

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: