O‘zbekiston Xalq Xarakatining bildirishi – uzxalqharakati.com


Aug 2nd, 2011

So‘nggi paytlarda internet tarmoqlarida Andijon voqealarida jabr ko‘rganlar haqida bir qancha sahifalar paydo bo‘ldi. Bu sahifalarda Andijon voqealari – terroristik xarakat, norozilik mitingi ishtirokchilari esa – “Akromiy” diniy-ekstremistik oqimi a’zolari deb talqin qilingan.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Xalq Xarakati ma’lum qiladi:

Internet tarmoqlarida paydo bo‘lgan bu sahifalar, majhul “Akromiy” diniy-ekstremistik oqimi a’zolariga emas, balki “O‘zbekiston xalq xarakati”ga qarshi qaratilgan axborot xurujidir.

O‘zbek maxsus xizmatlarining bu xurujlari biz tarafdan kutilgan voqea edi. Demak, yangidan uyushgan o‘zbek muxolifatining tajovuzkor rejimga qarshi boshlangan kurashining ilk bosqichi rejalashtirilgan xadafga etib bordi va navbatdagi qadamimiz yanada shaxdam bo‘lajak.

O‘zbek maxsus xizmati “klassik” uslubda ish olib bormoqda. Muxolifatni turli tuhmat va bo‘htonlar bilan ayblab, xalq oldida qadrini tushirish uchun dezinformatsiyani old planga chikarmokda. Ammo ular zamon va inson o‘zgarganini, O‘zbekiston aholisining aksariyati davlat axborot vositalariga ishonchini yo‘qotganini unutmokdalar. Gazeta va televidenie orqali berilayotgan ma’lumotlar aholi uchun nafaqat zerikarli komediyaga, balki nafrat uyg‘otuvchi vositaga aylanib bo‘lgan.

Lekin rejim malaylarining buni anglashlariga aqllari torlik qilayapti.

Andijon voqealari ishtirokchilariga kelsak, ular diniy ekstremistlar emas, balki andijonlik Akramjon Yo‘ldoshev etakchiligidagi bir fuqaroviy xarakat a’zolaridir. Bu insonlarning faoliyati xalqqa xizmat qilishdan boshqa narsa bo‘lmagan.

O‘zbekistondagi diktatura rejimining so‘nggi xarakatlari uning jon talvasasida ekanligini, bizning esa to‘g‘ri yo‘lda ekanligimizni ko‘rsatmokda.

Bitsin diktatura! Yashasin hur va ozod O‘zbekiston!

 

O‘zbekiston Xalq Xarakati

 

http://uzxalqharakati.com/?p=1397

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: