Shinjonda yuz bergan zo‘ravonliklarda kamida 15 kishi o‘ldirilgan – bbc uzbek


31 iyul 2011

Shinjon

Xalqaro kuzatuvchilarga ko‘ra, ikki yil oldin Urumchida yuz bergan zo‘ravonliklardan beri Xitoy uyg‘urlarni ta’qib qilishni kuchaytirgan

Xitoy matbuotiga ko‘ra, Shinjon mintaqasida ikki hafta asnosida kuzatilgan ikkinchi zo‘ravonlikda 15 inson hayotdan ko‘z yumgan.

Qashg‘ar shahrida ikki portlash yuz bergani, so‘nggi ikki kishi og‘ir yuk avtomobili haydovchisini o‘ldirib, piyodalar ustiga haydagani va keyin odamlarni pichoqlab o‘ldirgani haqida Xitoy davlat matbuoti xabar bergan.

“Bu qotilliklar sababi noma’lum”, deb yozgan Xitoy matbuoti.

Politsiyaga ko‘ra, yakshanba kuni yana uch kishi nobud bo‘lgan va politsiya to‘rt gumondorni otib o‘ldirgan.

Yana bir necha kishi qidirilayotgani aytilgan.

2 hafta oldin Xo‘tondagi zo‘ravonliklarda 20 ga yaqin inson halok bo‘lgandi, biz Qashg‘ardagi so‘nggi zo‘ravonliklar nimadan boshlangani haqida Britaniyadagi Uyg‘urlar birlashmasi rahbari Anvar To‘xtadan so‘radik:

Hujumlarga kim mas’ul?

Bi-bi-si muxbiri Viv Marshning xabar qilishicha, shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi Qoshg‘arda yuz bergan hodisa tafsilotlari hali to‘la oydinlashgani yo‘q.

Yakshanba tushdan so‘ng, shahardagi piyodalar yo‘lagida portlash yuz bergani borasidagi xabarlar ortidan vaziyat yanada murakkablashgan.

Norasmiy xabarlarda shanba kungi ikki hujumchi etnik uyg‘urlar ekani aytiladi.

Hujum ortidan shaharda komendantlik soati joriy etilgan. Ammo, Bi-bi-siga gapirgan mintaqa rasmiylari buni tasdiqlashmagan.

Hodisa Shinjon mintaqasida joylashgan yana bir shahar bu erga bosing Xo‘tandagi zo‘ravonlikdan ikki hafta o‘tib kuzatilmoqda. O‘shanda 20ga yaqin inson o‘ldirilgani xabar qilingandi. Rasmiylar zo‘ravonliklarni terrorchilik amali deya ta’riflashgandi.

Qoshg‘ar

Xitoyning qashshoq mintaqalaridan biridagi Qoshg‘ar shahri Pekindan 4 ming chaqirimcha uzoqda joylashgan. U erda asosan musulmonlar istiqomad qiladilar va uyg‘ur ayollari ro‘mol o‘rab, ayrim hollarda butunlay o‘ranib yuradilar.

Ikki yil oldin Shinjon mintaqasida uyg‘urlar va xitoy xanlari orasida yuz bergan qonli nizolarda ikki yuz nafarga yaqin inson nobud bo‘lgandi. Muxbirimizga ko‘ra, ushbu hodisalar ortidan Xitoy hukumati mintaqaga katta pul to‘kib, har qanday bo‘lginchilik kayfiyatlarini bostirishga urinadi.

Hukumat Qoshg‘arda ishlab chiqarishni rivojlantirishga umid qiladi. Ammo, ko‘plab uyg‘urlar o‘zlarini Pekinning qattiqqo‘l boshqaruvi ostida his qiladilar.

Ular Shinjon zahiralaridagi boyliklarning aksari xitoy xanlari cho‘ntagini qappaytirishidan xavotir bildirishadi.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/world/2011/07/110731_cy_xinjiang_violence.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: