Toshkent AQSh sarmoyadorlarini mamlakatga taklif qildi – ozodlik.org


Toshkent rasmiylariga ko‘ra, mamlakat iqtisodi yildan-yilga rivojlanmoqda.

28.07.2011

27 iyul kuni Energetik forum doirasida AQSh poytaxtida O‘zbekistonning iqtisodiy va sarmoya potentsialiga oid prezentatsiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining “Jahon” agentligi.

Mazkur yig‘inda AQSh dagi shirkatlar, shuningdek Davlat departamenti va AQSh Energetika vazirligi namoyandalari ishtirok etgan.

O‘zbekiston rasmiy agentligining yozishicha, yig‘inda jahon moliviy inqirozi va mintaqaviy muammolarga qaramay, O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmining keyingi etti yil davomida muttasil 7-8 foizga oshib borayotgani qayd etilgan.

Toshkent rasmiylari Vashington tadbiri ishtirokchilariga, O‘zbekistonda biznes yuritish uchun yaratilgan qulayliklar haqida gapira turib, ayniqsa Navoiyda barpo etilgan erkin iqtisodiy hudud imtiyozlarini alohida ta’kidlaganlar.

O‘zbekiston rasmiylari Amerika tadbirkorlariga mamlakatdagi biznes va sarmoya imkonlari haqida prezentatsiya o‘tkazgan ayni kunlarda, bir qator Germaniya shirkatlari, hamda Britaniyaning Oxus Gold shirkati O‘zbekiston hukumati o‘z kapitalini noqonuniy ravishda o‘zlashtirishda ayblab, xalqaro arbitraj sudiga ariza bergan.

 

http://www.ozodlik.org/archive/News/20110728/402/850.html?id=24279037

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: