DAVR o‘z kuchini ko‘rsatadi – uzxalqharakati.com


Jul 27th, 2011

Islomiddin Dolimov

O‘zbekiston 1990-91 yillari  sobiq sovet hukumatidan ajralib (to‘g‘rirog‘i, qayta qurish deb SSSR o‘z oyog‘iga o‘zi bolta urganida), ilk bor mustaqillik e’lon qildi.  Bu ‑ O‘zbek millati uchun hali qorong‘u bo‘lgan bir manzara edi. Qafasdan qutilgan qush uchishni bilmagani kabi, millat aniq yo‘lini belgilay olmagan bir davrda Karimov ushbu qafasdan chiqdi‑da, qolganlarga uning ichini afzal ko‘rsatdi.  Mana yigirma yildirki, o‘ttiz million O‘zbekiston xalqini shu qafasning ichida saqlab kelmokda. Karimov siyosatiga rozi bo‘lmaganlarni esa qamamoqda saqlash hamda mamlakatdan quvib chiqarish siyosatini qo‘llamoqda.  Yigirma yil oz muddat emas, ba’zida inson bir kunning ichida ulkan ishlarni amalga oshira oladi.

“O‘XH”ning asosiy maqsadi mamlakatda yangicha demakratiya qurish emas, balki uning bor shaklini, yani demakratik standartlarni hayotga qaytarish va uni ta’minlash, xalkimiz ongiga erkinlik, o‘zini  hukukiy himoya qila olish tushunchalarini singdirishdir, hamda O‘zbekistonda qonunlarni amalda ishlashini ta’minlashdan iboratdir. Shuni O‘zbekiston Xalk Harakatiga qo‘shuluvchilar va o‘z takliflari bilan murojaat qilayotgan xalq vakillari tushunib olishlari maqsadga muvofiq bo‘lardi.  O‘XH bugun, ertanigina emas, balki kelajak avlodlarimiz zulm‑zo‘rovonlik o‘g‘itlari bilan ozuqalanib, xalq kelajagi uchun xavfli odamlar bo‘lib qolishining oldini olishdek maqsadlarni ham o‘z oldiga qo‘ygan.

O‘XH atrofiga jismoniy, yuridik shaxslarning yig‘ilishi, avvaldan prezident diktaturasiga muxolif bo‘lgan (jamoa, tashkilot, partiyalar)ning jamlanishi, tobora odamlarning qiziqishlarini kuchaytirib bormoqda. Bu jamlanishliklar esa albatta diktaturaga qarshi munosib kuch bo‘layotgani va shu kunlarda O‘zbekiston hukumati ham yurt ichida O‘XHga nisbatan fitna‑bo‘htonlarni tarqatishlarini ko‘rib, demak O‘XH o‘z pozitsiyasini to‘g‘ri belgilaganligidan quvonamiz. Lekin har xil veb sahifalarda O‘XHga islomiylashib borishlik sifatini berayotgan ayrim inson huquqi faollari, siyosiy mutaxassislarning maqolalarini o‘qib  hayron ham qolaman. O‘XH vakili bo‘lganligim uchun, bu narsa meni  befarq chetlab o‘tib ketishimga yo‘l bermayapti.  Aziz do‘stlar, muhojirlikdan oldin, vatandaligimizda davlat organlari bizni faoliyatlarimizdan doim to‘xtatishga urinishgan edi. O‘sha paytda ojiz edik. Bir kuch topib noinsof davlat yugurdaklarini jinoiy javobgarchilikka tortish kerakligini orzu qilardik. O‘ylamay‑netmay, tariximizga nazar tashlamay, shoshib xulosa yozayotgan arboblarga: «Tortishish kayfiyatidagi bunday yozishlar o‘zimizni kuchsizlantirishligini hisobga oling!» ‑ deb aytgan bo‘lardim. «Bitta nodon savol bersa, mingta dono javob berolmaydi!» degan xalk maqoli bor!

Ana shunday siyosatchilar berayotgan shubhali savollar: «Bu odamda ham xalq kelajagi uchun kuyunishlik hissi bormikin?» ‑ deyishimizga sabab bo‘lmoqda. Bunaqangi odamlar o‘zlarida xalq g‘amini eyish shijoatini topsalar yaxshi bo‘lardi.

Shu o‘rinda bir narsani eslatib o‘tishni o‘zimga ma’qul deb bildim. SSSR o‘z davrida haybatli bo‘lib, unga er yuzida hech qanday kuch to‘g‘anoq bo‘lolmaydi deb qaralardi va unga teng keladigan biron-bir davlat yo‘qligini barcha bilardi. M.S Gorbachev Sobiq Sovet Hukumatiga kelishi, davrning o‘zgarganining belgisi edi.  SSSRni parchalagan kuch Gorbachev emas, balki DAVR kuchidir. Hozirga kelib M.S Gorbachevni  Dunyo siyosatida tub burilish qurilishiga sabab, deb hurmat qilishadi.  Lekin Rossiyaning o‘zida bu insonni ma’qullamayotganlar juda ko‘p. Bu misolni men nimaga keltiryapman? Bugungi kunda O‘zbekiston Xalk Harakatining shitob bilan rivojlanayotganining asosiy mohiyati ham DAVR o‘zgarishiga hamohangdir! O‘XH nomi bilan emas, balki boshqa nom bilan tashkil topganda ham, rivojlanish bundan kam bo‘lmasdi. Davr o‘zgarganini “Sotsializm”, ”Kapitalizm”, “Imperializm”  va hokazo so‘zlarining joy almashayotganidan ham sezsa bo‘ladi.

Bunga esa shu kunlarda arab o‘lkalarida bo‘layotgan o‘zgarishlar yaqqol misol bo‘lmoqda. Xalqning adolatsizliklarga sabr kosasi to‘lib, zulmga qarshi yurishi oqibatida necha yillardan beri qudratli bo‘lib kelayotgan rejimlar qulab bormoqda. Bu esa Diktatorlar davri nihoyasiga etganidan darak bermoqda.

Bundan qo‘rinib turibdiki, DAVR o‘z kuchini ko‘rsatdi. Har doim Davr o‘z vaqtida o‘z vazifasini adolatli ado etgan! Bu nohaqliklarning har biriga adolatli echim mavjud!

O‘zbekiston Xalk Harakati hozirnigina emas, kelajakni ham o‘ylagan holda o‘zining mustahkam poydevorini qurmoqda!

 

O‘XH Amerika bo‘limii raisi  Islomiddin Dolimov.

 

http://uzxalqharakati.com/?p=1370

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: