Toshkentda vaqtinchalik propiska qayta yo‘lga qo‘yildi – ozodlik.org


Kazakhstan/Uzbekistan – Refugees. Migrant. Migration. Extradition. Tortures. Uzbek passport. Almaty, 13Dec2010.

26.07.2011

Sadriddin Ashur

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi 25 iyuldan Toshkent shahriga boshqa viloyatlardan kelgan fuqarolarni vaqtinchalik ro‘yxatga olishga qaytadan ruxsat berildi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi Uchtepa tuman bo‘limining o‘zini tanishtirmagan mulozimi haqiqatan vaqtinchalik propiska qayta ochilganini tasdiqladi:

– 25 iyuldan boshlab propiska vremenniy ochildi, vremenniy.

Ozodlik: Kimlar vaqtinchalik propiskaga qo‘yilishi mumkin?

– Hammaga. O‘zbekiston respublikasi hududida yashovchi fuqarolarga, viloyatdan kelganlarga.

Ozodlik: Viloyatdan kelganlar vaqtinchalik propiskaga qo‘yish uchun kimningdir uyiga qo‘yishi kerakku, unga qanday hujjatlar kerak?

– Uyning hujjatlari, kimning uyiga qo‘yaëtgan bo‘lsa, o‘sha uy egasining roziligi, pasporti, pasport kopiyasi, agar uyini ijaraga beradigan bo‘lsa, notariusning tasdig‘i.

Ozodlik: Qancha vaqt vaqtincha propiskada turgandan keyin doimiyga o‘tish mumkin?

– Doimiyga komissiya ochilganda o‘shanda hujjatlarni topshirasiz,- dedi Xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish Uchtepa tumani bo‘limi mulozimi.

Xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish Yakkasaroy tuman bo‘limining o‘zini tanishtirmagan mulozimiga ko‘ra,  vaqtinchalik propiska 15 kundan 6 oy muddatgacha qo‘yiladi va kerakli hujjatlarni taqdim etilishi sharti bilan har olti oyda yana uzaytirilib borilaveradi:

– Kerakli hujjatlar deganimda, ish joyidan spravka bo‘lsa yoki xodataystvo bo‘lsa yaxshi bo‘lardi. Aslida bu ham shart emas, lekin hech qaerda ishlamaydigan odamlarga ham paqillatib propiska bosib beraversak, ertaga buni ham javobi bo‘lib qolishi mumkinda. Shunga hammasi qoidaviy bo‘lgani yaxshi,- dedi Xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish Yakkasaroy tumani bo‘limi mulozimi.

14 iyul kuni O‘zbekiston Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga o‘tishga haqli shaxslar kategoriyasini belgilovchi qonun loyihasini qabul qilgan edi.

2011 yilning yanvar oyidan O‘zbekiston fuqarolarining Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiskaga olinishi to‘xtatilgan edi.

2010 yilning avgust oyida O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi Toshkent viloyatiga rasmiy qaydga turmoqchi bo‘lgan mamlakatning boshqa viloyatlaridan bo‘lgan fuqarolar maxsus komissiya ruxsati bilan propiska qilinishi haqida qaror qabul qilgan edi.

Toshkentda 1999 yilning 16 fevralida sodir etilgan portlashlargacha viloyatlarda yashaydigan fuqarolar agar Toshkent shahridan uy-joy sotib olsa, avtomatik tarzda shaharga propiska qilinardi. Bu voqeadan so‘ng, shaharga doimiy propiska qilish uchun Toshkent shahri hokimligi qoshida tashkil etilgan komissiyaning ruxsati talab qilinadigan bo‘ldi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24277156.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: