Tokio o‘zbek yoshlariga 2,6 mln. dollarlik ta’lim granti ajratdi – ozodlik.org


O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Abdulla Oripov hamda Yaponiyaning Toshkentdagi elchisi Yosixisa Kuroda hujjatni imzolash marosimida.

26.07.2011

Tokio o‘zbekistonlik yoshlarning Yaponiyadagi Oliy o‘quv yurtlari magistrlik bosqichida ta’lim olishi uchun 2 million 600 ming dollarlik beg‘araz yordam puli ajratdi.

25 iyul kuni Toshkentda uchrashgan O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Abdulla Oripov hamda Yaponiyaning Toshkentdagi elchisi Yosixisa Kuroda imzolangan hujjat asosida yana 15 o‘zbekistonlik ilm tolibi Yaponiyaga yo‘l olishi mumkin.

Yaponiyaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha agentligi — JICAning Toshkentdagi vakolatxonasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, bu 15 kishi faqatgina davlat tashkilotlarida ishlayotgan xodimlardan iborat bo‘ladi.

– Hukumatlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga binoan bu grant sovrindorlari O‘zbekiston hukumati tashkilotlari tomonidan o‘z xodimlariga berilgan yo‘llanma asosida tanlanadi. Bu yil hujjat o‘n ikkinchi bor imzolandi va kelgusida dasturning davom etishi rejalashtirilgan, – dedi JICAning Toshkentdagi vakolatxonasi xodimi Hilola Shoazizova.

Bu dastur asosida Yaponiyaga borgan talabalar siyosat, iqtisod, moliya, qishloq xo‘jaligi va qonunchilik kabi sohalar bo‘yicha magistrlik bosqichida ta’lim olish bilan birga yapon tajribasini o‘rganib, o‘z malakasini ham oshirib qaytadilar.

 

http://www.ozodlik.org/archive/News/20110726/402/850.html?id=24277176

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: