Rus shoxlarining boshidagi shahodatlar – e-tarix.uz


Eron bosh konsuli Said G‘ulomrez Mayg‘uniy Ashtarxon (Astraxan) shahridagi jangovar shon-sharaf muzeyiga qo‘yilgan podshoh Ivan Groznıyning dubulg‘asiga yozilgan bitikni o‘qib berdi. Diplomatning ta’kidlashicha, shohona dubulg‘aning tasmasiga kamyob arab lahjalarining birida “Alloh Muhammad”, deb yozilgan. Bu ikki so‘z hammaga ma’lum “Alloh yagona va Muhammad Uning quli” shahodat kalimasining qisqartirilgani bo‘lishi mumkin.

Ashtarxon shahri Ivan IV-ning qattiqqo‘l siyosati ortidan Rossiya davlatining tarkibiga 450 yil oldin qo‘shilgan edi. Mazkur olamshumul tarixiy ashyo Rossiyaga aynan shu sanaga bag‘ishlangan marosim uchun Stokgolm qurol-aslaha palatasidan maxsus keltirilgan edi. Oldinroq dubulg‘a Moskva Kremlining qurol-aslaha palatasida ko‘rgazmaga qo‘yilar edi.

Dubulg‘aning Stokgolm qurol-aslaha palatasiga qanday borib qolgani haqida bir qator taxminlar mavjud. Shularning biriga ko‘ra, dubulg‘a Moskvani chulg‘ab olgan “fitnali 1611-1612-yillar” paytida qo‘lga kiritilgan boshqa xazina mollari kabi qirol Sigizmund qarorgohi Varshavaga jo‘natilgan. Keyinroq, ya’ni 1655-yili, polyaklarni mag‘lub qilgan shvedlar uni o‘z o‘ljasi qatori Varshavadan Shvetsiyaga olib chiqib ketgan bo‘lishlari mumkin. Dubulg‘a Stokgolm shohona qurol-aslaha palatasi ashyosi qatori birinchi marta 1663-yili ro‘yxatga kiritilgan.

Shoh Mixail Fyodorovich dubulg‘asi

“… Dubulg‘a 1621-yili usta Nikita Davidov tomonidan tayyorlangan. Davidov qurol-aslaha palatasi tarixida eng mohir ustalardan biri bo‘lib, u palatada qariyb 40 ishlagan va XVII asrning 60-yillarida vafot etgan. U mazkur dubulg‘ani maxsus Mixail Fyodorovich uchun turli marosimlarda kiyiladigan bosh kiyimi sifatida yasagan. Biz ushbu dubulg‘aning tarixini diqqat bilan o‘rganganimizda uning ustiga xoch o‘rnatilganini ko‘rdik. Boshqacha qilib aytganda, bu oddiy bir dubulg‘a emas, balki rus qirollarining jangovar tojidir…

… Shox Aleksey Mixaylovich esa otasining dubulg‘asini kiyar edi va uning o‘zi uchun dubulg‘a yasalmagan edi. Darvoqe, bu dubulg‘a shunchalar chiroyli va xushbichimki, hatto XIX asrda u avval Aleksandr Nevskiyga tegishli bo‘lganligi haqida afsonalar ham tug‘ilgan. Mazkur dubulg‘a Rossiyaning XIX asr o‘rtalarida kiritilgan rasmiy gerbining tarkibiga qo‘shilgan. Agar Aleksandr Nevskiy nomli nishonga (orden) razm solinsa, rasmda rus qiroli va avliyosining boshiga aynan shu dubulg‘a kiyilgani ko‘riladi.

Dubulg‘aga Qur’onning 61-surasidagi 13-oyatning bir qismi yozilgan: “Allohdan yordam va yaqin zafar. Va mo‘minlarga bashorat ber”.

Fyodor Ivanovich Mstislavskiy (XVI asr — 1622-yil) — Mstislav sulolasining oxirgi Gediminovich podshohi, duma aristokratiyasining boshliqlaridan biri, boyarin (1576), qo‘mondon Ivan Fyodorovich Mstislavskiyning o‘g‘li.

Qirol Fyodor Ivanovich Mstislavskiyning arab yozuvi tushirilgan dubulg‘asi:

http://e-tarix.uz/maqolalar/495-maqola.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: