O‘zbekiston o‘zining ilk tez yurar poezdlariga ega bo‘ldi – bbc uzbek


26 iyul 2011

TALGO-250

Tez yurar poezdlarni ishlab chiqarish dunyoda tez sur’atlarda rivojlanayotgan sanoatlardan hisoblanadi.

Ushbu sanoat mahsulotlari endilikda tabiiy zahiralarga boy Markaziy Osiyo bozoriga ham etib bordi.

Shu hafta O‘zbekiston o‘zining tez yurar poezdiga ega bo‘ldi.

Poytaxt Toshkent va Samarqand shaharlari o‘rtasida qatnovchi ushbu tezyurar poezd Ispaniyaning TALGO poezdsozlik zavodida ishlab chiqarilgan.

TALGO-250 rusumli poezdlar ikki lokomotivga ega va uzun tumshug‘i bilan boshqa poezdlardan ajralib turadi.

Tezyurar poezdning tezligi soatiga 250 kilometr va bag‘riga 257 yo‘lovchini sig‘dira oladi.

Hozirda Toshkent va Samarqand orasidagi yo‘l vaqti uch yarim soat bo‘lsa, tez yurar poezdlar ishga tushgach, ushbu vaqt bir yarim soatga qisqarishi mumkin.

Ammo poezdning qulayliklari arzonga tushmaydi. TALGO va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida imzolangan oldi-sotdi bitimiga muvofiq, ikki yangi poezd va ularning ehtiyot qismlari qiymati 40 million evroga baholangan.

Bunga qo‘shimcha O‘zbekiston Temir Yo‘llari davlat shirkati temir yo‘llarni zamonaviylashtirishi, jumladan temir yo‘lni elektrlashtirishi, yo‘l xavfsizligini kuchaytirishi va poezd yo‘li bo‘yiga Toshkentdan Samarqandga qadar simto‘rlar o‘rnatishi kerak bo‘ladi.

O‘zbekistonlik temir yo‘lchilar va texnik xodimlar Ispaniyada TALGO zavodida malaka oshirganlar.

Tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik bitimi 2009 yil oxirida imzolangan edi.

TALGO sobiq Sovet respublikalari uchun yaxshi hamkor hisoblanadi.

O‘tgan oy shirkat Moskva-Berlin, Moskva-Kiev yo‘nalishlarida qatnaydigan poezdlarni qurish uchun qiymati 100 milliondan evrodan ko‘proq bo‘lgan bitimlarni imzoladi.

TALGO shuningdek kelgusi yillar ichida Qozog‘istondagi barcha yo‘lovchi poezdlar o‘rnini oladigan zamonaviy poezdlar qurish va yangi temir yo‘l zavodini barpo etish bo‘yicha qozoq hukumati bilan ham hamkorlik shartnomasini imzolagan.

TALGO 70 yildan ko‘proq vaqt davomida turli rusumdagi poezdlar ishlab chiqaradi.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/07/110726_cy_uzbek_talgo_railway.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: