Nemis Yashillari O‘zbekistonga nisbatan boshqa munosabatni istashmoqda – uznews.net


26.07.11

Jurnalist Solijon Abduraxmanov ozodligi uchun nemis Bundestagi oldidagi aktsiyalar; UPFG (c)

Yashillar partiyasi Bundestagga GFRning O‘zbekistonga nisbatan munosabatini qayta ko‘rib chiqish taklifini jo‘natdi, ularning fikriga ko‘ra bu munosabat ayni mamlakatga oid inson huquqlari holati bilan bog‘liq bo‘lishi kerak.

Germaniyaning muxolifatdagi Yashillar partiyasi nemis palamentida “o‘zbek masalasi”ni qayta ko‘rib chiqilishiga va O‘zbekistonga nisbatan yangi siyosatga ovoz berilishiga erishishmoqchi.

Yashillar partiyasining bir guruh deputatlari o‘z takliflarini yo‘llashdi, bu taklif hozirda tashqi aloqalar qo‘mitasi tomonidan o‘rganilmoqda va yozgi ta’tildan so‘ng parlamentda ovozga qo‘yilishi mumkin.

Germaniya Federal Respublikasi O‘zbekistondagi inson huquqlari holatiga sukut saqlashi mumkin emas, deyiladi Yashillar hujjatida, Evroittifoq tomonidan mamlakat bilan ikki tomonlama aloqalar orqali vaziyatni yaxshilash talab qilingan.

Inson huquqlari vaziyati

“Prezident Islom Karimov rejimi inson huquqlarini muttasil buzishda davom etmoqda”, – deya bildirishmoqda Yashillar.

O‘zbekiston hukumati nohukumat tashkilotlarini quvg‘in qilmoqda, ularning so‘nggisi Human Rights Watch huquq himoya tashkilotining mamlakatdan quvilishi bo‘ldi, deyiladi Bundestagga yo‘llangan hujjatda.

Toshkent mamlakatdagi inson huquqlarini yaxshilash yuzasidan Evroittifoq talablarini bajarmayapti, bu talablar Andijonda 2005 yilgi 13 may qirg‘ini yuzasidan kiritilgan sanktsiyalarni 2009 yili tashlash sharti bilan kiritilgan edi.

13 jurnalist va faollar o‘z kasbiy faoliyatlari uchun turmalarda azob chekishmoqda, O‘zbekistonning vaqtinchalik hibsxonalari va turmalarida qiynoq va zo‘rovonlik amaliyotlari davom etmoqda.

O‘zbekistonning jazoni o‘tash joylaridagi sanitariya xolati, hatto minimal talablarga ham javob bermaydi, deya yozishadi Yashillar. Mahkumlar VICh xastaligini yuqtirishmoqda, ayni paytda xukumat OITSga qarshi faollarni ham ta’qib qilmoqda.

So‘zda emas amalda o‘zgarishlar qilish lozim

GFR hukumati, Yashillar fikricha, vaziyatga e’tibor qaratishi lozim, biroq “kosmetik progress” bilan qoniqmasligi, balki real o‘zgarishlarga erishishi lozim.

Siyosiy mahkumlarning ozod etilishi – Germaniyaning asosiy talablaridan biri bo‘lishi kerak, deya hisoblamoqda Yashillar.

Ular orasida: jurnalist Solijon Abduraxmanov, huquq himoyachisi A’zam Farmonov, Nozima Ishoqova, G‘aybullo Jalilov, Abdurasul Xudoynazarov, G‘anijon Mamatqulov, Xabibullo Oqpo‘latov, Maksim Popov, Yo‘ldosh Rasulov, Dilmurod Sayid va A’zam Turg‘unovlar bor.

Yashillar shuningdek, Germaniya Andijon qirg‘inini EI va EXHT orqali surishtirilishiga erishilishini, o‘zbek turmalaridagi holatning yaxshilanishi, qiynoqlarning to‘xtatilishini talab qilishmoqda.

Yashillar tomonidan Huquq himoyachilari va O‘zbekiston fuqarolik jamiyati faollariga konkret yordam tariqasida, ularga Germaniyadan boshpana berish uchun jamg‘arma tuzish taklif etilgan.

O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida, o‘zbek faollarini qo‘llab quvvatlashga ixtisoslashgan maxsus diplomat ish olib borishi lozim.

Yashillar shuningdek o‘zbekistonlik yoshlarni Germaniyada o‘qitilishi uchun byudjet ajratilishi, biroq talabalar tanlovi jamiyatning barcha qatlamlari bo‘yicha amalga oshirilishi lozimligini ta’kidlashmoqda.

Yashillar partiyasining takliflari tashqi aloqalar qo‘mitasi tomonidan ma’qullangach Germaniya Bundestagida ovozga qo‘yilishi mumkin.

 

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=31&nid=17521

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: