Mushuk va it vatan tanlaganida… – ozodlik.org


cat in Istanbul

25.07.2011

Basira

Mushukvoy va it vatan tanlaganida Istanbulda tug‘ilishni orzu qilgan bo‘lar edi.

Istanbulni eslasam ko‘chada yurgan mushuk va itlar ko‘z oldimga keladi. Har kim o‘zicha qaysidir shaharni, davlatni eslab qoladi. Meni hayratlantirgani aynan ko‘chadagi hayvonlarga istanbulliklarning mehribonligi edi.

Sayyohlar bilan gavjum Istanbul ahli mushuk va itlarni ko‘chada ko‘rsa urmaydi, o‘ldirmaydi, qamab ham qo‘ymaydi. Ular Istanbul fuqarolaridek erkin, xotirjam.

Istanbul mushuklarining suratlarini sizning e’tiboringizga havola etaman:

Istiqlol mushugi

Istanbul mushuklarini eski shaharda ko‘p uchratasiz. Aynan sayyohlar gavjum bo‘lgan Istiklal ko‘chasida mana bu oq-qora mushukvoy ham emish kutib o‘tirgan edi.

Mashina ishqibozlari

Istanbullik mushuklar avtomashinalar ustida oftobda toblanib yotishni xush ko‘radi.

Kafe mushugi

Istanbul kafelarida buyurtma olishlarini kutib o‘tirgan mushuklar ham ko‘p uchraydi.

Istanbulliklar mushuklariga mehribon

Mening mushukcham

Daydivoylarni maxsus mushuklar emagi bilan siylaydiganlar ancha.

“Meni ham mexmon qiling”

Agar juda ham och qolib ketsa, mushukvoy sizdan yalinib so‘rashi ham mumkin.

“Meni olib keting”

“Men Istanbul tumoriman”

Zoodo‘konda daydi mushuklar yangi egalarini kutishadi.

“Namuncha sayyohlar ko‘p”

Galata minorasi atrofida sayyohlar orasida mushukvoy kezib yuribdi

“Birov xafa qilsa menga ayting, xonim”

Istanbulda politsiyada xizmatni orzu qilgan mushuklar ham bor.

“Telefon olib berasizmi, opa?”

Mobil telefon do‘koniga klib turadiganlari ham bor.

“Men dalmatin mushugiman”

“Biz tomonga bir qarab qo‘y”

“Biz maxfiy kuzatuv olib borayapmiz”

“Istanbulda yashashdan juda baxtliman”

“Men qoramanmi?”

“Poyafzalingizni ta’mirlash mening ham qo‘limdan keladi”

“Men bozorda shim sotaman”

“Aylanayin, o‘rgilayin, opoqini mehmon qilgin”

“Yaqinda mushuklar avlodini yana ko‘paytiraman”

“It va mushuk tinch yashay oladi”

“Mushuklar jannati”

Yoshligimda mushuklarni xafa qilganlarga yoshi ulug‘lar “urma, mushukni payg‘ambarimiz silagan” deyishar edi. Balki O‘zbekiston mushuklari va itlari xozir Istanbulni orzu qilishayotgandir…

 

http://www.ozodlik.org/content/blog/24275681.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: