Kanadadan xabar – uzxalqharakati.com


Jul 26th, 2011

“Andijon – Adolat va Tiklanish” tashkilotining vakili Mahmud Otaqo‘ziev va O‘XH Kanada bo‘limi tashkiliy ishlar bo‘yicha muovini Ahror Mamadiev Kanada parlamenti a’zozi janob Rigan Jeff (Geoffrey Paul Regan- Djeffri Pol Rigan) qabulida bo‘lishdi.

Uchrashuvda bir necha masalalar bo‘yicha suhbat bo‘ldi. Tazyiqlarga uchrab O‘zbekistondan qochib chiqqan va Kanadaga kelayotgan 5 ta oilaning yo‘ldagi qiyin sharoitlari, ularga yordam ko‘rsatish imkoniyatlari, ular hozirda qochoqlik maqomini olgan bo‘lib, ularning Kanadaga kelishini tezlashtirish masalasi gaplashildi. O‘zbekistondan qochib chiqish sababi 2005 yil 13 mayidagi Andijon qatli omiga bog‘liqligini eshitgach, zulm hozirgacha davom etayotganidan ajablandi. Fuqaro ham musulmon, prezident ham musulmon, nomi hatto Islom bo‘la turib bunchalikka borishi sabablari bilan qiziqdi. Avstraliya va Amerikaga ham shu holatda ketayotgan oilalar borligi aytilganida, tabiiy qabul qildi. Ayollar va bolalardan iborat qochoqlar oila boshliqlari homiyligida yo‘lga chiqishgan. Boquvchilari hijratda turib “sponsorship” (o‘z yonidan yordam; o‘zi homiylik qilib, oilasini olib chiqib kelish) arizalari yozganlar. “Open Window” qochoqlar oilaviy muammosini hal qilish proektiga binoan yordam ko‘rsatish masalasini o‘rtaga tashlashligini aytdi. O‘zbekistondagi Inson huquqlari masalasi haqida gap ketib, Human Rights Watch tashkilotiga qilingan munosabatga achinish bildirdi.

O‘zbekiston hukumatining fuqaro ustidan yurgizayotgan zolimona siyosati haqida etkazildi. Andijon fojiasiga bog‘liq davlat qotilliklari oshkor bo‘lmasligi uchun, mustaqil kuzatuvchilar kirgizilmayotgani, O‘zbekiston ichida qochib chiqa olmay qolib ketgan andijonliklar istalgan paytda terroristlikda ayblanib qolish xavfi kuchli ekanligi, muhojirlar oilalariga ta’qib va tazyiqlar mavjudligi, hibsda saqlanayotganlar joniga suiqasdlar uchrab turganligi, mahbuslarga muddat qo‘shib berish hollari borligi dalillar bilan ko‘rsatildi. Kanadadaligida vafot etgan muhojir  eslandi. U hijratda rak kasali bilan vafot etgan edi. Uning oila a’zolari Kanadadan  muhojirlar yuborayotgan moddiy yordamni olishga qo‘rqmoqda. Sababi, O‘zbekiston davlat organlari bankka borib kelayotgan yordam pulini olsa, qamalishi haqida ogohlantirib qo‘rqitishgan ekan.

Janob Rigan “Andijon – Adolat va Tiklanish” tashkiloti haqida uzoq suhbatlashdi. O‘zida tug‘ilgan ayrim savollarga oydinlik kiritdi. O‘zbekistondan Kanadaga ma’lumot keng va batafsil kelib turmasligini, xabarga nisbatan O‘zbekiston yopiq davlat ekanligini eslab o‘tdi. “Andijon – Adolat va Tiklanish” tashkiloti 2005 yil 13 maydagi Andijon qirg‘inidan keyin yurtini tashlab chiqib ketishga majbur bo‘lgan muhojirlar tomonidan tuzilgani haqida bilib oldi. U chuqur surishtirgan masala – andijonlik nohaq qamalgan 23 tadbirkor milliy yo diniy yoki qaysi bir manfaat ortidan birlashgan jinoyatchi guruh bo‘lmaganmi, davlat qonunlarini buzmaganmi, Andijonda qurolli kurashga chiqqanmi kabilar bo‘ldi. Batafsil javob olishi mumkin qilib:

“Andijon Adolat va Tiklanish” jamiyati  tomonidan tayyorlangan monitoring hisoboti, (Hisobotda O‘zbekiston hukumati tomonidan 2005 yil 13‑14 may kunlari o‘qqa tutilib, jinoyatkorona o‘ldirilgan insonlarning oila a’zolari, qarindoshlari bergan xabarlar hamda o‘sha kuni davlat tomonidan sodir etilgan boshqa jinoyatlar yorishtirilgan)

Monika Uitlok (Monica Whitlock) tomonidan yaratilgan Andijon qirg‘ini haqidagi filьm tasmasi,

30 ga yaqin O‘zbekiston IIB xodimlarining 72 yoshli onaxon uyiga bostirib kirishib, onaxon qo‘liga pichoq tutqazishib: “O‘zingni o‘ldir, kampir”, ‑ qabilida do‘q qilishgani va xonadondagi kelin va norasida‑go‘dak nabiralargacha do‘pposlab chiqib ketishgani haqidagi audio tasma, taqdim etildi.

O‘XH haqida batafsil ma’lumotlar etkazilganida, janob Rigan arab bahoridan ilhomlanish, deya baholadi. Unga Harakatni tuzganlar avval ham, hozir ham terrorist emasliklari, hozirda nozo‘rovon kurash yo‘li tanlangani, kelajakda huquqiy va fuqaroviy jamiyat qurilishi, O‘zbekistonda adolat yo‘lga qo‘yilishi aytilganida, maqsad samimiyligiga iliq munosabat bildirdi.

Suhbat qizg‘in va do‘stona o‘tdi. Kelajakda aloqalar yanada mustahkamlanadigan bo‘ldi.

 

“Andijon – Adolat va Tiklanish” tashkiloti ma’lumot tarqatish bo‘limi

 

http://uzxalqharakati.com/?p=1357

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: