BOYSUNDA IQTISODIY TANAZZUL HUKM SURMOQDAMI? – ERK


Surxondaryo viloyatining Boysun tumani 1926 yilning 26 oktyabr kuni tashkil topgan. Tuman statistikasining ma’lumotiga ko‘ra, aholi soni 95853 kishiga etgan, shundan 40 ming kishi 2 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lganlar. Tumanda o‘zbek, tojik, turk, rus va ukrain millatiga mansub insonlar yashaydi.

Boysun tumani iqtisodiy jihatdan viloyatda 14 o‘rinni egallaydi. Asosan: paxtachilik, g‘allachilik, chorvachilik, pillachilikka moslashtirilgan region hisoblanadi. Dehqonchilik qilinadigan erlarning 85 % lalmi va 15% suvg‘oriladigan erlardan tashkil topgan.

Tuman markazining eng katta muammolaridan biri bu – suv muammosidir. Aholi ichimlik suvini 15 -25 km masofadan tashib kelishadi. Qishloq aholisi esa qor va yomg‘ir suvlarini iste’mol qilib kun kechiradi.

Hozirgi kunda tumanda 300 ga yaqin fermer xo‘jaliklari tashkil etilgan. Kichik korxona va firmalar soni 250 taga etgan. Ilgaridan mavjud bo‘lgan 2 ta fabrika va 1 ta zavod bankrot deb e’lon qilingan. Ishlab turgan boshqa sanoat korxonalari yo‘q.

Ishsizlik muammosi tumanning asosiy muammosiga aylandi. Aholining 25 mingdan ortig‘i Rossiyaga, 5 mingtasi Koreyaga ishga ketgan. Aholi daromadining asosini Rossiya va Koreya davlatlaridan yuborilgan mablag‘lar tashkil etadi. Davlat byudjeti hisobiga kun ko‘radiganlar asosan pensionerlar, shifokorlar va o‘qutuvchilardan iboratdir.

Pensionerlarning soni 20 ming, shundan 5000 tasi birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, shifokorlar 3000 ta, o‘qituvchilar esa 2500 tadir.

Tumanda 3 ta kolledj, 54 ta maktab mavjud. Markaziy shifoxona va 12 ta vrachlik punktlari bor.

PANJI TANGRIEV 2009 yilning 9 yanvar kuni viloyat hokimi TUROBJON JO‘RAEV tavsiyasi bilan tuman xokimi lavozimiga saylangan, shungacha u Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Tumanda hokim lavozimi kiritilgandan keyingi davr ichida PANJI TANGRIEV uchinchi hokimdir, ungacha bu lavozimda TO‘RAQUL HAMROEV va ERKIN BOYNIYOZOV ishlab ketganlar. Ular tumanning iqtisodiy tanazzul tomon yuz tutishiga sababchi bo‘lganlar. Hozirgi hokim PANJI TANGRIEV esa, uning o‘z so‘zi bilan aytganda, “ulardan qolgan sarqit bilan kun ko‘rmoqda”. Hokimning bu so‘zi aholi o‘rtasida juda ommaviy bo‘lib ketgan. Uning ommalashib ketgan gaplaridan yana bir shingil: “Bizning tumanimizda sanoat ishlab chiqarish yo‘q. Hech kim bizga mablag‘ bermaydi. Xudoga shukur, tumanimiz fuqarolari Rossiya va Koreyada ishlab topganlarini yuborib turibdilar, o‘sha mablag‘lar evaziga aholi kun ko‘rmoqda. Tumanimiz aholisi bir ajoyib maqolga amal qilib yashaydi: “Bersang eyman, ursang o‘laman”. Rossiya bo‘lmaganda tumanimiz aholisi qanday kun ko‘rardi? O‘ylayman-ki, rossiyasiz yasholmaymiz”.

Surxondaryodan Akobir Isaev

2011-yil, iyul

 

http://uzbekistanerk.com/uzb/?p=2434

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: