Bishkekdagi o‘yin qattiq nazorat ostida o‘tadi – ozodlik.org


27 iyul kuni Bishkekka kelgan o‘zbek delegatsiyasi vakillari payshanba kuni o‘tkazilajak o‘yinda ham o‘z muxlislarini xursand qilishga harakat qilajaklari aytdilar.

27.07.2011

Sherzod

Bu haqda Qirg‘iziston va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi futbol o‘yinini uyushtirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar bildirdilar.

Futbol bo‘yicha 2014 yilgi jahon birinchiligining saralash o‘yinlari doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi 28 iyul kuni Qirg‘iziston guruhiga qarshi maydonga tushadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi katta murabbiysi Shuhrat Maqsudovga ko‘ra, 27 iyul kuni Bishkekka u boshchiligida bir necha o‘zbek futbolchisi kelgan:

– Biz bugun besh kishi bo‘lib keldik. Bu o‘yinda ishtirok etishi kerak bo‘lgan boshqa o‘yinchilar ertaga ertalab charter reysi bilan uchib kelishadi, – dedi Shuhrat Maqsudov 27 iyul kuni Bishkekda o‘yin oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi katta murabbiysi qirg‘iz va o‘zbek futbolchilari orasidagi o‘yin do‘stona kayfiyatda o‘tishiga umid qilishini aytar ekan, har ikkala jamoaga ertangi o‘yinda omad tiladi.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Akbar Ismatullaev 28 iyul kuni o‘tajak o‘yinda o‘zbek futbolchilari o‘z muxlislarini xursand qilishga harakat qilishlarini aytdi:

– Men ham trenerim gaplariga qo‘shilaman hamda ertangi o‘yindan chiroyli va muxlislarga yoquvchi o‘yin kutib qolaman, – dedi Akbar Ismatullaev.

Qirg‘iziston futbol federatsiyasi matbuot kotibi Qanat Asenovga ko‘ra, payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinni 2 ming nafar militsiya xodimi nazorat qiladi.

– O‘zbek delegatsiyasi qo‘riqchilar bilan kuzatib boriladi. O‘yin chog‘ida hech qanday noxush hodisa bo‘lishi kutilmayapti, – der ekan Qanat Asenov, garchi o‘yin homiysi “Jivoe” pivo ishlab chiqarish shirkati bo‘lsa-da, o‘yin chog‘ida ishqibozlarning alkogolli ichimliklar ichishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidladi.

28 iyul kuni Bishkekda o‘tajak futbol o‘yini chiptasi

Qirg‘iziston va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni ko‘p sonli militsiya xodimlari nazorat qilishini Bishkek shahar Ichki ishlar boshqarmasi katta inspektori Aygul Davletbaeva ham tasdiqladi. Biroq Davletbaeva keltirgan raqam Qanat Asenovnikidan kamtarroq – Ichki ishlar boshqarmasi mas’uli o‘yin chog‘ida tartibni 400 nafardan sal ko‘proq militsioner nazorat qilishini qayd etdi.

Inspektor Davletbaevaga ko‘ra, o‘yin boshlanishidan avval Do‘lo‘n O‘murzaqov nomidagi o‘yingohda kinologlar portlovchi moddalar bor-yo‘qligini tekshirib chiqishadi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 23 iyul kun 2014 yili Braziliyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati saralash o‘yinlari doirasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari Toshkentdagi  Paxtakor markaziy stadionida maydonga tushgandi.

O‘yin natijalariga ko‘ra, o‘shanda o‘zbekistonlik futbolchilar 4:0 hisobida g‘alaba qozonganlar.

To‘rt kun muqaddam O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tgan bu o‘yinda gollarni Aleksandr Geynrix, Marat Bikmaev, Server Jeparov va Ulug‘bek Baqoevlar kiritgan.

Shu paytgacha O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari besh marotaba kuch sinashishgan va bu o‘yinlarning barchasida O‘zbekiston terma jamoasining qo‘li baland kelgan.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston futbol milliy jamoalari o‘rtasidagi navbatdagi uchrashuv 28 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 17.00 da Bishkekda bo‘lib o‘tadi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24278506.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: