Andijonni sog‘indim


Muhayyo bunda borliq, lek, tug‘ilgan uyni sog‘indim,

Suvi qochgan non bilan bir piyola choyni sog‘indim.

 

Bahor yomg‘irlaridan jo‘shqin, loyqa suvlarga to‘la,

Shahrim uzra oqib o‘tgan “Andijon soy”ni sog‘indim.

 

Ishkomlar uzra nurin sochib, uyqusiz tunlarimda,

Chiroyin ko‘z-ko‘zlagan, yangi chiqqan oyni sog‘indim.

 

Hasratlashib gohida xursand, qadrdon do‘stlar bilan

Yonboshlashib so‘rilarda oshlar egan joyni sog‘indim.

 

Topganin qilib ehson, el oldiga yozib dasturxon,

Karnay-surnaylar chalib chaqirguvchi to‘yni sog‘indim.

 

Tongda uyqumni buzib, sayrayotgan bulbulu mayna,

Qichqirgan xo‘rozlaru, ma’rayotgan qo‘yni sog‘indim.

 

Ajdodlarim xokini purkab, adrlar yonbag‘rida

Qizg‘oldoqlar taratgan ajoyib bir bo‘yni sog‘indim.

 

Tog‘boy Abdurazzoq

Kanada

 

https://www.facebook.com

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: