Muborak oy Ramazon kelmokdadir – sahwii.com


24 Iyul

Muhammadsolih Abutov

Ramazon oyiki, unda odamlarga hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat ochiq bayonotlar bo‘lib, Qur’on tushirilgandir. Sizdan kim u oyda hozir bo‘lsa, ro‘zasini tutsin. Kim bemor yoki safarda bo‘lsa, bas, sanog‘ini boshqa kunlardan tutadi. Alloh sizlarga engillikni xohlaydi va sizlarga qiyinchilikni xohlamaydi. Sanog‘ini mukammal qilishingiz va sizni hidoyatga boshlagan Allohni ulug‘lashingiz uchun. Shoyadki shukr qilsalaringiz. 185 Baqara surasi.

 

G‘aflatda qolmangiz, ey Musulmonlar,

Yaqin kelayapdi, fayzli onlar.

Bizga Yaratganning rahmatin olib,

Kirib kelayapdi, ulug‘ ayyomlar!

 

Rahmati Haqdin nishon, kelmoqdadir!

Muborak oy Ramazon, kelmokdadir!

 

O‘tib necha yillar, necha asrlar,

Keladi ulug‘ oy, poklanar dillar,

Bu muborak oyning sharofatidan,

Hidoyatlar topar, so‘qir ko‘ngillar!

 

Ko‘p asrlik “karvon”, kelmoqdadir!

Muborak oy Ramazon, kelmoqdadir!

 

“Mag‘firat oyidir”,–derlar bu oyni.

Dillarin yumshatar, Shohu–Gadoyni.

Xayri-ehson, sabab bo‘lib oqibat,

Birodari bo‘lar, kambag‘al Boyni.

 

Tangrini fazli ayon, kelmoqdadir!

Muborak oy ramazon, kelmoqdadir!

 

Qilinar bu oyda, tilovat qur’on,

Qilinar saxovat, qilinar ehson,

Tarovihlar o‘qib, tasbihlar aytib,

Haq rizosin istar, har bir musulmon!

Bandalarga imtihon, kelmoqdadir!

Muborak oy Ramazon, kelmoqdadir!

 

O‘liklar tiriklar, insu-jin, bari,

MaG‘firat istaydi, barcha Yosh-Qari,

Bu muborak ayyom sababli, shaksiz,

Allohning rahmatin topar, aksari!

 

Ahli islomga omon, kelmoqdadir!

Muborak oy Ramazon, kelmokdadir!

 

Bu oyni g‘animat, bilmoqlik kerak,

Taqvoyu-ibodat, qilmoqlik kerak,

Qadr kechalarin o‘tkazib bedor,

Alloh rahmatiga, etmoqlik kerak.

 

Izzati vojib “mehmon” kelmoqdadir!

Muborak oy Ramazon, kelmoqdadir!

 

O‘tgan ajdodlar ham, eslanar bu oy,

Qarindosh-uruglar, yo‘qlanar bu oy,

G‘arib miskinlarga, yaxshilik qilib,

Dillar g‘uborlardan, poklanar bu oy.

 

Bir go‘zal “mohitobon”, kelmoqdadir!

Muborak oy Ramazon, kelmoqdadir!

 

Avf etsin, mag‘firat istagan odam,

Raxm etsin, Haq rahmin istagan odam,

Rasulga ergashsin, imkon boricha,

Allox muhabbatin istagan odam!

 

Mag‘firat oy, biz tomon kelmoqdadir!

Muborak oy Ramazon, kelmoqdadir!

 

Musulmonlar uchun, ulug‘ ne’mat bu,

Taqvo xosil qilish uchun, fursat bu,

Qadrini bilmagan, g‘aflat ahliga,

Qiyomat kun bo‘lar, ulug‘ hasrat bu!

 

Beamallarga ziyon, kelmokdadir!

Muborak oy Ramazon, kelmokdadir!

 

Nasib etgay ibodatlar, etishni,

Yaxshi orzu umidlarga etishni,

Bu hayotdan ketar, vaqtimiz etsa,

Imonni salomat, olib ketishni.

 

Jahannammdan “Soyabon” kelmoqdadir!

Muborak oy Ramazon, kelmoqdadir!

 

sahwii.com

 

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: