Toshkent bozorlarida qovun tarvuz sotishni taqiqlashdi – uznews.net


25.07.11

O‘zbekiston poytaxtida bozor va odam gavjum joylarda poliz maxsulotlari sotishga tushunarsiz taqiq joriy etildi.

Sotuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, qovun tarvuz savdosiga bo‘lgan taqiq taxminan bir oy avval – meva cheva mavsumi oldidan joriy etilgan.

Shahar raxbariyatining sa’y harakati bilan, endilikda poliz ekinlari oziq ovqat do‘konlaridan uzoqda, yoki Toshkent xalqa yo‘li atroflarida sotilishi kerak.

Ushbu taqiqqacha, Toshkent bozorlari qovun, tarvuz va qovoqlarning turfa navlari bilan mashhur edi.

Qovun tarvuz savdosi avj olgan kichik bozorchalarning ko‘pligi haridorlar uchun, ayniqsa qariyalar uchun qulay edi.

Jazirama yoz davom etayotgan shu kunlarda Toshkentning aksariyat bozorlarida qovun tarvuz yo umuman sotilmayapdi, yoki nolegal tarzda sotuvga qo‘yilmoqda.

Masalan Toshkentning eng gavjum Chorsu bozorida na tarvuz, na qovun bor. Ilgari qovun tarvuz sotilgan rastalari bo‘m bo‘sh.

Oloy bozorida ham poliz ekinlari savdosi to‘xtagan, biroq deyarli bo‘m bo‘sh savdo rastasining oxirida ora sira, bozor raxbariyatining raxnamoligi ostida qovun tarvuz bilan to‘ldirilgan aravacha paydo bo‘lib qoladi.

Mirobod bozorida esa qovun tarvuzning hidiniyam sezmaysiz. «Taqiqlangan», – deya qisqa tushuntirishadi poliz savdogarlari.

Yunusobod bozorida va shuningdek uning atrofida ham qonun, tarvuz mutlaqo yo‘q. Biroq bozordan narida yo‘l chekkalarida savdogarlarga ularni sotish imkoni berilgan.

Ayni manzara poytaxtning boshqa bozorlarida ham kuzatilmoqda.

 

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=2&nid=17509

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: