‘Nursulton Nazarboevning siyosiy vorisi kuyovi Timur Quliboev bo‘lishi mumkin’ – bbc uzbek


25 iyul 2011

Ioxannes Dell

Bi-bi-si muharriri

Agar Prezident Nursulton Nazarboev to‘satdan iste’foga chiqsa, uning kuyovi Temur Quliboev Qozog‘iston rahbari bo‘lishi mumkin.

Bu haqda aytgan Qozog‘iston prezidentining katta maslahatchisi Ermuhamet Ertisbaev Moskvada nashr etiladigan “Kommersantь” ro‘znomasiga ma’lum qilgan.

Timur Quliboev yanada qudratliroq salohiyatga ega bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminlar shu yil boshida u Qozog‘istonning “Samruk-Xazina”siga rahbar etib tayinlanganida yuzga kelgandi.

“Samruk-Xazina” mamlakatning asosiy ishlab chiqarish sohalari, energiyadan tortib, banklar va transportgacha nazorat qiladigan qudratli xolding shirkatidir.

Rossiyaning “Kommersant’” ro‘znomasi bilan intervьyuda Prezident Nazarboevning maslahatchisi Ermuhamet Ertisbaevning aytishicha, prezidentning to‘satdan ketishi bilan bog‘liq favqulodda holat yuzaga kelsa, Timur Quliboev Qozog‘iston rahbari lavozimini egallashi mumkinligi nazariy jihatdan mumkin.

Janob Ertisbaev so‘zlariga ko‘ra, prezidentning kuyovi etarli malakaga va boshqaruv tajribasiga ega, u janob Nazarboev boshlab bergan yo‘nalishni davom ettira oladi.

Qozog‘iston prezidentining maslahatchisi Nursulton Nazarboevning xasta ekanini rad etgan, matbuotda paydo bo‘lgan xabarlarni muntazam o‘tkazib turiladigan oddiy tibbiy tekshiruvlardan biri, deb aytgan.

FORBES biznes jurnaliga ko‘ra, Timur Quliboev jahondagi milliarderlar ro‘yxatiga kirgan, u Qozog‘istondagi qator davlat shirkatlari, xususan energiya shirkatlari boshqaruvi a’zosi hisoblanadi.

Janob Quliboevning Qozog‘iston boshqaruv elitasi a’zolari bilan yaqinligi uning Nursulton Nazarboevning o‘rtancha qizi Dinaraga uylanganidan deb bilinadi.

Janob Quliboevni Qozog‘iston neft va gaz boyliklari bilan bog‘liq qator qallobliklarda nomi tilga olingan.

Uning o‘zi bunday ayblovlarni rad etadi, Qozog‘istonning moliyaviy politsiyasi tekshiruvlar paytida biror qonun buzilishi hollari aniqlanmaganini aytgan.

Birdaniga janob Quliboevning Qozog‘iston prezidenti bo‘lishi mumkinligi haqidagi masala ko‘tarilgani sababi ayon emas.

Qattiq nazorat hukmron bo‘lgan Markaziy Osiyoning aksar mamlakatlarida siyosiy vorislik mavzusi ko‘tarilishi noodatiydir.

Sabablardan biri janob Nazarboevning salomatligi haqidagi gap-so‘zlardan keyin “asablarni tichnlantirish” bo‘lishi mumkin.

Lekin Qozoq rasmiylari mamlakat iqtisodi global moliyaviy tizimga qattiq bog‘langani va bozordagi taloto‘plarning oldini olish maqsadida ham oshkoralikni namoyish etish zarurligini anglamoqdalar.

Muhojirotdagi Qozoq muxolifatiga ko‘ra, Prezident Nazarboevning siyosiy vorisini tayinlash tekis kechadigan jarayon bo‘lmaydi.

Muhojir oligarx Muxtor Ablyazov aytishicha, Bosh vazir Karim Masimov singari siyosatchilar prezidentlik uchun kurashga kirishadilar.

Biroq prezident maslahatchisi Ermuhamet Ertisbaev voqealarning bu kabi rivojlanishini rad etadi, uning so‘zlariga ko‘ra, janob Nazarboevning guruhi birlashgandir.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/central_asia/2011/07/110725_cy_yertisbayev_kulibayev.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: