Nega bugun Qozog‘istonda siyosiy vorislik masalasi ko‘tarilib qoldi? – bbc uzbek


25 iyul 2011

Agar Prezident Nursulton Nazarboev to‘satdan iste’foga chiqsa, uning kuyovi Temur Quliboev Qozog‘iston rahbari bo‘lishi mumkin.

Bu haqda aytgan Qozog‘iston prezidentining katta maslahatchisi Ermuhamet Ertisbaev Moskvada nashr etiluvchi “Kommersantь” ro‘znomasiga ma’lum qilgan.

Uning bu so‘zlari o‘tgan hafta Olmoniya matbuotida Prezident Nursulton Nazarboevning prostata saratonidan davolanish uchun Hamburg shahrida jarrohlik amaliyoti o‘tkazgani haqidagi xabarlar ortidan yangragan.

Nursulton Nazarboevning o‘rtancha kuyovi Temur Quliboev Qozog‘iston Yalpi Ichki mahsulotining 53 foizini idora etuvchi “Samruk Xazina” fondiga rahbarlik qiladi.

Xo‘sh, nima uchun aynan hozir Qozog‘iston etakchi mulozimlaridan biri vorislik haqida gapirib qoldi?

Bi-bi-si ushbu savol bilan nufuzli “Ekonomist” haftanomasining Qozog‘istondagi muxbiri Bergit Brauerga murojaat etdi.

Bergit Brauer: Qozog‘istonda prezident vorisi masalasi uzoq paytdan buyon mubohasa etib kelinadi. Bunday bahslarning boshlanganiga haftalar yoki oylar emas, hattoki yillar bo‘layapti. Ammo bu gal prezident vorisi haqida gapirilayotganiga o‘tgan hafta Olmoniyada nashr etiluvchi ro‘znomada Prezident Nursulton Nazarboev prostata saratonidan davolanish uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazgani haqidagi xabarlar sabab bo‘lgan. Ushbu xabarlarga ko‘ra, Olmoniyaning Hamburg shahrida joylashgan shifoxonada janob Nazarboev jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. Ammo bu xabar na olmon rasmiylari va na qozoq rasmiylari tomonidan tasdiqlandi. Shunday esada, o‘shandan buyon “agar janob Nazarboev ishidan ketsa, nima bo‘ladi?” – degan mish-mishlar kuchayib bormoqda. Menimcha, Prezident Nazarboevning katta maslahatchisi janob Ertisbaev kimni voris sifatida ko‘rishni istashi haqida ma’lumot berayotganga o‘xshaydi. Oxirgi ikki oyda yuz bergan voqealar Timur Quliboevga tobora ko‘proq ishora qilayotgandi.

Bi-bi-si: Timur Quliboev kim? U haqda nimalar ma’lum?

Bergit Brauer: U Prezident Nursulton Nazarboevning o‘rtancha qiziga uylangan. Aprelda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovidan keyin Timur Quliboev mamlakatdagi eng yuqori lavozimlardan biriga tayinlangan edi. U Qozog‘istondagi deyarli barcha davlat korxonalariga egalik qiladigan “Samruq Xazina” jamg‘armasi rahbari etib tayinlangandi. Buning o‘zi Timur Quliboevning allaqachon voris etib tayinlangani haqidagi gaplarni urchitib yubordi. Ammo bu erda voqealar tez-tez o‘zgarib turgani uchun ko‘p narsa haqida aniq gapirish imkonsiz. Ammo Prezident Nazarboevning katta maslahatchisi, Qozog‘istondagi eng qudratli shaxslardan biri janob Ertisbaev bu haqda gapirayotgan ekan, demak, voqealar u aytgan yo‘nalishda borayotganga o‘xshaydi.

Bi-bi-si: Timur Quliboevga raqiblik qila oladigan boshqa shaxslar ham bormi Qozog‘istonda?

Bergit Brauer: Janob Quliboevning voris bo‘lishini istamayotgan shaxslarning bor ekani aniq. Qozog‘istonda turli xildagi biznes guruhlar bor. Bir necha kun muqaddam muhojirotdagi muxolifat rahbarlaridan biri janob Quliboevda prezidentlik salohiyati yo‘qligini aytdi. Muxolifat rahbari Timur Quliboev o‘z kuchi bilan emas, balki oilaviy rishtalar orqali ko‘p narsalarga erishgani, aslida bunchalar katta lavozimga loyiq emasligini ta’kidladi. Xullas, vorislik uchun raqobat nihoyatda kuchli, deb aytishimiz mumkin.

Bi-bi-si: Qozog‘istonda qudrat almashinuvi qo‘shni davlatlar siyosatiy muhitiga qanchalar ta’sir ko‘rsatadi deb o‘ylaysiz?

Bergit Brauer: Hozirgi bosqichda biror narsa deyish qiyin. Menimcha, hozirda Ozarbayjon misoliga qarash mumkin bo‘lar. U erda ham vorislik masalasi ko‘tarilgan va o‘g‘il ota o‘rnini egallagan edi. Bu Qozog‘istonda yuz berishi mumkin bo‘lgan voqealarga yaqin stsenariy. Turkmanistonda mutlaqo boshqacha stsenariy bilan hokimiyat almashdi. Boshqa mamlakatlar uchun nisbiy bo‘lsada siyosiy barqarorlikning saqlanib qolishi muhim. Bunga bir tomondan janob Quliboevni qudratga keltirish bilan erishish mumkin. Ammo boshqa tomondan Qozog‘istonda qudrat uchun kuchli raqobat yuzaga kelishi mumkin. Chunki hozirda hukumatda ko‘plab o‘rinlar o‘zgarayati. O‘tgan yilgi prezidentlik saylovidan keyin turli guruhlar o‘z mavqelarini oz-ozdan ko‘rsata boshlashdi.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/central_asia/2011/07/110725_cy_int_birgit_bauer.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: