Mustaqillik bayrami arafasida Toshkentni kimdan va nimadan tozalash kerak? – ozodlik.org


25.07.2011

Mustaqillikning 20 yillik bayrami oldidan Toshkent shahri nafaqat talaba va viloyatdan kelganlar, huquq himoyachilari, muxolifat faollari, dindorlardan, balki daydilar va daydi itlardan ham tozalanmoqda va buni Bosh vazir Shavkat Mirziyoevning o‘zi qattiq nazorat qilayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Bahodir Matlyubov mustaqillikning 20 yilligini tinch va munosib kutib olish uchun chora-tadbirlar yanada kuchaytirilishini bildirgan.

O‘zbekiston poytaxtida “tozalash” ishlari davom etayotgan ayni kunlarda e’tiboringizga havola qilmoqchi bo‘lganimiz HAFTA SAVOLI ruknining navbatdagi sonida “Mustaqillik bayrami arafasida Toshkentni kimdan va nimadan tozalash kerak?” degan savol bilan siyosiy arboblar, davlat idoralari rasmiylari, huquq himoyachilari, jurnalistlar, fuqarolik jamiyati vakillari va boshqa kishilarga murojaat qildik.

Tolib Yoqubov.

Tolib Yoqubov, inson huquqlari himoyachisi

– Toshkentni birinchi navbatda haddan tashqari ko‘paytirib yuborilgan va o‘zining kunini tinchlikni saqlashga qaratmasdan, ko‘proq, o‘sha u yoqdan bu yoqdan kelgan odamlarni talash bilan ovora bo‘layotgan militsiya xodimlaridan, maxsus xizmat xodimlaridan tozalasa bu mantiqli ish bo‘lar edi.

Galima Buxorboeva, jurnalist, “Uznews.net” nashri bosh muharriri

 

Galima BUxarbaeva.

– Menimcha, O‘zbekiston mustaqilligi bayrami arafasida, ayniqsa mustaqillikning 20 yilligi kabi muhim sana arafasida Toshkent shahrini eng avvalo axlatdan tozalash kerak. Shaharni odamlardan tozalashning keragi yo‘q, sababi kim bo‘lishidan qat’iy nazar daydimi, talabami yoki viloyatlardan kelganlarmi, ular O‘zbekiston fuqarolaridir va ular erkin harakatlanish va bayramni nishonlash haqqiga egalar.

O‘zbekiston Senati xodimi:

– Men bu erdagilar bilan maslahatlashmay sizning bu savolingizga javob bera olmayman hozir.

Dilorom Ishoqova, Birdamlik harakatining O‘zbekiston bo‘limi rahbari

Dilorom Ishoqova.

– Aslida tepaga chiqib olib, xalqning mustaqilligini mustaqillik qilmagan, aksincha qilgan, xalqni bir mustabid tuzumdan qutqarib, go‘yoki undan besh battariga tashlagan, yomg‘irdan qochirib, qorga tutib bergan va tepada o‘tirib “Yashasin Mustaqillik”, deb, aslida o‘z davrida bunga qarshi bo‘lganlardan tozalash kerak. Bu kimning bayrami, o‘zbek millatining bayramimi, bu milliy bayrammi, o‘zbekning mustaqillik bayramimi. Demak, mana shu mustaqillikning xalqqa foydasini tekkizmaganlardan tozalash kerak, umuman bayramda emas har kuni tozalash kerak ulardan. Lekin bizda buning mutlaqo aksi.

Vyacheslav Oxunov, rassom

Slava Oxunov.

– Menimcha, hamma yoq allaqachon tozalab bo‘lingan. Shaharni talabalardan tozalashdi, viloyatdan kelgan hamma talaba shahardan quvildi. Endi shaharni suvarak va kalamushlardan tozalash qoluvdi. Kecha to‘ydan qaytayotsam bo‘m-bo‘sh ko‘chalar, shahar xuddi qabristonning o‘zi.

Ismini aytishni istamagan o‘zbek jurnalisti

– Aslida Mustaqillik bayrami arafasida umuman davlatning organlaridan, xalqning erkini cheklovchi unsurlardan tozalash kerak. Xalq erkin bayramini o‘tkazishi kerak hech qanaqangi qarshilik, to‘sqinliksiz. Lekin, shunaqa emasda, bizda aksinchaku. Bayram bo‘lmasa, odamlar erkin yashaydi bizda shekilli.

Jamol Kamol, yozuvchi

– Qiziq savol ekan (kuladi). Lekin bir gap, lekin bir tomondan, insof bilan aytish kerakki, Toshkent nihoyatda go‘zal bo‘lgan. Kimdan tozalagan bo‘lar edim, shu nazarimda men ko‘cha-ko‘yda militsiyani kamroq qilardim, menimcha. Endi militsiya kerak, militsiyasiz tinchlik bo‘lmaydi, tartib bo‘lmaydi. Lekin bu qadar har qadamda bo‘lishi, har qadamda ko‘zga tashlanishi yaxshi emas deb o‘ylayman.

Toshkent metrosi militsiya xodimi

– Kechirasiz, o‘zingizni tanishtiring, ismingiz, qaerdansiz…

Bek, farrosh, Sankt-Peterburg

– Tozalash degan narsa, menimcha, O‘zbekistonda kerak emas. Tozalaydigan narsaning o‘zi qolmagan.

Aziz mushtariy¸

Hafta savoli ruknining ushbu sonida ba’zi siyosiy faollar, rasmiylar, huquq himoyachilari, fuqarolik jamiyati vakillarining Bayram arafasida Toshkent kimdan va nimdan tozalanishi kerak, degan savolga muxtasar javoblari bilan tanishdingiz.

Ayni savolga siz ham javob berishingiz mumkin – mulohazalaringizni Ozodlikka sharh shaklida yo‘llang.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24276465.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: