Mirziyoev qo‘rqitmoqda va boy paxta hosilini talab qilmoqda – uznews.net


22.07.11

O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev 19 iyul kuni viloyat hokimlari bilan o‘tkazgan selektor yig‘ilishida bir nechta hokimlarni agar ularning regioni paxta rejasini bajarmasa, jiddiy jazolash bilan ogohlantirdi.

O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev boshchiligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida vazirlar, barcha viloyat, shahar va tuman hokimlari, shahar va tuman IIB rahbarlari, prokurorlar, mamlakat tashkilot va korxona rahbarlari qatnashdi.

Hosil berasan!

Yig‘ilish ishtirokchilaridan birining so‘zlariga ko‘ra, asosiy mavzu qishloq xo‘jaligi mahsulotlari rejasini bajarish muammosi bo‘lgan.

Mirziyoev bu yil bir necha tuman va viloyatlar g‘alla topshirish rejasini bajarmaganini ta’kidladi. Keyin u Bosh prokurorga aybdorlarni topish va jazolashni buyurdi.

Shu erdayoq militsiya organlari O‘zbekiston bo‘yicha etarlicha g‘alla etishtirmagan yuzlab fermerlarning ro‘yxatini tuzishdi. Ularning har bittasining javobgarligi alohida tarzda o‘rganiladi.

Keyin Mirziyoev kuz boshlanishi bilan teriladigan “oq oltin” bo‘lgan paxta muammosiga o‘tdi.

Bosh vazir yig‘ilish ishtirokchilariga 2010 yilgi yig‘im-terimni eslatdi va uning so‘zlariga ko‘ra Qashqadaryo viloyatining Koson tumani va Namangan viloyatining Kosonsoy tumani paxta topshirish rejasini bajara olmagan.

Bu tumanlarning rahbarlari o‘z amalidan ayrilishi mumkinligini aytgan Mirziyoev adolat yuzasidan paxta topshirish rejasini bajarmaganlar faqat ular emasligini ham ta’kidladi.

U paxta hosilini taqdir hukmiga tashlab qo‘ygan, chekanka qilinmaydigan, kultivatsiya esa umuman daladan uzoqlashtirilgan bir nechta tumanlarni sanab o‘tdi.

O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev; surat O‘zA

“Kultivatsiya, chekanka, paxtani muhofaza qilish – bu hozirgi paytda paxtaning asosiy ishlaridir”, deya ta’kidladi Mirziyoev.

Paxta narxi o‘smoqda!

Mirziyoevga ko‘ra, paxta hosili muvaffaqiyatining ahamiyatini jahon bozoridagi konyuktura ham aytmoqda.

Joriy yil bahorda paxta narxi rekord narxga ko‘tarildi. Uning bir funti (453,59 gramm) 2 AQSh dollaridan oshdi.

Bu narx 1976 yildan 2006 yilgacha bo‘lgan narxdan uch barobar yuqori. Bir yil oldin bir funt paxta uchun 66 tsent taklif qilishayotgan edi.

Bundan tashqari, paxta bozorida o‘z liderligini millionlab bolalarni qullarcha ishlatish evaziga saqlab turgan O‘zbekiston paxtani Evropaga sotishda maxsus imtiyozlardan foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi.

Evropada imtiyozlar hozircha o‘z kuchida!

Hozirgi paytda O‘zbekiston Evropa bilan Evroittifoq tomonidan rivojlanayotgan davlatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qabul qilingan “Umumiy preferentsiya sistemasi” (GSP) asosida savdo qilmoqda.

1971 yilda Evroittifoqda qabul qilingan GSP qoidasi rivojlanayotgan davlatlarning eksportyorlariga Evropaga bir qancha tovarlarni yoki barcha tovarlarni olib kirishda past boj to‘lashni ta’minlaydi.

Evropaga tovarlarni eksport qilishda maxsus tariflardan foydalanadigan Afrika va Osiyoning o‘nlab qashshoq mamlakatlari qatorida O‘zbekiston ham bor ekan.

Bir qancha nodavlat tashkilotlar, shu jumladan Anti-slavery International va Evropa parlamentining bir qancha deputatlari majburiy bolalar mehnatidan foydalanayotgani uchun O‘zbekistondan bu imtiyozni olib tashlash talabi bilan chiqishdi.

Fermerlarga esa hech narsa yo‘q

Paxta narxining o‘sishi va Evropaga paxta olib kirishdagi imtiyozlar paxtaning etishtiruvchilari bo‘lgan o‘zbek fermerlari foydasiga hech narsa bermaydi.

O‘zbekiston hukumati bugungi kunda bir tonna xom paxta uchun qo‘ygan narxi 600 ming so‘mni (O‘R Markaziy banki kursi bo‘yicha 348 AQSh dollari va qora bozor kursi bo‘yicha 241,9 AQSh dollari) tashkil etadi.

Ayni paytda fermer bir tonna paxta etishtirish uchun minimum 1 million so‘m (O‘R Markaziy banki kursi bo‘yicha 580 AQSh dollari va qora bozor kursi bo‘yicha 403 AQSh dollari) sarflaydi.

Uznews.net suhbatdoshi ko‘plab fermerlarning 1 sentyabrda nishonlanadigan mustaqillikning 20 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston hukumati bir tonna xom paxta uchun narxni hech bo‘lmasa 1,5 million so‘mgacha ko‘tarishidan umidvor ekanini aytdi.

 

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=hot&cid=2&nid=17502

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: