Robiya Qodir: Uyg’urlar madadingizga muhtoj – voa uzbek


23 iyul, 2011

Navbahor Imamova | Vashington

Bu hafta Xitoy hukumati Shinjon-uyg’ur muxtoriyatida ekstremist kuchlar xuruj qildi, 18 jangaridan 14 nafari o’ldirildi deya bayon qildi.

Halok bo’lganlar uyg’urlar ekani ma’lum. Bu elatning chet eldagi yetakchilari Xitoy rasmiylari berayotgan ma’lumotlarni inkor etib, o’lganlar aslida tinch namoyishchilar, siyosatdan norozi bo’lib ko’chaga chiqqan begunoh odamlar edi, deydi.

Xotan/Wikimedia

Xitoydan vaqti-vaqti bilan uyg’ur terrorchilar qo’lga tushdi, jangarilar hujumlar rejalamoqda yoki ular o’ldirildi degan xabarlar keladi.

Robiya Qodir, jahon uyg’urlari yetakchisi, Xitoyni cheksiz, uning xalqiga nisbatan jinoyatlarda ayblab keladi.

Nobel tinchlik mukofotiga ko’rsatilgan va dunyo kezib, uyg’ur xalqi manfaatlarini himoya qilib kelayotgan bu ayol Amerikada yashaydi.

Urumchi/Reuters

Tadbirkorlik qilgan Robiya Qodir Xitoyda bir necha yil qamoqda o’tirgan. Xalqaro bosim ostida ozod etilib, vatanini tark etgan. 11 farzandning onasi.

Xitoy nazarida Robiya Qodir mamlakat birligi va tinchligiga raxna solayotgan shaxs.

Uyg’urlar orasida zo’ravonlikka berilganlar yo’q deb kafolat bera olasizmi, deya so’raymiz Robiya Qodirdan. Bo’lishi mumkin, deydi u, lekin bunga Xitoyning o’zi aybdor.

Xitoy hukumati, deydi lider, yilda 100 kun uyg’urlarga qarshi operatsiyalar olib boradi. Odamlarning dod deb chiqishga haqqi bor, deydi u.

Uyg’urlarning istagi nima? Xitoydan ajralib o’z mustaqil davlatingizni tuzishmi?

AP

Uyg’urlar namoyishda

Robiya Qodir deydiki, uyg’ur xalqi o’z vatanida yashab, o’z davlatini barpo etishni xohlaydi.

Lekin Xitoy hukumati uyg’urlar hech qachon alohida davlat bo’lmaydi va bo’la olmaydi ham deydi. Shinjon uchun katta mablag’ ajratilgan, hudud rivojlanmoqda, katta zavod-fabrikalar ochilib ish o’rinlari yaratilmoqda, zamonaviy texnologiya bilan ta’minlanib, turmush yaxshilanmoqda, deydi rasmiylar, uyg’urlar shukur qilib yashashi kerak.

Robiya Qodirning aytishicha, bugun dunyoda 20 million uyg’ur bor, aksariyati Sharqiy Turkiston, ya’ni bugun Xitoy Shinjon, “yangi yer” deb ataydigan hududda yashaydi. Ikki millionga yaqini esa Markaziy Osiyo va dunyoning boshqa mamlakatlarida, deydi u.

REUTERS

2009 yilning iyulidagi qonli to’qnashuvlar

Uyg’urlar Turkiyani hisobga olmaganda, boshqa turkiy birodarlaridan madad olmaydi, chunki bu xalqlarning o’zi haqiqiy erkin jamiyatda yashamaydi, deydi Robiya Qodir.

Amerika uyg’ur ozodlik harakatini ruhan va moliyaviy jihatdan quvvatlab keladi. Vashingtonda, ayniqsa Kongressda uyg’urlarga g’amxo’r arboblar juda ko’p.

Lekin Qo’shma Shtatlar Xitoy, iqtisodiy jihatdan qudratli va global maydonda katta nufuzga ega bu hukumat bilan kelishib ishlashga ham majbur.

AP

Qashg’ar

Robiya Qodir fikricha uyg’ur faktori AQSh siyosiy qarorlariga ta’sir ko’rsatib keladi, lekin bugungi kunda Obama ma’muriyati ko’p narsaga ko’z yummoqda.

Terrorga qarshi urushda, 2000-yillar boshida Afg’onistonda bir necha uyg’ur tutilib, Guantanamo qamog’iga olib kelingan edi. Ular bu turmada bir necha yil o’tirdi, keyinchalik aybsiz ekani isbotlandi. Xitoy Amerikadan ularni topshirishni so’radi, ammo Vashington ko’nmadi. Uyg’urlarga boshqa yurtlardan boshpana topib berdi.Yana besh nafari hamon kutmoqda.

“Bu insonlar asta hayotini tiklamoqda”, – deydi Robiya Qodir.

http://www.voanews.com/uzbek/news/Rebiya-Kadeer-Uighurs-China-126061023.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: