O‘XH Karimov hukumatini 20 yillik g‘aflat uyqusidan uyg‘otib yubordi – uzxalqharakati.com


Jul 24th, 2011

Savol; Yodgor aka sog‘ligingiz yaxshimi tuzalib ketdingizmi?!

Javob; Xudoga shukur ancha yaxshi bo‘lib qoldim.

Savol; Hozir mana O‘XHni rasman ochilganiga ikki oy bo‘layapdi. Siz Harakat faoliyatiga qanday baho berasiz? Ya’ni, ularga nimalar qilishni maslahat berardingiz?

Javob; Cizlar bo‘yningizga xech mubolag‘asiz globall majburiyatni olgansizlar deyaolaman, O‘XX ning tashkil qilinishi Karimov hukumatining 20 yillik sokin hayotidagi g‘aflat uyqusidan birinchi marta uyg‘otib yubordi.

Ayyorlikda ustasi farang Karimov avvallari o‘zbek xalqining ichki g‘azablari istaganingizcha marta ortib ketganida ham qo‘rqmas edi.

Chunki bilagi nozik, bir och kambag‘alga qarshi, uning o‘nta to‘qlikdan yo‘g‘on bilakli arslonday tashlanadigan yigitlari bor edi. Ularga Karimov ayniqsa Andijon qirg‘inidan so‘ng qattiq ishonar edi.

Shunga qaramay, bu “Harakat”ning ishi avj olsa, bu Karimovga Adijondagi ko‘p minglik qurolsiz tinch insonlarni hohlaganicha qirib tashlashdek oson emasga o‘xshab tuyuldi.

Aksincha bu xarakat sababli butun respublika xalqining bir kunda oyoqqa qalqisa, ularni bostirishga Karimov kuchni qaerdan olmoqchi, nima Rossiya va Xitoydan desantchilar tushadimi?

Buning ustiga hozirgi sharoitda Karimov o‘zi ishongan kuchlarning salgina sabab bilan xalq tomoniga o‘tib ketishi mumkinligi, unga yana ham vahimali ko‘rinayotganga o‘xshaydi.

Shunga mos mustaqillik kunigacha xalqni yana biror arzimagan yaxshilik qilib yana aldashida, uning qandaydir rejalagan ishlari bo‘lishi mumkin.

Buning ustiga uning “sallani ol desa, kallani oladigan” shovvozlari bozor sahnidagi yomon ko‘rinishdagi do‘konlarni buzib, o‘rniga yangi chiroylilarini quringlar degan, og‘zaki buyrug‘i, talonchi hokim va amaldorlar tomog‘iga sarig‘ yog‘day yoqib tushdi.

Bunday buyruqdan bozorni tagi bilan surib tashlab, boshqa erlardan yangisini quraboshlaganlar, ular Karimovning Toshkent va viloyat markazlarida xarajatsiz va hali xalqqa foydasi tegib anchagina ko‘rkam inshot va bozorlar talqon qilib buzib tashladilar.

Bu erda qancha katta qurilish bo‘lsa, tushimi ham shunga yarasha ekanligini yaxshi biladigan “olg‘ir”larga xudo berib qoldi.

Ulkan chinorlar kesilib uning necha yuzlab kubometr taxta qilinib, yana bu imoratlar buzilganda uning bitta g‘ishtidan boshlab shiferlarigacha talon-taroj bo‘lib, ulardan hokimlarning va uning atrofidagi parvonalar kissalarini qappaytirgan.

Buncha buzilgan joylarining 1 sentyabrcha bitirib topshirmagan hokimlar esa, menga buguni naqd ertaga bo‘shatib yuborishi mumkin, deydigan hokim va amaldorlar million va milliardlarini allaqachonlar yig‘ishtirib olganlar.

Ular Karimov ursa un oshi so‘ksa, so‘k oshi deb yurishsada, musodara so‘zidan o‘larday qo‘rqadilar, mayli qanday qilsalar ham gapning indollasi Karimov ham o‘z so‘z va buyruqlarining ilgaridek tez va to‘la amalga oshadi deb, chuchvarani xom sanab yurganidan xabari yo‘q.

O‘z obro‘sining bugundan ertaga ko‘proq obro‘sizlanib borayotganini anchagina sezaboshladi, uning ustiga bayramga yirik inshootlarini qatorasiga tantana bilan ochib beraman deb yuribdi.

Uning shaxsiy krizis va problemalari yil emas, uning ko‘zi oldida kun sayin oydinroq ko‘rinib va ulg‘ayib borayotganidan ich ichidan tomirlari tortishib, bu tashvishlar uni emirib boshlangan.

Uning biror do‘st bo‘lgan odami yo‘q, yaqin ustozlariga ham yaxshilik qilmagan odamning o‘ziga chin dildan uning barcha xizmatlarini ado qilib kelgan odamlarini kuni kelib rasvo qilib tashlaydigan odati bor.

Karimov 20 yildan beri faqatgina o‘z oilasi va qizlari uchun qayg‘urdi, bunday o‘zlari uchun fidoyilikda asosan xalqning tillo va paxta, gaz va uran boyliklarni sotib o‘zlashtirishda, charchamay mehnat ta’tiliga chiqmay xalq uchun emas, faqat o‘zi uchun ishlab kelayotgan jaxsdir.

Yaqinda xalqqa maoshni 15 foyiz oshirsa masalan 500 so‘mlik piyoz narxi 1500 va 2000 so‘mga chiqib hisoblang qimmatlashish uch martaga yani 300 foyizga, unlar ikki barobarga, 200 foyizga va 700 va 800 so‘mdan go‘sht ko‘p joylarda sotilayotgan edi, ularning xozir kilosi naoxi 20 va 25 000 ga chiqib ketganlarining necha foyizga oshgan deysiz?

Bunday ortgan 300 foyizlarga ortgan narxga, hali oshmagan maoshlar 15 foyiz oshirilgan pulni qo‘lga olgan kundan yana ortmaydi deb xech kim aytaolmaydi.

Kamida yiliga 2-3 marta maoshlarning shunday soxta ortishidan xalqning bezor bo‘lib, darmonsizlangan xalqqa prezidentning bunday “mehribonliklari” xalqimiz bo‘yniga solingan sirtmoqday uning nafasini bo‘g‘ib, azob berib kelmoqda.

Yana aytsak farzandlarimizning uzoq yurtlarga ish izlab ketishlari va til bilguncha xor-zor bo‘lishlari tinmay yigirma yildan beri ortib, qolgan yoshlarning kuch ishlatar va organlarga pora berishga qudratlari etmagan kambag‘allar qamalib ketadilar.

Gunohi nomoz o‘qishi bo‘lgan minglab yoshlarga turli tuhmatlar qilinib, ularni 30-40 talab, ayollarni ham galasi bilan qamashlar allaqachon tuman va viloyat Ichki ishlar va MXXorganlariga oddiy ishday bo‘lib qolgan.

Tuhmatlar etmaganday, uzoq muddatga qamalgan bu bechoralarning tirnoqlari yulinib. Jahonda ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan qiynoqlarning qo‘llanayotganidan ko‘p hollarda ularning halok bo‘lish hollari yuz bermoda.

Bunday bekorga hali uylanmay bekorlarga halok bo‘lganlar solingan Yiliga mingga yaqin tobutlarning qishloqlariga kechga keltirib qo‘shnilari ko‘rmasin uchun ularni tunda ko‘mdirishlarga hokimlar va prokuror va militsiya boshliqlari jalb qilinayotganidan xalqimiz xursand deysizmi?

 

Savol; Harakatni maslahat kengashi tuzilishi masalasi hali amalga oshmay qolayapdi. Uni kelajakda tashkil qilamiz albatta. Siz o‘sha kengashga a’zo bo‘lishingizni bildirgandingiz. Yana boshqa ko‘plab eski muxolifatchilardan kimlarni a’zo bo‘lishlikka taklif etgan bo‘lardingiz?!

Javob; Masalan To‘lqin Qoraevni, Evropadan Alisher Usmonov, Alisher Taksanov va Yodgor Obid kabi yuksak iqtidorlar jalb qilinsa, axir ular o‘zlarini ancha erkin mustaqil sezadigan kishilardir.

Savol; Yaqinda O‘XHning AQSh bo‘limi ishga tushdi. Raisi Islomiddin degan yigit Arizona shtatidan. Bilasiz AQShda o‘zbeklar ko‘p. O‘sha joyda yashayotgan O‘XH a’zosi sifatida bo‘lim faoliyatini rivojlantirishga qanday maslahatlar berardingiz?!

Javob; Kanadada va “Xarakati”mizning Amerika bo‘limining ochilganinidan hali bexabarlar ko‘p. Amerikada o‘zbeklardan Yusuf Jumani, Sobir To‘laganovlarga o‘xshagan xalq deganda yuragi jiz etadigan O‘zbekistonning mashhurlar kishilari Nyu-Yorkda ham oz emas. Shularni O‘XHga a’zo bo‘lishga taklif etish kerak.

Savol; Xarakatga nisbatan ba’zi o‘zbek muxolifatchilari qarshi chiqib tosh otishayapdi. Ba’zilari jim bo‘lib kuzatib turishibdi. Ularni pozitsiyalarini qanday baholaysiz?!

Javob; O‘zlari qarib boryapsalarda o‘zlari vijdonan emas, vatan uchun qayg‘urish emas, tepsang ham tebranmaydigan va aynan muholifat jonkuyarlarini sotib, kamsitib ularga balchiq sepadigan ig‘vo-hasadlaridan boshqa xech narsasi yo‘q oramizdagi soxta “muholifatchi”lar Karimovning hamnafas kishilaridan boshqa emaslar ular deyman.

Ularning basharalaridagi niqoblari kundan-kun yirtilib, ular aynan “Xalq xarakati” tashkil qilingan kunlarda patirlab o‘zining nima deyish kerakligi va nimadir ish qilib safimizdagi asosan kimlarni obro‘sizlantirish rejasini tuzdilar.

Ularning bunday “xayr”li ishlarning hammasi Toshkentdan boshqarilib turganini hammamiz bilamiz.

Masalan mening “Xalq Xarakatn”ing Berlindagi anjumanga qatnashishga travel pasport olaman deb yurgandim.

Aynan shu damlarda meni mashina urib ketganligini menga travmatologiya markazida yotganimda ko‘rgani kelgan do‘stlarimning ko‘plari darrov shu haqida aytishganda, men sog‘ayib ketsam bo‘ldi, isbotsiz bunday yozolmayman, vijdonim yo‘l qo‘ymaydi, deb, bunga deb rozi bo‘lmadim.

Kasblari ig‘vo-xasad, bu qo‘shtirnoq ichidagi o‘zlarini “muholifat”deb yurganlarning “Xalq Xarakat”iga tosh otishlari bejiz emas, ular chegaradan o‘tishlari bilan o‘zlarining kimligini ko‘rsataboshlaganlar.

Aslida unday kishilar Karimovga bekor ishlamaydigan undirish va yulishni biladigan kichik xizmati uchun O‘zbekistonda qolgan qarindosh urug‘lariga otning kallasiday mablag‘ tushadigan savdo va xarxil kichik korxonalariga soliqdan bekor qilib gurkiratayotganlar oz deysizmi?

Bundaylarning avvaliga bir necha piketlarda ko‘rinishib, Karimovni xorij radiolarida bir ikki tanqidlari uchun xukumatning go‘yo sirtdan ular oilalariga qilgan taz’yiqlari ko‘rinsada, aslida ular O‘zbekiston muholifatni parchalash uchun maxsus organlar tayyorlagan oramizdagi josuslar uchun atayin xukumat yaratgan “koridor”lar edi.

Bunday buzg‘unchilar qaerda o‘zbek diasporasi bo‘lsa, ularning oyoqlari o‘sha erga etgan, ular Evropa, Amerika va Janubiy Amerika hatto uzoq Avstraliyaga ham etib borgan Karimovning yuzdan ortiq o‘z manfaatlari yo‘lida xalqimiz yuziga oyoq qo‘yishgan “sadaxo‘rlari”dan boshqa kishilar deyolmaymiz.

Savol; Ma’lumki, Harakatning birinchi 4 oy mobaynidagi rejasi faqat kuchli propaganda olib borish. Harakatni dunyoga tanitishlikdir. Ammo, buni O‘zbek rejimining o‘zi qilayapdi hozir. Ular Harakatga qarshi maqolalar yozib butun internetni to‘ldirib tashlashdi. Rustam Abdullaev maqolasi ham shular jumlasidandir. Bunga sizni munosabatingiz qanday?!

Buni ham quvonchli bizning g‘alaba deyish mumkin, chunki xalqimiz: mevali daraxtga tosh otiladi deganlar, demak “xarakatimiz”ning xalqqa yoqqani va bizning dastlabki kichik bo‘lsada, katta muvaffaqiyatimiz darakchisi deb bilinglar.

Albatta “O‘zbekiston Xalq Xarakati”i hali yosh nihol, u tez etilishi kerak, bu niholga tosh otadiganlarning o‘zbek xalqining ozodlik va adolatga intilib, qilayotgan umid va niyatlari bor ekanligi uchun tosh otilishi deb tushunmog‘imiz kerak.

Bundan aslo qo‘rqmanglar, axir chumchuqdan qo‘rqqanlargina tariq ekmaydilar. Tariqga esa mayda qushlar o‘ch bo‘lsa, bizlar tariq emas yirik danakli va mazalik meva beradigan nihol o‘tirg‘izganmiz do‘stlar!

Biz ishonamizki, bu yosh niholdan xar birimiz parvarishni ayamasak, u tez orada ulkan daraxtga aylanib, butun xalqimizga o‘ziningshirin mevasini berishidan tashqari, yoz jazirasida u qiynalgan xalqimizni o‘z soyasiga oladigan va qishda Karimov atayin gaz va elektrni o‘chirib qo‘yganda sovqotgan oilalarini o‘zining iliq bag‘riga oladigan ham muqaddas daraxtdir.

Bunday g‘alaba damlari yaqin deb, yaxshi niyat bilan olg‘a chiqayotganlar safini to‘xtovsiz kengaytirishda xushyorlikni unutmagan holda, ularga g‘ayrat va jasorat va “O‘zbekiston Xalq Xarakati”ga ezgu niyatli kishilarning barchasi qatnashsalar, xalqimzning ko‘pchilikdan quyon qochib qutilmas deganidek, Karimovning ham yaqin orada xalqning qo‘liga tushib qizorib qolishini istab qolardim, inshooloh

So‘ng so‘z; Rahmat Yodgor aka suhbat uchun. Tezda tuzalib keting. Qarilik va kasallikga qaramay sizni hanuz kurash maydonida turishingiz, ko‘p vatandoshlar uchun ibratlikdir. Sizga yana bir tashakkur aytib, yangi yangi maqolalaringizni kutib qolamiz.

 

Yodgor Turlibekov bilan M. Abutov suhbatlashdi.

 

http://uzxalqharakati.com/?p=1337

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: