‘Zilziladan aziyat chekkan ba’zi qishloqlar aholisining 30-40 foizi yordamga muhtoj’ – bbc uzbek


21 iyul 2011

O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysida ro‘y bergan kuchli zilziladan so‘ng talofotlar va etkazilgan zarar hajmini aniqlash harakatlari ketmoqda.

Rasmiylar tomonidan zilzila oqibatlari haqida bugun qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Chorshanba kuni kechga yaqin O‘zbekiston Favqulloda vaziyatlar vazirligi chiqargan bayonotda zilzila oqibatida Farg‘ona viloyatining Rishton, Bag‘dod va O‘zbekiston tumanlarida ayrim eski uy-joylarga shikast etgani va buning oqibatida 13 nafar fuqaro halok bo‘lib, jarohat olganlardan 86 nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, ularning 35 nafari shifoxonalarga yotqizilgani aytilgandi.

Farg‘onalik inson huquqlari faoli Abdusalom Ergashev Favqulodda Vaziyatlar vazirligining mahalliy boshqarmasi rasmiylaridan bugungi ahvol haqida tafsilotlarni bilishga uringan.

Rasmiylarning aytishlaricha halok bo‘lganlar va jarohat olganlar soni borasida bugunga kelib o‘zgarish yo‘q.

Abdusalom Ergashev Vodil qishlog‘idagi ahvolni borib o‘rgangan.

Unga ko‘ra, qishloqda ora-chora vayron bo‘lgan va yaroqsiz holga kelgan uylar bor, kirib yashash mumkin bo‘lmagan holga kelgan uylar ko‘p.

Chimyon, Vodil va Qo‘rg‘ontepa qishloqlarida uylari vayron bo‘lganlar tashqaridagi supalarda kun kechirishmoqda.

Ko‘plab uylar ta’mirlashga yaroqsiz bo‘lgani uchun buzib, qayta qurish ehtiyoji bor.

Shu jihatdan qurilish materiallariga ehtiyoj katta.

Rasmiylar etkazilgan zararni chamalash, hisoblash va ro‘yxatga olish ishlari bilan shug‘ullanmoqdalar, lekin hozircha amaliy yordam etkazish boshlanmagan.

Abdusalom Ergashevga ko‘ra, ba’zi qishloqlarning 30-40 foizgacha aholisi yordamga muhtojdir.

Farg‘ona tumani Soybo‘yi qishloq fuqarolar kengashi a’zosining Bi-bi-si bilan suhbatda aytishicha, bu qishloqda 205 ta jiddiy zarar ko‘rgan xo‘jalik bor.

Qishloqdagi uylarning aksari sinch uy bo‘lgani uchun ko‘pda faqatgina devorlar o‘pirilib tushgan, lekin qishloqda jarohatlanganlar yo‘q.

Mahalliy hokimiyat qoshida maxsus komissiya tashkil etilib, jiddiy zarar etkaziligan xo‘jaliklarga amaliy yordam ko‘rsatish miqyoslari o‘rganilmoqda.

Mahallalarda hashar yo‘li bilan, mahalliy tadbirkorlar orqali qurilish mollarini etkazib berishda yordam berish choralari tashkillashtirilmoqda.

Rasmiyning aytishicha, mahalliy aholiga moddiy yordam bilan birgalikda ma’naviy qo‘llov ham zarur.

Favqulodda Vaziyatlar vazirligi chodirlar va oziq-ovqat etkazib berishni va’da bergan.

Zilzila guvohlari maktublaridan

Yusufjonov To’lqinjon, Bag’dod tumani:

Men bu paytda xali uxlamagandim.Bir payt gumburlagan ovozdan keyin yer qimirlay boshladi.Shunaqangi qo’rqinchli bo’ldiki.Uy devorlari g’irs g’irs ovoz chiqardi.Xozir uy bosib qoladi deb o’ylagandik.Yaxshiyamki xudo saqladi.Bir necha qo’shni uylarga ziyon yetdi.Devorlar ag’anab ketgan.Bunaqa ofatlardan xudoni o’zi saqlasin.

Eldor yusupov, Qoqon:

Fargona viloyati buvayda tumanida, ko’p qavatli uylarda zilzilini qaytishdan hovotirlanib,uyga kirgani qorqib uyga kirgani qorqishmoqda.

Mamatkulov Shamsiddin, Besharik:

Men besharik tumani Shoberdi qishlogidanman BIZDA xam juda qattiq buldi zilzila tun yarmida xamma kuchaga chiqib otirdi uylar 2sm gacha yorildi men bilan bog’laninglar.

Murodjon Tojaliyev, Rishton:

Rishton tumani Mehnatabod qishlog’ida 2 uyda molhona buzulib mol tagida qolib ketgan.

Qo’ldashev Sherali, Farg’ona:

Men farg’ona viloyati buvayda tumani dexqonobod qishlog’ida yashayman bu yerda xam zilzila kuchli boldini dexqonobod qishlog’ida yashayman bu yerda xam zilzila kuchli boldi.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/07/110721_cy_earthquake_update.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: