Xitoy sarmoyasi Rossiyani ta’sir kuchidan ayirmoqda – voa uzbek


19 iyul, 2011

Jeyms Bruk | Minsk, Belarus

Foto Reuters

Joriy yilda Sovet Ittifoqi parchalanganiga 20 yil to’ladi. So’nggi yillarda sobiq Sovet imperiyasi hududida Xitoyning ta’siri ancha kuchaydi. Xususan Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropada Xitoy hatto Rossiyani uning eski ta’sir doirasidan siqib chiqarmoqda.

Markaziy Osiyo neft va gazi endi nafaqat Rossiyaga, balki Xitoyga ham yangi qurilgan quvurlar orqali yetkazilmoqda. Xitoy mintaqa bilan savdo-sotiqni tobora kengaytirib, besh respublikaning hammasiga katta miqdorda sarmoya yotqizmoqda.

So’nggi oylarda esa Pekin nafaqat jo’g’rofiy jihatdan yaqin Markaziy Osiyo, balki sobiq Sovet Ittifoqining Yevropa qismida joylashgan respublikalar bilan ham hamkorlikni oshirmoqda.

O’tgan oy Xitoy rahbari Xu Tsintao  Qozog’istonda bo’lib, prezident Nursulton Nazarboyev bilan strategik hamkorlik haqida shartnoma imzoladi. Savdo hajmini kelasi to’rt yil ichida ikki barobarga ko’paytirishga kelishib olindi. Shartnomaga ko’ra, shuningdek, Xitoy kelasi bir necha yil davomida Qozog’istonning mis sanoatiga milliardlab dollarga teng sarmoya olib kiradi.

Qo’shni Turkmanistonda esa Xitoy yaqinda 4 milliard dollarga teng kredit dasturini yanada kengaytirishga kelishdi. Buning evaziga Turkmaniston Xitoyga sotayotgan gaz hajmini ikki barobar ko’paytiradi.

O’zbekiston, Tojikiston va Qirg’iziston ham Xitoy bilan yaqindan hamkorlikni yo’lga qoygan.

Sobiq Sovet Ittifoqining boshqa qismlarida ham Xitoyning ta’siri oshib borayotganiga shubha yoq.

Belarusda strategik ahamiyatga ega bo’lgan “Belaruskali” davlat kompaniyasini Xitoy sotib olmoqchi ko’rinadi. Qizig’i shundaki, Pekin bunday niyatni Rossiya ham “Belaruskali”ga ko’z olaytirayotgan bir vaqtda bildirdi.

Tahlilchi Konstantin fon Eggert fikricha, Kreml Xitoyning Belarusdagi ta’siri kuchayib borayotganiga qarshilik ko’rsata olmaydi.

“Ruslarga bu uncha yoqmayapti, lekin ular hech narsa demayapti, chunki ularning qo’lidan hech narsa kelmaydi. Rossiya sobiq Sovet respublikalari ustidan o’z ta’sirini yo’qotmoqda”.

Belarusning Rossiyadan sotib olayotgan elektr energiyasiga pul to’lay olmayotganidan foydalanib, Rossiya “Belaruskali”ni arzon-garovga sotib olmoqchi.

REUTERS

Dmitriy Medvedev

Bundan oldin Rossiya davlat televideniyesida Belarus haqida salbiy reportajlar ko’paydi. Kreml bilan sevgi va nafrat o’yinini o’ynab kelgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni ochiqchasiga diktator deb atalmoqda.

Kuzatuvchilar fikricha, bunga sabab – Moskvaning Belarus kompaniyalarini arzon narxda sotib olmoqchi ekanligida.

“Belaruskali”ni xarid qilsa, Rossiya dunyo bo’ylab ishlab chiqariladigan potashning yarmini o’z nazoratiga olgan bo’ladi.

Belarus Tashqi ishlar vazirligida Osiyo bo’yicha ekspert Leonid Batyanovskiy fikricha Minsk Rossiya va Xitoyni urushtirib qo’ymoqchi emas.

“Xitoy bilan aloqalarni mustahkamlash boshqa bir davlatga qarshi harakat emas”,- deydi u.

Amerika va Yevropa Belarusga sarmoya yo’tqizishga qiziqmaydi, chunki u yerda hokimiyatda 17 yildan buyon bir odam, Lukashenko o’tiribdi. U kuchli diktatorlik tizimini barpo etgan.

Belarusda xorijiy kompaniyalar taqdiri bir zumda Lukashenko va uning amaldorlari tomonidan hal qilinishi, sarmoyadorlar mulki tortib olinishi mumkin.

Ammo o’zi ham demokratik bo’lmagan Xitoy uchun bu muammo emas. 2010 yilda Pekin Belarus iqtisodiga ajratgan 1 milliard dollarlik kredit ajratgan edi. Hozir uni yanada oshirishga qaror qilgan.

“Gap yo’llarni ta’mirlash va qurish, temir yo’llarini elektr toki bilan ta’minlash, Minskda yangi uylar qurish, Belarus-Xitoy sanoat parkini barpo etish haqida ketyapti”,- deydi Batyanovskiy.

Tahlilchi Konstantin fon Eggert nazarida, Kreml Xitoyning ta’siri oshib borayotganidan xavotirda bo’lsa-da, bunga xalaqit berolmaydi.

“Rossiyaning buning uchun yetarli siyosiy, iqtisody, qolaversa harbiy salohiyati yoq. U Xitoyni prezident Medvedev “Rossiyaning imtiyozli ta’sir doirasi” deb atagan hududdan haydab chiqara olmaydi. Bu esa Rossiyaning ta’siri kamayib borayotganining yana bir belgisidir”.

Ayni vaqtda Minskda Belarusdagi birinchi “Kitaygorod”, ya’ni Xitor shaharchasi qurila boshlangan.

 

http://www.voanews.com/uzbek/news/China-Ex-Soviet-125864289.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: