Xalq harakatini qo‘llash kerakmi, yo… – ozodlik.org


Muhammad Solih: Nomiga islomiy yoki demokratik davlatdan ko‘ra, ideal adolatga asoslangan huquqiy davlat afzal.

22.07.2011

Sarvar Usmon

“Erkin mikrofon”ga qo‘ng‘iroq qilgan tinglovchilarimizdan biri ana shu savolni O‘zbekiston Xalq harakati rahbari Muhammad Solihga berdi.

Huquq va adolatga asoslangan davlat tarafdorimiz

Avvalgi dasturlarimizdan birida “Birdamlik” harakati rahbari, AQShda istiqomat qiluvchi Bahodir Choriev Erkin mikrofonga qo‘ng‘iroq qilib, O‘zbekiston Xalq harakati muassislar majlisi raisi Muhammad Solihni bahsga chaqirish niyatida ekanini ma’lum qilgan edi.

Chorievning chaqirig‘ini Ozodlik radiosi Muhammad Solihga Erkin mikrofon eshittirishi orqali etkazdi.

Biroq janob Solih chaqiriqqa rad javobi berdi.

Muhammad Solih jumladan bunday dedi.

“Mening u bilan gaplashishim kulgili bo‘lar edi va bu kulgili ahvolga tushishni albatta men istamayman. U mening tengim emas. Karimov mening raqibim. Men Karimovga 1991 yilda raqib bo‘lganman va bugun ham o‘sha maqomimni muhofaza qilib kelayapman, yaxshimi yomonmi, har holda. Karimov asosan bizga qarshi kurashayapti bugungacha”.

Muhammad Solihning bu javobi efirga ketishi bilanoq 21 iyul kuni Toshkentdan o‘zini Shavkat degan yigit Ozodlikka qo‘ng‘iroq qilib, O‘zbekiston Xalq harakati muassislar majlisi raisiga savollari borligini bildirdi.

Ozodlik Shavkatbek bilan Muhammad Solihning savol-javobini Erkin mikrofon eshittirishi doirasida yozib oldi.

Shavkatbek: Men bir savol bilan sizga murojaat qilmoqchi edim. Hozir juda ko‘pchilik odam o‘ylanib qolganda sizni qo‘llab-quvvatlash kerakmi yoki qo‘llamaslik kerakmi degan to‘g‘risida. O‘shanga men so‘ramoqchi edim sizning pozitsiyangiz qanaqa? Eslayman, 1990-1991 yilllarda rosa ko‘p gap bo‘lgan edi. Muhammad Solih odamlarni paranjiga tiqarkan, odamlarni namoz o‘qishga majbur qilarkan, degan rosa ko‘p gap bo‘lgan edi. Balki bu uydirma bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bilmoqchimanda sizning pozitsiyangizni. Agar niyatingiz bo‘lsa, O‘zbekistonda tuzum qurmoqchi bo‘lsangiz, qanaqa tuzum bo‘ladi u? U Islomga, shariatga asoslangan bo‘ladimi yoki bo‘lmasa demokratik, odamlarni inson huquqlari bo‘yicha ta’minlaydigan qanaqa davlat bo‘ladi?

Muhammad Solih: Bu savollar haqiqatan bundan 20 yil oldin ham bizga berilgan. 20 yildan keyin ham berilayapti. Demak, xalqimizning ongida, o‘sha paytdagi KGB, hozirgi MXX ishlab chiqqan psixologik strategiyaning ta’siri hali ham ko‘rinib turibdi. Bizning programmamizni o‘qigan bo‘lsangiz, O‘zbekiston Xalq harakatining programmasida ochiq va oydin yozilgan. Biz huquqqa asoslangan fuqaroviy jamiyat quramiz, deyilgan. Shunday jamiyat qurish tarafdorimiz. Olloh nasib qilib biz agar iqtidorga keladigan bo‘lsak, albatta huquqqa asoslangan davlat va bunda qonun ustuvorligi, huquq ustuvorligi, adolat ustuvorligi bo‘ladi. Ideal davlat, ideal adolatga asoslangan davlat bo‘ladi. Uni demokratik deb ataysizmi, diktatorlik deb ataysizmi yoki xonlik, podsholik deb ataysizmi adolati yo‘q davlat zolim bir davlat bo‘ladi. Biz zolim davlatning 20 yildan beri o‘lkani nimaga aylantirganini ko‘rayapmiz. Shuning uchun bu tajribadan kelib chiqib biz ozodlik, hur fikrlilik va adolat tarafdori bo‘lamiz va biz qurishni orzulagan davlatimiz ham ana shu printsiplarga, ana shu qadriyatlarga asoslangan davlat bo‘ladi.

Shavkatbek: Ya’ni bu shariat, islomiy tuzumga asoslangan bo‘lmaydi.

Muhammad Solih: Islomiy tuzum degan narsaning o‘zi nisbiy gap. Islomiy tuzum bugun dunyoda yo‘q. Bu mening sub’ektiv fikrim. Islomiy davlat deb atalgan davlatning ham ko‘pchiligi haqiqatan o‘sha shariatning men aytgan qadriyatlariga, adolatga va boshqa inson fitratiga uyg‘un narsalarga rioya qilganda edi, Islomni bu qadar obro‘sizlantirmagan bo‘lardi. Bugunga qadar islomiy davlat qurilmadi albatta. Shuning uchun islomiy davlat yoki demokratik davlat degandan ko‘ra menimcha, chunki har ikki nima ham o‘zining obro‘sini yo‘qotib bo‘lgan afkor ommasi oldida, huquqiy davlat degani menimcha bizning ko‘nglimizga yaqinroq. Huquqqa asoslangan, adolatga asoslangan davlat desa, ana o‘shanda bugun o‘z obro‘sini yo‘qotgan demokratiya ham va o‘z obro‘sini yo‘qotgan islomiy davlatdan ham yiroqroq turamiz, masofaliroq turamiz. Huquqiy va fuqaroviy jamiyat. Tushuntira oldimmi sizga?

Shavkatbek: Men qoniqdim sizning javobingizdan. Odamlarga tushuntirishda shunga ko‘proq urg‘u berganingizda, men sizni tushundim, shunga urg‘u berganingizdan yaxshi bo‘lardi. Chunki O‘zbekistonda kamchilik din vakillari bor, boshqa fikrdagilar bor. Odamlarga unga ishon, bunga ishonma degan singdira olmaydi to‘g‘rimi? O‘zbekistonda har xil ideologiyalar hosil bo‘lganda. Shuning uchun shu narsa odamlarga oydinroq tushuntirilganda bugun gapirganingizday, juda ko‘pchilik odam shu narsadan manfaat toparmidi deb o‘ylagan edim. Shuning uchun telefon qilgan edim.

Muhammad Solih: Rahmat, juda to‘g‘ri gapirayapsiz. Afsuski, juda ko‘p insonlar o‘sha eski stereotiplar bilan yashab, bizning aytganlarimizni noto‘g‘ri tushunayapti yoki, maxsus, ko‘pchiligi noto‘g‘ri tushunganga solib, boshqa tarafga og‘dirayapti.

Shavkatbek: O‘zbekistonda ko‘pchilik odam bugun huquqiy davlat tarafdori. Inson huquqlari qaerda ta’minlanmasa, juda qiyin bo‘ladi jamiyat uchun. Hamma narsani orqaga tortadi. Katta rahmat savollarimga javob berganingiz uchun.

Muhammad Solih: Sizga ham rahmat.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24273787.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: