Toshkentda daydilarni ovlash boshlandi – uznews.net


21.07.11 16:36

O‘zbekiston poytaxti Toshkentda Mustaqillikning 20 yillik yubileyi yaqinlashishi munosabati bilan shaharni muayyan yashash joyi bo‘lmagan shaxs(bomj)lardan tozalash kampaniyasi e’lon qilindi.

«Ijobiy ko‘rinishdagi manzarani buzuvchi salbiy elementlar» sonini nazorat qilish, sovet zamonlaridan buyon mavjud, deya o‘z fikrini bildiradi Uznews.net uchun Toshkentning Bektemir tumani TIIV xodimlaridan biri anonim tarzda.

Bugun, O‘zbekiston Mustaqilligining 20 yilligi bayram qilinadigan 1 sentyabr arafasida bu nazorat kuchaytiriladi, deya davom etadi.

«Daydilarni shahar bo‘ylab yig‘ishadi va asosan hujjatsiz shaxslar saqlanadigan muassasaga olib ketiladi, u erda ularni «sortlarga» ajratishadi va tarqatishadi, – deydi TIIV xodimi. – U erda ularni ovqatlantirishadi va ishga jo‘natishadi».

Daydilarning yosh va baquvvatlarini shu zahoti IIV raxbar tarkibi uchun qurilishlar davom etayotgan maydonlarga jo‘natishadi – “xalyava” evaziga kimga uy, kimga dala hovli quriladi.

Biroq hammadan yomoni, uning so‘zlariga ko‘ra, kimlarnidir, Qozog‘istonga, haqiqiy qullikka sotishadi.

«U erda bizning tekin qul kuchi juda qadrlanadi, biroq eng muhimi – ularni hech kim qidirmaydi xam, – deydi ovozini pasaytirib, TIIV xodimi. – Buni biz o‘ylab topganimiz yo‘q – ularni yuqorining ko‘rsatmasiga binoan chuqurroq yashirishga harakat qilishadi, toki mamlakatni sharmanda qilishmasin».

Va bugun Toshkent ko‘chalarida va hovlilarda daydilar ko‘rinmayapti – bunga hatto shaharliklarning o‘zlari ham e’tibor berishmoqda.

«Bizning uyimizdan uncha uzoq bo‘lmagan, tashlandiq garajda ikki yildan beri etimxonadan chiqqan Andryusha ismli beozor odam yashardi, deya hikoya qiladi Yunusobodlik Antonina Suleymanova. – Biz uni doim ovqatlantirib turardik, kiyim bosh berardik, u ham o‘zicha biz qariyalarga yordam berardi”

Mana yaqinda, kechqurun tunda, hamma uxlagan payt, pensionerning so‘zlariga ko‘ra, bechoraning ustiga bir qancha ichki ishlar xodimlari yopirilib uni noma’lum yo‘nalishda olib ketishgan. Ayrim shu atrofda yashovchilar Andreyning yurakni larzaga soluvchi yordam so‘rab baqirganini eshitishgan…

 

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=hot&cid=30&nid=17488

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: