Toshkent daydilar va itlardan tozalanmoqda – ozodlik.org


Mustaqillikning 20 yilligiga tayyorgarlik ishlari doirasida ushlangan bu kuchuklar o‘limga mahkum.

22.07.2011

Mustaqillikning 20 yillik bayrami oldidan Toshkent shahri daydilar va daydi itlardan tozalanmoqda.

Daydilarsiz Toshkent

“Daydi itlarni ushlaydigan xizmatlar ishini takomillashtirish tadbirlari” to‘g‘risidagi qarorga iyul oyida imzo chekkan Bosh vazir Shavkat Mirziyoevning o‘zi bu qaror ijrosini qattiq nazorat qilayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston veterinariya nazorati mulozimlarining Ozodlikka bildirishicha, mustaqillik arafasida birgina Toshkent shahrining o‘zida 1000 dan ortiq daydi it yo‘q qilingan.

Ayni paytda Toshkent uysiz daydilardan ham tozalanmoqda.

Bu haqda Ozodlikka ma’lum qilgan ichki ishlar vazirligi mulozimiga ko‘ra, Toshkent ko‘chalaridagi daydilar ushlanib, Qo‘yliqdagi maxsus hibsxonaga olib kelinmoqda.

Daydi itlar va daydilarga qarshi kurashning faol fazasi 1 avgustdan boshlanishi bildirildi.

Bosh vazir qaroriga ko‘ra shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalarida daydi itlarni ushlab, yo‘q qiladigan bo‘linmalar tuzilgan.

Butun respublika bo‘yicha 560 nafar it-tutar  shtatiga ega bo‘lgan 188 bo‘lim tashkil qilindi, deydi Toshkentdagi veterinariya idorasi mulozimi.

Sharikov idorasi

Daydi itlarni ushlab yo‘q qiladigan Toshkentdagi idoralardan birining rahbari bayram arafasida 1000 dan ziyod it yo‘q qilinganini bildirdi.

Daydi itlar kaltaklab o‘ldiriladi, deydi toshkentlik it-tutar.

– Biz bayram arafasida shaharni daydi itlardan tozalash uchun faol ishlamoqdamiz. Bog‘lar, qabriston va ko‘p-qavatli uylar orasidagi daydi itlarni ushlab, olib kelib yo‘q qilyapmiz.

Ozodlik: Bu itlar qanaqa yo‘q qilinmoqda, it jasadlarini yoqadigan krematoriya bormi? Bosh vazir qarorida it jasadlarini kuydirish uchun krematoriyalar barpo qilish ko‘zda tutilganini bilasizmi?

– Unaqa krematoriya yo‘q. Itlarni ushlab olib kelib o‘ldirib ko‘mib tashlayapmiz.

Ozodlik: Sizni idorangiz Toshkentdagi koreys oshxonalariga it go‘shti etkazib berar ekan, degan gaplar yuradi. Shu rostmi?

– Unaqa gaplar asossiz. Hozir biz itlarni terisini ham shilmayapmiz.

Oq it qora it baribir it

It-otarlar idorasi boshlig‘i Ozodlik bilan suhbatda har yili bayram arafasida itlarni yo‘q qilishning tezkor tadbirlari o‘tkazilishini ham aytadi.

– Bayramlardan oldin yoki prezident ishtirok etadigan tadbirlar oldidan shaharni daydi it-mushuklar, mangust va kalamushlardan tozalaymiz.

Ozodlik: Ba’zan odamlarning zotdor tozi itlari ham mustaqillik arafasida o‘ldirilmoqda. Bunday anglashimlovchilikning oldini olish uchun nima qilish kerak deb o‘ylaysiz?

– Zotdor itlarni bo‘nidan qayish boylab egasi etaklab yurishi kerak. Egasi qaramasa biz ularni yo‘q qilishimiz tayin.

Suxbatdosh Toshkent shahrini itlardan tozalash bo‘yicha Bosh vazir qaroriga ko‘ra 10 avgustdan boshlab butun shaharda katta it ovlash o‘tkazilishini ham bildirdi.

Quturgan itlarga qarshi bir jonu, bir tan bo‘lib, bir yoqadan bosh chiqardik

Bosh vazir qaroriga ko‘ra O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi xodimlari ham daydi itlarni yo‘q qilishga safarbar qilinadi. Militsiya xodimlariga quturgan itlarni joyida otib o‘ldirish vazifasi yuklatildi.

Bu ishda alohida o‘rnak ko‘rsatganlar bayramdan keyin taqdirlanishi bosh vazir qarorida alohida urg‘ulandi.

Chilonzor vetrerinariya xizmati vakiliga ko‘ra, daydi itlarni yo‘q qilishda mardikorlarni yollashga ham to‘g‘ri keladi. It ushlashga ixtisoslashgan mardikorlar bor, deydi suhbatdosh.

Daydilar boshqarmasi

Daydilar idorasi Panel’niyga olib kelgan daydilar “ijtimoiy foydali” mehnatga jalb qilinadi.

Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasining profilaktika bo‘limi shahardagi daydilar bilan shug‘ullanadi.

O‘zbekiston ichki ishlar tizimida ishlovchi xodimning aytishicha, ayni kunlarda bu idora Toshkentni daydilardan tozalashga faol kirishgan.

– Xalq orasida BOMJ, deb aytiluvchi daydilar ushlanib, Qo‘yliqdagi Panel’niy, deb aytiluvchi maxsus hibsxonaga olib boriladi.

Daydilar u erda “ijtimoiy foydali” mehnatga jalb qilinadi.

Qul bozori

Mulozimning bu gapini Panel’niydagi vaziyatni yahshi bilgan G‘ayratjon ismli yigit “tarjima” qilib berdi.

– Panel’niyda daydilar uch guruhga ajratiladi. Birinchi guruh, ishga yaroqli bilagida kuchi borlar. Ular militsiya kattalariga tegishli qurilishlarga tekin ishchi kuchi sifatida olib ketiladi.

Ikkinchi guruh, zotini tayini yo‘qlar ajratib olinib, Qozog‘istonga qul qilib sotib yuboriladi.

Uchinchi guruh, ikkita kichik guruhchaga ajratiladi. Oyoq qo‘li yo‘q mayib majruhlar tilanchilik qildirish uchun tanlab olinadi. Qolgan guruh esa qarindosh urug‘i borligini isbot qila olganlar. Ularni yaqinlari kelib militsionerlarni rozi qilib ketishlari kerak.

Eslatib qo‘yamiz bu tadbirlar O‘zbekiston mustaqilligining 20 yillik to‘yi oldidan amalga oshirilmoqda.

Mustaqillik bayrami daydilar va daydi itlarsiz o‘tishi ta’minlanayotgani kuzatilmoqda.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24273627.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: