Qarshi militsiyasi ayollarni kaltakladi – ozodlik.org


Keyingi paytlarda oddiy o‘zbekistonliklarning o‘zbek huquq-tartibot idoralari vakillari bilan to‘qnashuvlari tez-tez kuzatilmoqda.

20.07.2011

Sadriddin Ashur

Qarshi shahridagi ko‘p qavatli uylar oldida savdo do‘konlari qurilishiga norozilik bildirgan ayollar militsiya xodimlari tomonidan kaltaklandi. 19-20 iyul kunlari bo‘lgan voqeada ayollardan ikki nafari militsiya bo‘limiga olib ketildi. Biroq rasmiylar ayollarning kaltaklanganini rad etar ekan, bu joylar shahar hokimining obodonlashtirish qaroriga binoan rekonstruktsiya qilinayotganini aytmoqdalar.

Furqat ko‘chasidagi 18, 19, 20 sonli ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiladigan qarshiliklar o‘z uylari oldidagi bolalar maydonchasi o‘rniga do‘konlar qurilishiga norozilik bildirib, avval 19 iyul kuni ko‘chaga chiqdi. Norozilik bildirgan ayollar militsiya xodimlari tomonidan kaltaklandi.

Bu haqda Ozodlikka xabar bergan qarshilik ayollardan biri Barnoning aytishicha, shahar hokimi qaroriga binoan shahar bosh arxitektori Zebo Jalilova bu erni shaxsiy do‘konlar qurish uchun puldor boyvachchalarga bo‘lishib bergan:

– Bilasizmi, bizning farzandlarimizga bu erda o‘ynagani joy qolmayapti. Shu o‘rtaliqda bir 20 metr joy bor. Shu erga 6 metrdan joy sotilib do‘kon qurilyapti. Millioner odamlarga do‘kon uchun joy beryapti. Bilasizmi, endi moshin o‘tgani ham, biror bir maraka o‘tkazgani ham joy qolmadi,- deydi o‘zini Barno deb tanishtirgan, shu uylarning birida istiqomat qiladigan ayol.

O‘zini Go‘zal deb tanishtirgan ayol ham, do‘konlar qurilgan taqdirda tez yordam yoki o‘t o‘chiruvchi mashinalar o‘tishi uchun yo‘l qolmaydi, bu erda puldorlarning foydasiga ish ko‘rilmoqda, deydi:

– Bizlar aytyapmiz, bu erga do‘kon qurmanglar, bu er bolalar o‘ynaydigan joy, deb. Bizga bu tomonga ham yo‘l qolmaydi moshin kirgani, u tomonga ham. Shahar arxitektori xohlagan narsamni qilaman, deyapti,- deydi Go‘zal.

Unga ko‘ra, militsiya xodimlari norozilik bildirib chiqqan ayollarni savol bergani uchun ham urib-kaltaklagan.

– Bizlar ham shu erda yashaymiz, haqqimiz bor desak, sizlar gapirmanglar deb, milisalar urib-tiqib opketdi, hammaning ko‘zi oldida. Bugun ham janjal bo‘ldi, ikkita-uchta ayolni urib gorotdelga olib ketdi. Kecha kechqurun ham dubinkalar bilan bir-ikkita erkaklarni urib boshini yorgan edi,- deydi Go‘zal.

20 iyul’ kuni norozilik bildirgan ayollardan ikki kishi shahar militsiya bo‘limiga olib ketildi va kechgacha ushlab turilib, “pul olib kelsang pasportingni olib ketasan” degan shart bilan qo‘yib yuborilgan. Bu haqda kechga borib ichki ishlar bo‘limidan qo‘yib yuborilgan Munisa Xannaeva shunday deydi:

– Meni hozir gorotdeldan chiqarib yuborishdi. 150 ming so‘m olib kelsang pasportingni olib ketasan deyishdi. Ertalab olib ketishgancha kechgacha och-nahor ushlab turishdi, izdevatsya qilishdi, urishdi, telefonlarimgacha tortib olishdi,- deydi Munisa Xannaeva.

Qarshi shahar hokimining o‘zini Ruslan deb tanishtirgan yordamchisi bu voqealardan xabari yo‘qligini aytdi.

Qarshi shahar bosh  arxitektori Zebo Jalilova Ozodlik bilan suhbatda ayollarning iddaolarini rad etar ekan, bu joyda ilgari o‘zboshimchalik bilan savdo nuqtalari qurilganini aytdi va hamma ishlar shahar hokimining obodonlashtirish qarori ostida olib borilayotganini ta’kidladi:

– Bu ayollar noto‘g‘ri gapiryapti. Ikkita yo‘lni orasiga bolalar maydonchalari bo‘lmaydi. Uylarning orqa tomonlaridagi bolalar maydonchalariga butun savdo prilavkalarni qo‘yib, o‘zlari rasvo qilib qo‘ygan. Bu erda boshqa gap bor. Yillar advomida ular noqonuniy savdo nuqtalari qurib olishgan. Shahar hokimning qaroriga ko‘ra, ana shu qurilmalar buzib tashlanib, ularning o‘rniga zamonaviy engil do‘konlar qurilyapti,- deydi Qarshi shahar bosh  arxitektori Zebo Jalilova.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24271643.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: